66
3.5. Quduqning ustini favvora armaturasi bilan jihozlash
Quduqlarni sinash boshlangunga qadar
tizma boshchasidan tashqari
quduqning ustiga po‘lat favvora armaturasi o‘rnatiladi. Favvora armaturasining
tarkibiga flanetslar, po‘lat uchliklar (troynik) chorbarmoqlar (krestovinalar),
g‘altaklar va berkitish (zulfinlar, jo‘mraklar) moslamlari kiradi. Favvora armaturasi
ikki qismdan iborat: quvur boshchasi va favvora archasi.
Quvur boshchasi o‘zining pastki flanetsi yordamida tizma boshchasining
yuqori flanetsiga biriktiriladi. Quvur boshchasi nasos kompressor quvurlarini osib
quyish bilan ishlatish tizmasini uning oralig‘ini germetiklash,
qatlamdan oqimini
chaqirganda va quduqlarni uchirishda (suldirishda) chorbarmoqning yon
shahobchasi orqali suvni, neftni, yoki gazni quvurlar oralig‘idagi halqa fazosiga
uzatish uchun xizmat qiladi.
Favvora archasi (favvora archasining yuqori qismi)
quvurning boshchasiga
o‘rnatiladi. Favvora archasi quduqning ishini nazorat qilish va boshqarish, qatlam
flyuidlarini harakatini olib chiqarib tashlash chizig‘iga yo‘naltirish, oqimni
chaqirishda va quduqlarni uchirishda quduqqa suyuqlik yoki gazni uzatish uchun
xizmat qiladi.
Quduqning ustiga favvora armaturasi o‘rnatilgunga qadar pasportdagi ishchi
bosimdan 2 marta katta bo‘lgan bosim bilan gidravlik sinash o‘tkaziladi. Bunda
yuqoridagi zulfindan tashqari boshqasi hammasi ochiq bo‘lishi kerak.
Favvora archasi o‘rnatilgandan keyin stvolning
pastki qismidagi va yon
zulfinlar yopiq holatda bo‘lganda shu armatura uchun qabul qilingan sinash
bosimining kattalik qiymatida favvora (archasi) sinaladi.
Bufer manometridagi teshik orqali favvora archasiga suyuqlik bosim bilan
haydaladi va 15 daqiqa davomida ushlab turiladi.
Favvora armaturasining quvur boshchasi ishlatish tizmasini sinash bosim
qiymatidagi bosim bilan siqib sinaladi.
Quduqning ustiga favvora armaturasi o‘rnatilgandan so‘ng
ishning
boshlanishigacha hamma zulfinlarning bir tekis ishlashi; yog‘langanligi
67
(zulfinning va zulfin korpusining tugunlariga qaytadan nazorat so‘rkovlar amalga
oshiriladi)
tekshiriladi
;
Quduqdan
chiqadigan
flyuidlarning
oqimini
zulfin
korpuslariga
yo‘naltirilganligini mosligi
;
zulfin zatvorining ochilishi – yopilish ko‘rsatgichlarini
to‘g‘ri joylashtirilganligi, hamma birikmalardagi flanetsli tortmalarning to‘g‘ri
tortilganligi tekshiriladi.
Har bir zulfinning ishonchli ishlatish uchun to‘liq yopilgandan so‘ng
maxoviklar ¼ aylanish ochish yo‘nalish bo‘yicha burab tekshiriladi.
Favvora armaturasi konstruktiv va mustahkamlik parametrlari bo‘yicha
qo‘yidagilarga ajratiladi:
1)
ishchi yoki sinab ko‘rish bosimi bo‘yicha (70-105 MPa);
2)
archa stvoli kesimining o‘tish o‘lchami bo‘yicha (50-150 mm);
3)
favvora archasining konstruksiya bo‘yicha (chorbarmoqli va uchlik
turidagi);
4)
quduqqa tushiriladigan quvurlar qatorining soni bo‘yicha (bir
yoki ikki
qatorli);
5)
berkitish moslamasining turiga qarab (zulfin yoki kranlar);
6)
uglerod ikki oksidining muhitiga chidamliligi bo‘yicha (korrozion-
mustahkam va oddiy tayyorlanmali).
Favvora armaturasining quduq usti jihozlarining namunaviy sxemalari
3.5-jadval
Favvora archasining tavsiflari
Archa stvolining
diametri, mm
Shtif ingichka bo‘ladi
archasining
yon teshigining
o‘tish kesimini
shartli diametri, mm
Ishchi bosim, MPa
50
52
50
-
-
-
35 70
105
65
65
50,60
8
7
14
21
35 70
-
80
80
50,60
00
-
-
21
35 70
-
100
104
65,80
8
-
-
21
35
-
-
150
152
100
-
-
21
-
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: