138
muhim rol o‘ynasa-da, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avva-
lambor, vaqt oraliqlari bilan bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki
inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga
kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq
tushumlarini o‘zgartirish
borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajari-
lishini ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‘zgaradi va ko‘rilgan chora-
tadbirlar ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy
tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini
yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari,
soliqlar va davlat
budjeti qoldig‘ini avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret
fiskal siyosat o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi.
Rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini
progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok
etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni
yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi.
Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq
stavkalari pasayadi. Bu
esa yalpi talabning oshishiga, ishlab
chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib keladi.
Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik
nafaqasi to‘lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham yalpi talabni
oshirib, yalpi taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga
inflatsion ta’sir ko‘rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi
bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu yalpi talabga cheklovchi
ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar,
davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo
nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‘liq
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret
fiskal siyosat yuritishni
inkor etmaydi.
Iqtisodiyotning o‘rnatilgan barqarorligi darajasi davriy budjet
taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog‘liq. Davriy taqchillik
(ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq
tushumlarining
avtomatik
kamayishi
(oshishi)
va
davlat
xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga
139
keladigan davlat budjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Do'stlaringiz bilan baham: