M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

 
 



1-BOB. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH 
 
Reja: 
1.1.
 
“Makroiqtisodiyot” 
fanining 
shakllanishi 
tarixi, 
predmeti va obyekti. 
1.2.
 
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. 
1.3.
 
“Resurslar –tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar 
– xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli. 
1.4.
 
O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda 
makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish 
yondashuvlaridan foydalanish. 
 
1.1.“Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti
va obyekti 
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan 
yaqindagina kiritilgan bo‘lsa-da makroiqtisodiy tahlil elimentlari 
iqtisodiyot fani bilan deyarli birga paydo bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti 
rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli 
elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri xos bo‘lgan tizim 
sifatida yondashish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli 
Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758-yilda, milliy mahsulot ishlab 
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida 
tasvirlangan “Kene jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil 
elimentlarini qo‘lladi. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, 
L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq 
qo‘yilgan edi deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o‘zining 
jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, 
V.Leontev esa o‘zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni 
iqtisodiy nazariyaning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi uchun 
mustahkam asos yaratishdi. 
J.M. Keyns esa o‘zining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy 
nazariyasi”(1936-yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga 
yetkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining 
asoschisi sifatida tan olinadi. 
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o‘z predmeti va tadqiqot 



usullariga ko‘ra mustaqil fan sifatida XX asrning o‘rtalariga kelib 
shakllanib bo‘ldi. Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning 
bo‘limi hisoblanib, unda milliy 
xo‘jalik 
darajasida iqtisodiyotning 
fundamental muammolari tadqiq qilinadi. 
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi: 
a)
pozitiv makroiqtisodiyot; 
b)
normativ makroiqtisodiyot. 
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning 
aloqadorliklarini o‘rganadi. 
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul 
yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‘nalishlarini 
taklif etadi. 
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo‘limi sifatida 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o‘zaro 
farqlab olishimiz zarur. 
Mikroiqtisodiyot predmeti bo‘lib “belgilangan” iqtisodiy shart- 
sharoitlarda uy xo‘jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul 
qilish mexanizmi hisoblanadi.
2
Mikroiqtisodiy tahlil obyekti bo‘lib 
alohida tovarlar bozorlari, resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif 
hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, 
tovarlar va xizmatlar bozorlarining o‘zaro munosabatlari va o‘zaro ta’siri 
tahlil qilinadi. 
Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” deb qabul qilingan, ya’ni 
mikroiqtisodiy 
tadqiqot 
predmeti 
hisoblanmaydigan 
ko‘pgina 
ko‘rsatkichlar, jumladan iste’molchilarning daromadlari, jamg‘armalari, 
foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni 
makroiqtisodiyot tadqiq qiladi. 
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, 
resurslarning to‘liq bandliligini, inflatsiyaning past sur’atlarini va to‘lov 
balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat
iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga 
solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi.
3
Keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki makroiqtisodiyot 
predmetida o‘zaro bog‘liq uch jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
2
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 15 
3
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):



Bular: 
1)
milliy iqtisodiyot; 
2)
davlat tomonidan iqtisodiy 
siyosat yuritish
va
iqtisodiyotni tartibga solish; 
3)
jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa 
mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi. 
1.1-jadval 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish