11-mavzu:Tilshunoslik va logopediya. Tovushlarning me’yoriy talaffuzi.
Me’yoriy talaffuzga o‘rgatish
Reja:
1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi, vazifalari
2.Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopediya fanining
metodologik asoslari. Fan sifatida logopediyaning tamoyil va metodlari.
3.Tovushlarning me’yoriy talaffuzi. Me’yoriy talaffuzga o‘rgatish
Tayanch tushunchalar:
logopediya, sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish
tamoyilini, nutq buzilishi, faoliyatli yondashuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va
mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning
buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish.
Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida
nutq buzilishlarini o‘rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir.
51
Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari,
oqimlari tarkibini o‘rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga
qo‘shadilar.
«Logopediya» termini grekcha
logos
(so‘z, nutq),
peydeo
(tarbiyalayman,
o‘qitaman)
so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, tarjimada to‘g‘ri «nutqni tarbiyalash»
ma’nosini anglatadi.
Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan
shaxslarni o‘qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o‘rganish
ob’ekti – nutq nuqsoniga ega bo‘lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq
normasidan biroz bo‘lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi.
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar
logopediyasi, o‘smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo‘linadi.
Logopediyaning asosiy maqsadi
nutqida nuqsoni bor shaxslarni o‘qitish,
tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish,
Shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani optimizm
va chuqur insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgandir. U nutqida nuqsoni bor bolalarning
shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi.
I.P. Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o‘zaro ta’sir
haqidagi, shartli reflektorlik aloqalarining shakllanish qoidalari haqidagi
nazariyalari, P.K. Anoxinning funksional tizimlar haqidagi ta’limoti, ruhiy
funksiyalarni dinamik tarzda cheklash haqidagi ta’limot (I.M. Sechenov, I.P.
Pavlov, A.R. Luriya) va nutq faoliyatining zamonaviy neyropsixolingvistik
nazariyalari haqidagi ta’limot logopediyaning tabiiy-ilmiy, psixofiziologik
asosidir.
I.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq nuqt bosh miyaning murakkab psixologik
funksiyasini, uning ikkinchi signal tizimini o‘zida namoyon etadi. Bu esa
signallarning signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan
uzviy bog‘langandir. Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi.
Ammo keyinchalik ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimiga tartibga
soluvchi ta’siri namoyon bo‘ladi. So‘z alohida xususiyatning signali,
umumlashtirish, mavhumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari
orasidagi o‘zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish,
buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o‘rnini bosish ustida samarali logopedik
ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.
Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini
o‘rganish.
2.
Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini
aniqlash.
52
3.
Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o‘z-o‘zidan va biror maqsadga
qaratilgan rivojlanish dinamikasini, Shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs
sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini namoyon
qilishga, o‘zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash.
4.
Rivojlanishida turli xil farqlar bo‘lgan bolalarda (eshitish, ko‘rish, fikrlash
qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning
shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o‘rganish.
5.
Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va
alomatlarini aniqlash.
6.
Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab chiqish.
7.
Nutq buzilishlarini tartibga solish.
8.
Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari
va vositalarini ishlab chiqish.
9.
Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish.
10.
Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.
Logopediyaning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy
yo‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni – nutq buzilishlarini
o‘rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan
metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni – nutq buzilishining oldini
olish, aniqlash va bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va
amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog‘langandir. Qo‘yilgan vazifalarni hal
etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1)
fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni
o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar,
tilShunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni
hamkorlikda ish olib borishga jalb etish;
2)
nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan
va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi
hamkorlikni ta’minlash;
3)
nutqning buzilishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini
amalga oshirish;
4)
nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida logopedik bilimlar
targ‘ibotini olib borish. Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir
kuchini belgilaydi.
Logopedik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli
nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida
sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa,
nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat
jarayonlarini rivojlan-tirish; Shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish,
yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta’sir
etish nazarda tutiladi.
Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to‘g‘rilash bilan bir qatorda
psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U
53
pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bo‘lgan shaxsni har tomonlama kamol
toptirish imkonini beradi.
Logopediyaning ahamiyati. Logopediya fan sifatida muhim nazariy va amaliy
ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning nutqi, tafakkuri
va butun ruhiy faoliyatning chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi. Nutq
vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Nutq rivojlanishi
jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi.
So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat
bilan o‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi.
Ular aynan o‘xshash emas va ma’lum darajada bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda
paydo bo‘ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat
jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi.
Nutqiy muomala qobiliyatini o‘zlashtirish o‘ziga xos insoniy, ijtimoiy
aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi
tasavvurlari shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.
Bolaning nutqni o‘zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, rejalashtirish
va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala faoliyatning turli shakllarini
rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok etish uchun muhim shart-sharoitlar
yaratadi.
U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga
bog‘liq holda) bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning
faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Og‘ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga,
ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu
nutq va tafakkurning chambarchas bog‘liqligi, ijtimoiy, jumladan nutqiy
aloqalarning cheklanganligi bilan bog‘langandir. Bu jarayonda bolaning atrof-
muhitni idrok etishi amalga oshadi.
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aslida bo‘lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-
irodaviy sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi
salbiy
fazilatlar
(tortinchoqlik,
qat’iyatsizlik,
odamovilik,
salbiylik,
nomukammallik tuyg‘usi)ning rivojlanishi uchun yo‘l ochib berishi mumkin.
Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, umuman o‘zlashtirishga, kasb
tanlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, logopediya fanining ahamiyati bolaning
nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama
rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |