35
amalga oshirish uchun zaruriy estetik ta’sirni ta’minlaydi; lingvoetik tahlilning
maqsadi muallif tomonidan u yoki bu til birligi ( so‘z, so‘z birikmasi, sintaktik
konstruksiya) badiiy so‘z ijodi jarayoniga qanday kiritilishi,
til vositalarining u
yoki bu o‘ziga xos birikmasi mazkur estetik effekt yaratilishiga qay tarzda olib
kelishini aniqlashdan iborat bo‘lishi lozim”.
22
Lingvopoetikaning asosiy o‘rganish
ob’ekti – badiiy matn bo‘lib, matnni tahlil qilish orqali ijodkorning badiiy
mahorati, o‘ziga xos uslubi, til boyliklaridan foydalanishi,
yozuvchining
umumxalq tiliga munosabati o‘rganiladi.
Badiiy nutq badiiy adabiyotning bayon qilish vositasi sanaladi. Filologiya
tarixida badiiy asar tili va poetik til atamalari tez-tez uchrab turadi. Mazkur
atamalar ifodalagan tushunchalar bir-biriga juda yaqin tursa ham, lekin o’zaro
ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. «Obraz», «uslub», «ko’chim (trop)», «badiiy til»,
«stilistika», «poetika» kabi tushunchalar badiiy asar tili va lingvistik poetikaga
daxldor tushunchalardir.
V.P.Grigoryevning ta’kidlashicha, badiiy til keng
qamrovli obyekt sifatida
funksional darajalangan qismlarga, fragmentlarga bo’linish xususiyatiga ega.
Amalda keng qamrovli obyektning ayrim fragmentlarigina badiiy nutqning
tahliliga beriladi. Ana shunday asosiy fragment badiiy asar tili sanaladi.
Ko’rinadiki, badiiy nutq badiiy asar tiliga nisbatan kengroq tushunchadir. U tilning
ekspressiv funksiyasini o’z ichiga oladi. Badiiy asar tili esa badiiy nutqning bir
ko’rinishi, bir fragmenti hisoblanadi.
Badiiy nutqni o’rganuvchi lingvistik poetika ham til sistemasi barcha sath
birliklarining badiiy-estetik funksiyasini qamrab oladi. Fonetik-fonologik sathda
fonetik birliklar ham badiiy-estetik vazifa bajarishi mumkin. Xususan,
bir xil
tovushlarning, bir xil bo’g’inlarning takrorlanishi she’riyatda go’zallikni,
ta’sirchanlikni ta’minlovchi vosita sanaladi. She’riy matnda nutq tovushlarining
estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o‘ziga xos
jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida
erishiladi. She’riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar
takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi.
Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni
noto‘gri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar
yordamida ekspressivlik ta’minlanadi. Tovushlarni uslubiy qo‘llash bilan bogliq
qonuniyatlarni yozuvda «aynan» ifodalash imkoniyati cheklangan. Biroq, talaffuz
va bayon muvofiqligiga fonografik vositalar yordamida erishish mumkin. Aflotun
va Arastu yashagan zamonlardayoq so‘zning talaffuz tarzi va uni aynan yozuvga
ko‘chirish muammosi mutafakkirlar e’tiborini o‘ziga jalb qilgan edi.
Hatto bu
notiqlik san’ati bilan bogliq bo‘lmagan ravishda, so‘zning, so‘zdagi harflarning
talaffuzi bilan bogliq ohanglar garmoniyasi buyuk faylasuflarga ilhom manbai
bo‘lgan edi. Ular so‘z tarkibiga singib o‘ziga xos ma’no va ohang kasb etib
ulgurmagan tovushlarga ham o‘zgacha mazmun berishga intilishgan edi. Masalan,
«g» - tezlikning, shiddatning ramzi, «1» - viqorning, silliqlikning, yaltiroqlikning
22
Задорнова В.Я. Словесно-художественное произведение на
разных языках как предмет
лингвопоэтического исследования: Дис. …д-ра филол. наук. – М.: 1992.-С.59.
36
ifodachisi, «1» - torning, «a» - kattaning, «e» - abadiyatning belgisi sifatida talqin
qilingan. Keyinroq tovushlar tabiati bilan shugullanuvchi mutaxassislar «i», «b»,
«g» tovushlari dahshatni yodga solishi, «> xursandchilikning, «t»,
Do'stlaringiz bilan baham: