Microsoft Word analitik kimyo ruziyev


Maqsadi: Miqdoriy analizning kimyoviy usullari hisoblangan tortma va  hajmiy tahlilning asoslari bilan tanishtirsh



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/53
Sana23.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#696074
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
analitik kimyo ruziyev

2. Maqsadi:
Miqdoriy analizning kimyoviy usullari hisoblangan tortma va 
hajmiy tahlilning asoslari bilan tanishtirsh.
 
3. Dars o'tish vositalari:
Maxsus tayorlangan suratli ko’rgazma vositalari.
 
4. Dars o'tish usuli
sifatida analogiya usulidan foydalanish mumkin: 
 
5. Darsning maqsadi: 
Tahliliy kimyoning miqdoriy tahlil bo’limi tekshirayotgan modda tarkibini 
miqdor jihatdan o’rganadigan usullar majmuasidan iborat. Bu usullar yordamida 
ayrim birikmalar tarkibidagi elementlar yoki aralashma, qotishma va eritmalar 
tarkibidagi birikmalar miqdorini aniqlash mumkin. 
Miqdoriy tahlil kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar yordamida 
amalga oshiriladi. Kimyoviy tahlil usullariga :1. Tortma tahlil (gravimetriya) 2. 
Hajmiy (titrimetrik) 3.Gazlar tahlili kiradi. 
Tortma tahlil - quyidagi ketma-ketlik asosida bajariladi: 
1. O’rtacha namuna olish va uni tahlilga tayorlash. • 
2. Namunani o’lchab olish
3 British
4.Aniqlanadigan elementni yoki moddani to’liq cho’ktirsh 
5.Hosil bo’lgan cho’kmani filtrlab ajratish. 
6.Cho’kmani yuvish. 
7.Ch’kmani quritish 
8.Tortish 
9.Tahlil natijasini hisoblash. 
Tortma tahlilda yetarli darajada etarli natijalar aniq natijalar olish mumkin, 
lekin uni bajarishga ko’p vaqt sarf bo’ladi. 
Hajmiy tahlil - reaksiyaga kirishayotgan eritmalar hajmini olchashga 
asoslangan. Ulardan birining konsentrasiyasi aniq bo’lib ikkinchi eritmaning 
konsentrasiyasi titrlash asosida hisoblanadi. Hajmiy tahlilda tarkibi 
tekshirilayotgan eritma reaktiv eritmasidan ekvivalent miqdorda quyladi. 
Ularning ekvialentlik nuqtasi (TOH) indikatorlar yordamida aniqlanadi. 
Masalan: kislotali asosli titrlashda indikator metiloranj yoki fenolftalein. 
Gaz tahlili - gaz aralashmasi maxsus reaktiv eritmasi orqali o’tkazilganda 
ayrim komponentlarning eritma yutilishi tufayli gazlar aralashmasining hajmi 
kamayadi. Shunga asoslanib aralashmadagi ba’zi gazlarining foiz miqdori 
aniqlanadi. Masalan NaOH ga CO
2
to’liq yutiladi. Ohaktoshdagi СаСО
3
miqdorini aniqlash uchun HCl ta’sir ettirib, ajralib chiqqan CO
2
ning hajmi 
aniqlanadi. 
CO
2
+2NaOH=H
2
O+Na
2
CO
3
Kimyoviy usullar sanoat talablarini qondira olmaydi. Ularning sezgirligi 
kam bo’lgani uchun turli ob’ektlardagi juda kam miqdor elementlarni aniqlab 
bo’lmaydi. Ular ko’p vaqt talab etadi. 


59 
Ushbu talablarga fizik va fizik-kimyoviy tahlillar javob beradi. 
Fizik-kimyoviy tahlil usullari 3ga bo’linadi: 
1. Optik 
2. Elektrokimyoviy 
3. Xromatografik 
Optik tahlil usullari tekshirilayotgan moddalarning optik ko’rsatkichlarini 
o’chashga asoslangan. Tekshiralayotgan moddaning atom va molekulalariga 
ta’sir etuvchi elektromagnit nurlanish yutilishi, sochilishi va qaytishi mumkin. 
Ana shu o’zgarishlar yordamida tekshirilayotgan moddaning tarkibi to’g’risida 
xulosa chiqariladi. Optik usullari yordamida elementning 10
-12
gacha 
miqdorigacha aniqlash mumkin. 
Elektrokimyoviy tahlil usullari -tekshirilayotgan modda tarkibidagi 
aniqlanayotgan moddaning elektrokimyoviy xossalarini tekshirishga asoslangan. 
Ularning turlari: potensiometriya, konduktometriya, kulonometriya va 
voltamperometriya. 
Xromatografik tahlil usullari - adsorbentlarning turli moddalarni tanlab 
adsorbilashiga asoslangan. 
Fizikaviy tahlil usullari - aniqlanayotgan moddalarning u yoki bu fizik 
kattaliklarining o’zgarishini o’lchashda asoslangan. Miqdoriy tahlilda 
radiometrik va masspektrometrik usullari keng ishlatiladi. Radiometrik tahlil 
tekshirilayotgan modda tarkibidagi radioaktiv elementdan chiqayotgan 
nurianishni o’lchashda asoslangan. Unda aralashma tarkibidagi radioaktiv 
xususiyatiga ega bo’lgan izotoplar miqdori aniqlanadi. Moddaning 10
-8
-10
-10
gramm miqdorini aniqlash mumkin. Lekin aniqlik darajasi past, nisbiy xato + 5-
20 % ga teng. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish