TURIN JARAYONI 2018
–2020 O’ZBEKISTON | 10
va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibini belgilash; (6) O'zbekiston Respublikasi hududidagi
boshqa davlatlarning ta'lim muassasalariga ta'lim faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi
ruxsatnomalarni berish va boshqalar
15
.
Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida davlat ta
’lim tizimi uchun 3 ta vazirlik mas’ul
hisoblanadi: Maktabgacha ta'lim vazirligi (MTV), Xalq ta'limi vazirligi (XTV) va Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirligi (OO'MTV).
O
’zbekistonda kasb-hunar ta'limini boshqarish tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
respublika darajasida - oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish,
shuningdek, tasarrufida ta
’lim muassasalari bo’lgan vazirlik va idoralar bilan oliy, o'rta maxsus va kasb-
hunar ta'limi muassasalarini tashkiliy-uslubiy boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi O'zbekiston
Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi.
16
Boshqaruv tizimiga shuningdek OO'MTV qoshidagi
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta'limi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti va OO'MTV qoshidagi o'quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat
xizmati kiradi
17
;
viloyat darajasida - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Qoraqalpog'iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi kasb-hunar ta'limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish
hududiy boshqarmalari;
mahalliy darajada - vasiylik kengashlari, shu qatorda tarmoq vazirliklari, idoralari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, shuningdek qonun hujjatlari va ustav asosida ishlaydigan nodavlat notijorat
tashkilotlari vakillari.
Ta'lim xizmatlarini ko'rsatadigan xususiy sektor vakillari yangi tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan litsenziyalanadi
va nazorat qilinadi.
A.2.3. KHT bo
’yicha bazaviy statistika
2017 yilda ta'lim tizimida islohotlarning boshlanishi va Prezidentning 2018 yil 25 yanvardagi tegishli qarori
bilan 2018/2019 o'quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limning joriy
etilishi natijasida kasb-hunar ta'limi muassasalarida talabalar va o'qituvchilar sonining keskin kamayishiga
sabab bo
’ldi.
O'zbekistonda professional
ta’lim muassasalari davlat ta’lim muassasalari hisoblanadi. Shu sababli, kasb-
hunar ta'limi tizimini isloh qilish jarayoni kasb-hunar ta'limi muassasalari sonining o'zgarishiga, talabalar
va o'qituvchilar sonining o'zgarishiga, shuningdek ta'lim mazmunining to'liq yangilanishiga olib keladi.
2017/2018 o'quv yilida o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimida 143 akademik litsey (85,8 ming o'quvchi)
va 1433 kasb-hunar kolleji (1077,4 ming o'quvchi) faoliyat ko'rsatdi
18
.
Quyida kasb-hunar ta'limi muassasalarida talabalar, o'qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalari
sonidagi o'zgarishlar dinamikasi keltirilgan (3 va 4-rasmlarga qarang)
19
:
15
O’zR ning «Ta’lim to’g’tisida»gi qonuni. http://www.lex.uz/docs/15622
16
O
’zR Presidenti Farmoni PF–5763, 11.07.2019. http://lex.uz/docs/4415393
17
O
’zR Presidenti Qarori PQ-4391, 11.07.2019. http://www.lex.uz/ru/docs/4415487
18
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumoti. Statistik bulleten, 2018.
19
Manba:
OO’MTV
Do'stlaringiz bilan baham: |