68
Xulosa
O‘quvchilar nutqini o‘stirish maktabda ona tili o‘qituvchining asosiy
vazifasi
hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarga nutq o‘stirish ona tili o‘quv fanining barcha
bo‘limlariga amalga oshiriladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflar ona tili
dasturining bo‘limlari “Xat-savod o‘rgatish va nutq o‘stirish”, “O‘qish va nutq
o‘stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” deb nomlangan. Boshlang‘ich
sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatishda ham asosiy e`tiborni o‘quvchilarni
grammatik tushunchalar bilan tanishtirishga emas, nutq o‘stirishga qaratish lozim.
Nutq o‘stirishga uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
1)
so‘z
ustida ishlash;
2)
so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
3)
bog‘lanishli nutq
ustida ishlash
69
Nutq o‘stirish metodikasining asosiy tarkibiy qismi so‘z ustida ishlashdir. So‘z
ustida ishlash to‘rt asosiy yo‘nalishni ko‘zda tutadi.
1. O‘quvchilar lug‘atini boyitish, ya`ni yangi so‘zlarni, shuningdek,
bolalar
lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma`nolarni o‘zlashtirish.
2. O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish.
3. Lug‘atni faollashtirish, ya`ni o‘quvchilar ma`nosini tushunadigan, ammo o‘z
nutqida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga o‘tkazish.
Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi, ular
o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan nofaol
lug‘atiga o‘tkazish.
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash
o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, unga o‘z fikrini aniq ifodalashga yordam
beradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar
ustida ishlash o‘quvchilar nutqini o‘stirishning muhim omillaridan biri
hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar
haqida nazariy
ma’lumot berilmaydi, ammo sinonim va antonimlar haqidagi tushuncha amaliy
mashqlar yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar ustida ishlash elementar tarzda
1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar berilgan so‘zning
sinonimini topishga,
boshqacha qilib aytish mumkinligiga o‘rgatiladi. 2-, 3-, 4-sinflarda esa berigan
so‘zning 2-3 sinonim topib aytishga, ma’nodosh so‘zlarning farqini tushunishga,
ma’nodosh so‘zlar ichidan gap, birikma uchun eng mosini tanlab ishlatishga
o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida ma’nodosh so‘zlar
alohida mavzu
sifatida berilmagan. Ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlar so‘z turkumlari doirasida
berilgan. Darsliklar tahlili boshlang‘ich sinf ona tili darsliklariga ma’nodosh
so‘zlarga doir quyidagi turdagi mashqlar kiritilganini ko‘rsatdi:
1. Berilgan so‘zga ma’nodosh so‘z topish.
2. Berilgan ma`nodosh so‘zlarni guruhlash.
70
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
4. Ma`nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chirish.
Darsliklar tahlili natijasi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida o‘quvchini
ma’nodosh so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir mashqlar kam
ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ushbu bitiruv malakaviy ishida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarini sinonim so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir
qo‘shimcha mashqlar ishlab chiqildi.
Boshlang‘ich sinflarda sinonimlarga doir mashqlarni quyidagi tartibda bajarish
maqsadga muvofiq:
1. O‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlarni ajrata olish ko‘nikmasini shakllantirish
uchun ularga kichikroq va tushunarli matndan ma’nodosh so‘zlarni topishni
topshirish mumkin.
2. So‘zlar orasidagi ma’nodoshlik munosabatini tushunishga so‘zlar
aralash
holda berilgan ro‘yxatdan ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va guruhlashga oid
mashqlar ham yordam beradi.
3. Berilgan so‘zlarga ma’nodosh so‘z tanlab, ularni almashtirishga doir turli
xildagi mashqlar ham so‘zlar orasidagi ma’nodoshlikni tushunishga yordam
beradi.
4. O‘quvchilar lug‘atini foallashtirish usullaridan biri sinonim so‘zlarining
leksik birikuvchanligi ustida ishlashdir. U yoki bu sinonim so‘zni qanday so‘zlar
bilan qo‘llash
mumkin-u, qanday so‘zlar bilan qo‘llash mumkin emasligiga doir
bunday ishni ma’nodosh so‘zlar vositasida so‘z birikmalari tuzishni o‘z ichiga
olgan mashqlar ko‘rinishida bajarish lozim.
5. Ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlar tizimida o‘quvchilarni
o‘z nutqida ma’nodosh so‘zlarni qo‘llashga o‘rgatadigan ijodiy mashqlar alohida
o‘rin tutishi lozim. Chunki ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan
mashqlarning
oxirgi maqsadi o‘quvchilarni fikrini ifodalash uchun o‘z lug‘at boyligidan sinonim
so‘zlarni tanlab ishlatishga o‘rgatishdir.
71
3-sinfda zid ma`noli so`zlar ustida ishlashda quyidagi mashqlardan
foydalanish mumkin.
1. Berilgan so`zlarga antonim tanlash.
2. Zid ma`noli so`zlarni qatnashtirib so`z birikmasi va gap tuzish.
3. Berilgan gapga antonim topib qo`yish.
Antonimlar nutq ta`sirchanligini oshirishning muhim vositasi. Shuning uchun
zid ma`noli sifatlar ustida ishlash o`quvchilar nutqini ta`sirchan qilishga muhim
ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinflar uchun tuzilgan ona tili fani dasturida so`z ustida ishlash
uchun alohida soatlar ajratilmagan. SHuning uchun 3- va 4-sinfda sifat turkumini
o`rgatishda so`z ustida ishlashga doir mashqlarni grammatika va imloga oid
mashqlar bilan bog‘lab o`tkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: