14-MAVZU. NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI
O‘RNI
213
urf-odatlarning biri sovchilik bo‘lib, bo‘lajak kuyovning yaqin qarindoshlari kelinning ota-onasi
huzuriga borib, nikoh to‘g‘risida kelishib oladilar. Bu jarayon “fotiha qilish”, “unashtirish” deb
atalgan. Ikkinchidan, nikohni xalqqa e’lon qilish uchun ziyofat berish musulmonlar uchun sunnat
amallaridan biri hisoblangan. Uchinchidan, nikoh ahdini tuzish vaqtida ruhoniyat vakili bo‘lmish
mulla, ikki guvoh va kuyov kelinning uyiga, yoki kelin va kuyov guvohlari bilan masjidga
boradi. Mulla nikoh “xutba” sini o‘qishdan oldin er-xotinlik shartlari, er va xotinning burch va
huquqlarini tushuntiradi, kelin va kuyovning roziligini so‘raydi, tasdiqlovchi javobni eshitgan
mulla nikoh xutbasini o‘qiydi. Nikoh ahdi tuzilgandan so‘ng nikoh vasihasini olish vaqtida ikki
taraf ham mullaga yoki qoziga pul to‘lashi lozim edi. Bu vasiqa “nikoh pattasi”, to‘langan pul
esa “nikoh koma” deb nomlangan. Nikoh ahdi tuzilgandan e’tiboron kelin erining uyida bo‘lishi
lozim. Kelin erining uyiga asosan to‘ydan so‘ng borgan. Yuqorida ko‘rsatilgan nikoh ahdini
tuzish vaqtida bajarilishi lozim bo‘lgan holatlarni hisobga olib, qo‘yidagi xulosaga kelish
mumkin: shariat bo‘yicha nikoh tuzish o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, islom dini
tomonidan belgilangan talablar uning qonuniyligi va oshkoraligini ta’minlagan.
Nikohning qonuniy jihatlari. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston
Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Oila kodeksi"da batafsil bayon qilingan
bo’lib, ularning asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat,
ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir - biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha
a’zolarining mas’ulligi hissi asosida ko’rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga
o’zboshimchalik aralashishiga yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlariga to’sqinliksiz amalga
oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Oilaviy turmushda
ota - onalar quyidagi huquqlarga ega bo’ladi va bajarilishi ularning burchlari hisoblanadi: 1)
bolalarga ism - sharif va familiya qo’yish; 2) ularning fuqaroligini va millatini belgilash;
3) o’z bolalariga vakillik qilish, ya’ni ular xali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar, ularning
huquq va manfaatlarini himoya qilish; 4)o’z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va ularni
qonunsiz ushlab turgan shaxslardan talab qilib olish; 5) o’z bolalarini tarbiyalash, ularga
nafaqalar berish va hokazo. Ota-ona o’z bolasiga qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib
burchlarini bajarmasa ular otalik, onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular
keyinchalik farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida,
farzandlar ham ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari shart bo’lib, bularga mehnat
qobiliyatini yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga g’amxo’rlik qilish
va hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |