5. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
206
Qadimiy ona sayyoramizdagi xayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular -
nabotot, hayvonot va bashariyat olami; ularning o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning
asosiy omili hisoblanadi.Xar uchalasiga xam paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muxofaza qilishi,
nasl qoldirishga intilishi instinkti berilgan va hayotining bir kunmas-bir kun o‘lim bilan nihoya
topishi qismati belgilangan. Chunonchi, o‘simlik upug‘idan paydo buladi, rivojlanadi, singan
shoxlari o‘rnini sirach chiqarib, davolaydi - muxofaza qiladi, urug‘lik qoldirib, bir kun kuriydi.
Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a’zolari va qobiliyatini hamda muayyan darajada
idrok. etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va
uyat hissi, bir so‘z bilan aytganda, aql bor. Uni G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkkinchi yurak,
yurak ichidagi yurak o‘qiydi. Ana shu axloq ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni
taqozo etadi.
Inson ham ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan okilona, aqlga bo‘ysundirilgan ravishda,
cheklanadi, ya’ni nisbiylamaydi. Aks holda, muayyan bir, bir necha inson yoki guruxning betiyiq
erkin ixtiyori nafakat boshqa insonlar va gupuhlap, balki nabotot, xayvonot olami, butun dunyo
uchun fojeaga aylanishi mumkin. Ixtiyor erkinligini bunday cheklashning, aqlga
bo‘ysundirishning asosiy vositasi axloqdir.
Shunday kilib, axloq - oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. YA’ni axloqning kelib chiqishi
iloxiy manba’dandir. Ana shu iloxiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish xar bir insonning
asosiy vazifasi, burchi. Shu bois o‘z-o‘zini va iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha
muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Ixtiyor erkinligi tufayli inson xar qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. Bu
muammo kishida mas’uliyat xissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, o‘zgalar va o‘z
vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xoxlagan ishga qo‘l urishi mumkin - uni uz
qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u fakat manfaat ustuvorligini tan oladi, xolos. Unday odamni
axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor
etadi axloqiy tanlov xar bir xatti-xapakat, xar bir qilmishning ibtido nuqtasi.
Umuman, inson va jamiyat axloqiy hayotida tanlovning ahamiyati beqiyos. Masalan, tarixdan bir
ta’sirchan voqeani olib ko‘raylik bozorda mutasavvif alloma, ozarboyjon, eski uzbek (turkiy),
fors tillarida o‘lmas asarlar yaratgan buyuk shoir Nasimiyning g‘azalini yod o‘qiyotgan bir yosh
yigitni kufrda ayblab, xibsga oladilar. yigit oldida ikki yo‘ldan birini tanlash turardi yo piri
Nasimiyni sotish va tavba qilib, banddan ozod bo‘lish yoki g‘azalni o‘zimniki, deb o‘limga tik
borish. Pokdomon, or-nomusli yigit ikkinchi yo‘lni tanlaydi. Qozi uning terisini shilishga
buyuradi. Olomon tomomabinlar yig‘iladi. Shu payt Nasimiy kelib qoladi. Voqeadan xabar
topgan Nasimiy oldida xam endi tanlov turardi - tanlamaslikning iloji yo‘q edi yo o‘zini oshkor
qilib, yosh yigitni jallod qo‘lidan qutqazishi va uning o‘rnini egallashi, yoki olomon orasidan
sekin sirg‘alib chiqib ketib, shogirdining o‘limga maxkum etilishi evaziga o‘z jonini asrab
qolishi kerak. Buyuk mutasavvif shoir birinchi yo‘lni tanlaydi o‘zini jallod qo‘liga tutqazib,
begunox yigitni ozod etadi. Qozi Nasimiyning terisini shilishga buyuradi. Jallod ishga kirishadi,
atrofga qon sachraydi. SHunda qozi odamlarga, nari turinglar, bu kofirning tomchi qoni biror
eringizga tegsa, usha erni kesib tashlash kerak buladi, deydi. qozi gapini tugatar-tutatmac, Tangri
irodasi bilan bir tomchi qon sachrab kelib uning jimjalog‘ita tegadi. Olomon qozidan barmog‘ini
Do'stlaringiz bilan baham: |