13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
182
oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining,
ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi
tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim
zamonaviy bo‘lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri-axloqshunoslikda milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga
e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq. CHunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy
qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z
ruhiy olamiga singdirgan etuk shaxs bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va
mafkura axloqiylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. CHunki
mafkura bir yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq
kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy
kuchdir. Islom Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U insonga faqat
moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat,
iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini
anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan
mayoqdir»
3
.
Zero, milliy g‘oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini barqaror saqlashni
yashash sharti deb bilgan mustaqillik mafkurasi axloqni to‘ldiruvchi va boyituvchi hodisa
sifatida o‘zining bosh maqsadini axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi. SHu bois
Islom Karimov: «Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda
yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati
uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy
qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni
tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni
hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir», - deganida mutlaqo
haqdir.
4
Bundan tashqari axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular haqida
to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas. Eng avvalo milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli,
ilmiy xolislik bilan yo‘g‘irilgan tarixini yaratish va sho‘rolar tuzumi ta’qiqlagan yoki unitilgan
axloqiy qadriyatlarni tiklash muhim. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masalalarini hal
etish,
chunonchi,
axloqiy
tushunchalarni
tasniflashtirish,
turkumlashtirish,
axloqiy
madaniyatning nazariy jihatlarini ishlab chiqish, kasbiy odobning zamonaviy nazariy asoslarini
yaratish kabi murakkab vazifalar ham echimini kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |