10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA
152
ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik
tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi.
Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida
yaqqol
ifodalangan
bo‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning
fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish
qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy
tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan,
Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «Erkin
tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim
predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish
amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish
asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish
a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi.
Masalan, «inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak
va ayollar (bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi.
Bo‘linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish a’zolari – tur tushunchalar bo‘lib,
ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatidadirlar.
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish
lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni
qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga
ega bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan
mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Engil
avtomobil», «YUk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan
bo‘lamiz.
Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish
va dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish
uchun asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim
guruhlari aniqlanadi. Masalan, burchakning o‘zgarishiga qarab «uchburchak»
tushunchasi uchta tur tushunchaga: «to‘g‘ri burchakli uchburchak», «o‘tmas
burchakli uchburchak», «o‘tkir burchakli uchburchak»larga ajratiladi. Bo‘lish asosi
qilib bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy
belgini olish mumkin. Masalan, «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab
«teng tomonli uchburchak», «teng yonli uchburchak», «turli tomonli uchburchak»
tushunchalariga ajratish mumkin.
Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim
bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’i nazar, bo‘lish
o‘zining ob’ektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi bo‘lgan belgi
predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.
Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur
tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor
emaslar»ga ajratsak, dixotomik tarzda bo‘lgan bo‘lamiz. Dixotomik bo‘lish bir
Do'stlaringiz bilan baham: |