5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
65
mustahkam aloqador ekanligi to‘g‘risida chuqur ma’lumot bersa, ikkinchidan, u bosib o‘tilgan
bosqichlarni takrorlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadigan, lekin ularni boshqacha, yanada yuqoriroq
negizda takrorlaydigan taraqqiyot, to‘g‘ri chiziq bilan emas, balki spiral tarzda boradigan,
ma’lum holatlarda boshlang‘ich holga go‘yo qaytganday bo‘lib ko‘ringan, ma’lum tanazzullar va
bo‘hronlar bilan bo‘ladigan ilg‘or taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Dialektika
kishilarning, ularni qurshab turgan dunyoni bilishining umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik
qarashni vujudga keltirgan. Dunyoga dialektik qarash — bu barcha narsa va hodisalarni, ularning
inson miyasidagi in’ikoslari — inson bilishini ham o‘zaro aloqadorlikda va bog‘lanishda,
qarama-qarshiliklar birligi va kurashida, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishida,
eskining o‘rnini yangi egallashida, xullas, ularni «o‘z harakati»da, o‘zgarib va rivojlanib
turishida, paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lib turishida, va ayni vaqtda hamma narsa o‘zaro bog‘liqlik va
aloqadorlikda va o‘zaro munosabatda, deb tushunishdir. Bunday tushunish dialektik qarashni
vujudga keltiradi. Dunyoga dialektik qarash dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi.
Dialektik tafakkur sub’ekt tafakkurining rivojlanish darajasiga ham bog‘liqdir. Tabiat va
jamiyatda pirovard natijada hamma narsa dialektik tarzda yuz beradi. Bu dialektik jarayon
sub’ekt miyasida in’ikos etganda, paydo bo‘lgan tasavvur va tafakkur yo metafizik yoki dialektik
yo‘l bilan hosil qilinishi mumkin. Dialektik tafakkur shu jihatdan inson tafakkuri taraqqiyotining
nisbatan yuqori bosqichiga xosdir. Dialektik tafakkur borliqdagi narsa va hodisalar asli qanday
bo‘lsa, ularning sub’ekt miyasida muayyan fikr shaklida xuddi shunday aks etishidir. Dialektik
tafakkur — bu dialektik fikrlash usuli. Dialektik tafakkur ham tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr
taraqqiyoti bilan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Uning keyingi davr ijtimoiy taraqqiyot bilan, jahon
xalqlari hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan shakli, bu — yangicha
tafakkurdir. Yangicha tafakkurning asosini jamiyatni dialektik tushunish tashkil qiladi. Dialektik
tafakkur usuli o‘z mohiyati bilan sofistik, eklektik va dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq
qiladi. Tafakkurning sofistik, eklektik, metafizik-dogmatik usullari dialektik tafakkur usulining
muqobillaridir. Ular inson tafakkuri faoliyatining turli qirralari sifatida bir-birlariga ham qarama-
qarshi, ham, ayni vaqtda, bir-birlarini to‘ldiradilar. Ularning har birining inson tafakkuri
jarayonida o‘z o‘rni bor. Biz ularning har biri bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |