A. B. P a k ir d in o V u. A. V a L i X o n o V



Download 8,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/163
Sana22.06.2022
Hajmi8,65 Mb.
#692699
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163
Bog'liq
OIV. OITS (A.Pakirdinov, U.Valixonov)

0 ‘tk ir e n se fa lit 
ko'pincha serokonversiya davrida yoki undan
138
www.ziyouz.com kutubxonasi


keyinoq (kasallikning dastlabki 3 oyi ichida) yuzaga chiqadi. Uning 
klinik alomatlari haroratning ko'tarilishi, umumiy darmonsizlik, 
o ‘zini yomon his qilish, kayfiyatning buzilishi, epileptik xurujlar. 
bemorning ongining o'zgarishidan iborat. O 'tkir davri taxminan 
1 haftacha davom etadi. aniq ko'zga tashlanadigan nevrologik aso- 
ratlar kuzatilmaydi. O'tkir ensefalit OlVning bevosita neyronlarni 
zararlashi tufayli kelib chiqadi.
O I T S clem ensiya k o n ip lek si. 
OIV tomonidan chaqirilgan nim 
o'tkir ensefalit. OIV infeksiyasining kechki bosqichlaprida kelib 
chiqadigan OITS demensiyaning (ODK) sababidir. Har xil mu- 
alliflar bo'yicha ODK 1/3-1/2 nafar bemorlarda kuzatiladi. 1/4 na- 
far bemorlarda esa ODK OITSning boshqa belgilaridan avval na- 
moyon bo'ladi.
OIV infeksiyasining kechki davrlarida ODK uning odatdagi 
klinik alomatlaridan (namoyon bo'lishidan) biridir. ODKning eng 
asosiy belgilari psixik funksiyaning buzilishi. bemorning harakat- 
lari va o'zini tutishining o'zgarishidir. ODK. odatda. opportunis­
tik infeksiyalar yoki o'smalar paydo bo'lgandan keyin namoyon 
bo'ladi, ammo b a ’zan u kasallikning birinchi alomati boMishi ham 
mumkin. Bunda) holatlarda bemorda limfadenopatiya. o ‘zini no- 
xush sezish. tana vaznining pasavishi. oral kandidoz kabi OIV in- 
feksiyasining belgilari kuzatiladi; boshqa holatlarda esa immuno- 
depressiyaning laboratoriya alomatlari kuzatiladi. ODKning dast­
labki belgilari bo'lib kognitiv sferadagi o'zgarishlar, eng avvalo. 
xotiraning pasavishi (buzilishi) va diqqat qilishning (konsentrat- 
siyaning) buzilishi kuzatiladi. Bemorlar o 'z fikrlarini yo'nalishi- 
ni yoki gapirayotgan gaplarini yo'qotib qo'yadilar. ko'pgina be­
morlar fikrlash qobiliy atining sekinlashganidan shikoyat qiladilar. 
Bemorlar doimiy ravishda bajarib kelgan ishlari endi ular uchun 
og'irlik qiladi. charchatadi. bu ishlarni bajarish uchun ilgarigidan 
ko'proq vaqt sarflaydilar. Xotiraning pasayishi va o'zining diqqa- 
tini bir narsaga 

alb etishning qiyinlashuvi ishda xatolarga olib ke­
ladi. bemorni qiladigan ishlarini rejasini yozib olishga majbur etadi
139
www.ziyouz.com kutubxonasi


(esidan chiqib qolmasligi uchun). Bu o'zgarishlarni birinchi bo'lib 
yaqinlari, ya'ni oiladagilar sezadilar. Bemorlarda sotsial adaptatsi- 
ya (atrofga moslashuvchanlik) izdan chiqadi, ular apatiya holatiga 
tushib qoladilar. Bolalarda apatiya, ayniqsa, kuchli namoyon bo’la- 
di, ular atrof-muhitga befarq. bolalarga xos sho'xliklardan asorat 
ham qolmagan, ko'pincha o'zlari yolg'iz. bir chekkada xayolchan 
kabi o'tiradilar, kam harakat bo'lib qoladilar.
Depressiv sindrom bu bemorlarda kam uchraydi, ba'zan boshqa 
simptomlardan avval organik psixozlar kuzatiladi. Bunday bemor­
lar giperfaoldirlar, qo'zg'alish holatida bo'ladilar. gipomaniakal 
holat yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning dastlabki bosqichlarida 
psixologik testlar me'yordan chetga chiqishni ko'rsatmasligi mum- 
kin, ammo javoblar yaqqol sekinlik bilan beriladi. Kasallik avj olib 
borgani sari testlarni yechishda qi\ inchi 1 iklarga duchor bo'ladilar. 
Fikrlash (tafakkur qilish) sekinlashadi, apatiya rivojlanadi. Bemor­
lar o 'z kasal 1 iklariga befarq bo'lib qoladilar, vaziyatni to'g'ri ba- 
holay olmaydilar. Harakatning buzilishi ODKning erta fazasiday oq 
yuzaga chiqishi mumkin. Bemorlar muvozanatni saqlay olmayot- 
ganliklaridan shikoyat qiladilar. ko'pincha ushlab turgan narsasini 
tushirib yuboradi, qo'l harakati sekinlashadi va aniqligini vo'qota- 
di. husnixat. yutinish va artikulatsiya buziladi. Muvozanatni bu­
zilishi bemorning yurishini qiy inlashtiradi. tez-tez qoqilib, yiqilishi 
mumkin, shuning uchun juda ehtiyotkorlik bilan yuradigan bo'lib 
qoladi. Oral avtomatizm simptomlari paydo bo'ladi - burun-lab. 
ushlash reflekslari aniqlanadi. Odatda. giperrefleksiya kuzatiladi. 
Kaftlar va tovonlarning ketma-ket keluvchi aks tomonga yo'nal- 
tirilgan harakatlari buziladi - adiadoxokinez. K o'z olmasining 
harakati sekinlashadi. ko'zlarning kuzatish jarayonida silliq. tekkis 
harakat qilishi buziladi. ko'z olmasining harakatida noaniqlik va 
sekinlik kuzatiladi. Kevinchalik ataksiya kuchayadi. to'g'ri chiziq 
bo'ylab harakat qilish qiyinlashadi. Oyoqlarda zaiflik yuzaga 
chiqadi va u asta-sekin kuchaya boradi. ataksiya bilan birgalashib. 
bemorning o'zi mustaqil vura olmasligiga olib keladi. Kasallikning
140
www.ziyouz.com kutubxonasi


kechki bosqichlarida siydik chiqarish va defekatsiya aktlari ham 
buziladi. Kasallikning terminal bosqichida bemorning ahvoli «ve- 
getativ» holatga mos tushadi. Bemor krovatda qimirlamay yotadi, 
atrofga befarq. mustaqil ravishda harakat qila ohnaydi, tana a'zola- 
rining funksivasini nazorat qila olmaydi, ammo somnolentsiya 
davrlaridan tashqari ma'lum darajada hushyor (hushini yo'qotma- 
gan). Komatoz holatlar ikkilamchi infeksiy alar yoki boshqa asorat- 
lar qo'shilganda kuzatiladi. ODK boshlangandan keyin. bir necha 
oylargacha davom etadi, ammo kasallik alomatlari paydo b o ’lgan- 
dan keyin bir necha hafta ichida kuchavib. bemorning o ‘limi bilan 
yakun topgan holatlar ham bor. Orqa miya suyuqligi tekshirilganda 
oqsil miqdorining biroz ortganligi va biroz mononuklear sitoz (200 
1 mkl da) kuzatiladi. OIV esa undan boshqa holatlarda ham (se- 
roz meningit. simptomsiz infeksiya va h. k.)ajratib olinishi mum­
kin. Orqa miya suyuqligida p24 antigenlarining aniqlanishi katta 
ahamiyatga ega.

Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish