A. B. P a k ir d in o V u. A. V a L i X o n o V


O I V in f e k s iy a s in in g b o la la r d a k ech ish i



Download 8,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/163
Sana22.06.2022
Hajmi8,65 Mb.
#692699
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163
Bog'liq
OIV. OITS (A.Pakirdinov, U.Valixonov)

O I V in f e k s iy a s in in g b o la la r d a k ech ish i
Bolalarda OIV infeksiyasining kechishi katta yoshli odamlar- 
dagidan farq qiladi. Kasallikning klinik manzarasi OlVning or- 
ganizmga ontogenezning qaysi bosqichida kirganligiga (homila 
davridami yoki postnatalmi) kuchli bog'liq. Agar kasallik postnatal 
yuqqan bo'lsa. kasallik manzarasi bolaning yoshiga bog'liq b o '­
ladi.
OIV infeksiyasining tabiix patogenezi bolalarda kasallik qachon 
vuqqanligiga qarab quvidagi variantlarda uchraydi:
1. Kasallikning yuqishi embrional davrda antenatal yuz bergan 
(transplatsentar).
2. Kasallikning yuqishi perinatal (homiladorlikning 28-haftasi- 
dan keyin) yuz bergan.
3. Kasallik postnatal yuqqan (tug'ruq paytida, ko'krak bilan 
emizilganda yoki parenteral) (34-rasm).
150
www.ziyouz.com kutubxonasi


34-rasm .
4 voshli qizchada OIV infeksiyasi.
Agar kasallik postnatal (ya'ni bola tug'ilayotganda yoki tug'il- 
gandan keyin). yoki kechki perinatal davrda yuqqan bo'lsa. OIV in­
feksiyasining OITSga qarab kechishi xuddi kattalardagi kabi o'ta- 
di. ammo kasallikning simptomatikasida va dinamikasida o'ziga 
xos farqlari bo'ladi. Bolalarda o'rtacha inkubatsion davrning davo- 
mix ligi qisqaroq bo'ladi va 3-5 yilni tashkil qiladi. Kasallikning 
klinik alomatlari boshlangandan keyin ham bolalarning yashash 
muddati kattalardagiga nisbatan qisqaroq bo'ladi. Bolalarda parotit. 
gepatit. gemorragik sindrom. gematologik o'zgarishlar. DVS-sin- 
dromi. nafas yo'llari infeksiyasi. sinusit. yiringli otit. SMV-infek- 
siyasi. bo'g'im va suyaklarda yiringli kasalliklar. abssesslar, men­
ingit kabi 1 ar ko'p uchraydi. Infeksiya perinatal yuqqanda bolalarda 
OITSning klinik belgilari paydo bo'lishi muddati o'rtacha 2.5 yilni
151
www.ziyouz.com kutubxonasi


tashkil qiladi. Agar kasallik belgilari hayotining 1-yilida namoyon 
bo'lsa, bola 1 yoshdan ortiq umr k o ‘rmaydi. Agar bolada 1 voshlik 
davrida pnevmosistali pnevmoniya rivojlansa. bola o'rtacha hisob- 
da yana 4 oy umr ko'radi. xolos. Agar 1 yoshga to ’igungacha in- 
terstitsial pnevmoniya aniqlansa, u 21 oy umr ko'radi, ammo agar 
shu kasallik 1 yoshdan keyin aniqlansa. 53 oygacha umr ko'rishi 
mumkin. Bolalarga kasallik 80 % hollarda vertikal y o i bilan(ya’ni 
platsentar) yuqadi. Bunday yuqish yo'lining gorizontal yuqishdan 
farq qiluvchi belgilari bor:
1. Vertikal yuqqanda mononukleazsimon sindrom (birlamchi in- 
feksiya alomatlari) kuzatilmaydi.
2. Kaposhi sarkomasi kuzatilmaydi.
Agar kasallik homilador ayolga homiladorlikning oxirgi 1/3 qis- 
mida yuqqan bo'lsa, kasallikning embrionga yuqish xavfi yuqori 
bo'ladi. Agar ayol homiladorlikning dastlabki paytlaridanoq simp- 
tomlarsiz virus tashuvchan (seropozitiv) bo'lsa, embrionga kasal­
likning yuqish xavfi kamroq bo'ladi. Infeksiyaning vertikal yuqishi
10 % dan-40 % gacha hollarda kuzatiladi. Rivojlangan davlatlarda 
o'rtacha 25 %. Afrika davlatlarida esa 50 % ga yaqin kuzatiladi. 
Demak. bemor ayollardan tug'ilgan bolalarning 70 % ga yaqini 
sog'lomdirlar, ammo ular nimjon bo'lib tug'iladilar, rivojlanishlari 
juda sekin kechadi. 25 % hollarda homiladorlik bola tashlash bilan 
yakunlanadi, chaqaloqlarning chala tu g ilish i 3 barobar ko'p uch­
raydi.
Bolalarga kasallik parenteral y o i bilan yuqqanda ularning o 'rta­
cha yoshi 3—4 yoshni tashkil qiladi. vertikal y o i bilan yuqqanda 
esa o'rtacha 1 yoshni tashkil qiladi. Parenteral y o i bilan yuqtirgan 
bolalarda o'lim o'rtacha 3.5-5 voshda kuzatilsa va uning uchrashi
8.6 0 о ni tashkil qilsa. vertikal yuqqanda 4 yoshgacha bo'lgan davr- 
ga to 'g 'ri keladi va 1.4 % ni tashkil qiladi. Bolalarda o'lim ga olib 
keluvchi omillar. asosan. sil kasalligi. stafilokokli sepsis va nafas 
yo'llariningbakterialinfeksiyalaridir(M6a,ioBar. А. и д р . ,2 0 1 1 г.).
OIV infeksiyasi bilan og'rigan ayollardan tug'ilgan bolalar 
orasida o'lim yuqoridir. OIV infeksiyasiga pozitiv bo'lgan bolalar-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ning 25 % i. sog'lom tugilganlarining esa 12 % i 5 voshga yetmay 
halok bo'ladilar. Infeksiva vertikal vo'l bilan yuqqan bolalarda bu 
ko'rsatkichlar orasida rivojlangan mamlakatlar va Afrika davlatlari 
orasida tafovut mavjud bo'lib. u quyidagicha ko'rinish oladi:
Bemor bola 1 voshga to ig un ch a bo'lgan davrda AQSHda 
c)-25 % hollarda OITSga o'tishi kuzatilsa. Afrika davlatlarida u 
30 % ni tashkil qiladi. 1 yoshgacha b o ig a n bemor bolalar orasi- 
dagi o'lim AQSHda 10 %. Afrikada 34 %. 21-oyga kelib Afrika 
davlatlarida bemor bolalarning 50 % halok bo'ladilar. 5 yoshgacha 
AQSHda 26-30 
%
bemor bolalar halok boisalar, Afrikada 75 % i 
halok bo'ladilar. AQSHda 10 yoshgacha bemor bolalarning qolgan 
40 % halok b o ia d i. Afrikada esa ularning umri 5 vildan ortmaydi.
Bemor ayollardan tug'ilgan bolalarda OIV infeksiyasi tashxisini 
qo'yish mezonlari quy idagicha:
- agar bola 1 8 oyga to igu n ch a ikkita va undan ortiq testda OIV 
antigeni aniqlansa yoki PTSR musbat natija bersa. yoki OIV kul- 
turasi olinsa.
Bemor ayollardan tug'ilgan bolalarga OIV infeksiyasi yuqma- 
ganligi mezonlari quyidagicha:
- 6 oydan 18 oygacha bo'lgan muddatda 2 ta va undan ortiq 
IFAda OlV-antitanachasiga negativ natija bersa, yoki 18 oylikdan 
keyin 1 ta IFA negativ natija bersa va yuqoridagilar bilan bir vaqt- 
da OIV infeksiyasiga musbat natija bergan boshqa testlar b o im a s a
hamda OITS indikatorli kasalliklar kuzatilmasa.
Perinatal transmissiya 62 % dan 85 % gacha tug'ruq paytida 
yoki erta neonatal davrda ro'yobga chiqadi. Shuning uchun bo- 
lalarni tug'ilgandan keyin kasallik yuqtirib olmasligining oldini 
olish uchun ularni bemor onalari tomonidan ko'krak sutini emizishi 
ta'qiqlab qo'yiladi. Kasallik perinatal davrda yuqqanda OIV infek­
siyasi juda tez rivojlanadi. tana harorati ko'tariladi. limfadenopa- 
tiva. gepatosplenomegaliya. diareya, gemorragik sindrom, nafas 
va asab tizimlari jarohati ko'p kuzatiladi. o'rta hisobda 4- yilgacha 
bo'lgan muddatda bolalarda OITS rivojlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalardagi OIV infeksiyasining asosiy klinik belgilari quyi- 
dagilardir:
1. Persistirlovchi generalizatsiyalangan limfadenopatiya.
2. Gepatosplenomegaliya.
3. Ensefalopatiya (aqliy va jismoniy rivojlanishning sekinlashu- 
vi yoki to'xtab qolishi. dastlab oyoqlarda. keyin esa tanada va 
q o ila rd a muskullarning zaiflashuvi).
4. Pnevmosistalar tomonidan chaqirilgan pnevmoniya.
5. Kandidoz.
6. Diareya.
7. Bakterial infeksiyalar.
8. Gipergammaglobulinemiya.
9. Keskin ozib ketish.
10. Trombotsitopeniva.
1 1. Anemiya va b a’zan sariqlik.
Agar kasallik homiladorlikning erta davrida yuqqan (platsenta 
orqali) bo'lsa. homila rivojlanishidagi o'zgarishlar oqibatida qu­
yidagi belgilar paydo bo'lishi mumkin:
1. Mikrotsefaliya.
2. Yuzning displaziyasi.
3. Peshonaning do'ng bo'lib chiqib turishi.
4. Burunning kichkinaligi.
5. G'ilaylik.
6. Lablarning kattalashuv i (makroxeyliya).
7. K o 'z soqqasining havo rang bo'lishi.
Bolalarda OIV infeksiyasini diagnostika qiIishning qiyinligini 
hisobga olib. JSST 1985- yili bolalarda OITS mavjudligini guinon 
qiiish imkonini beradigan mezonlarni aniqlab chiqdi. Ular qu- 
yidagilardir:
1. Katta belgilari:
- ozib ketish (tana vaznining pasayishi):
- 1 oydan ortiq davom etuvchi surunkali diareya:
- 1 oydan ortiq davom etuvchi haroratning ko'tarilishi;
154
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Kichik belgilari:
- generalizatsiyalangan limfadenopatiya;
- orofaringeal kandidoz;
- persistirlovchi vo'tal:
- generalizatsiyalangan dermatit;
- onasida tasdiqlangan OIV infeksiyasi.
OIV infeksiyasining 1 yoshgacha b o ig a n bolalarda kechishini 
prognoz qilishda CD4 hujayralarining nisbiv (protsent) miqdori- 
ning ahamiyati katta. Immun tanqisligi holatining rivojlanishi ka­
sallikning progressiy asiga olib keladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar- 
da CD4 hujayralarining miqdori 750, 500 va 200 huj. m m ’ bo'lsa. 
bu og'ir immun tanqisligi holatini aks ettiradi. kasallik tezda rivoj­
lanadi va pnevmosistali pnevmoniya rivojlanishiga sabab b o ii-
shi mumkin. (Me'yorda 1 yoshli bolalarda CD4 hujayralarining 
miqdori 2000 m m 3; 2 yoshda - 750 m m ’; 3 yoshda esa 500 mm"; 
faqat 6 voshga to ig a n d a CD4 miqdori kattalar bilan bir xil b o i a ­
di.) Virusning sintitsiy hosil qilish qobiliyati yuqori bo'lsa hamda 
uning makrofaglarni zararlashi ustuvor bo'lsa. bolalarda kasallik 
juda noxush kechadi. Agar bemor bolalarda CD4 hujayralarining 
nisbiy miqdori 10 % dan kam bo'lsa, 80-97 % o'lim kuzatiladi. 
agar bu hujayralaming foiz miqdori 10-20 % bo'lsa. 44 % o'lim 
bilan vakunlanadi, 25 % dan ko'p bo'lsa. o i i m yana ham kamaya- 
di. Ammo CD4 hujayralar miqdori 25-30 % dan yuqori bo'lgan 
taqdirda ham, 5 vil ichida o'lim bilan yakun topish holatlari juda 
yuqori bo ia di.

Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish