A. B. P a k ir d in o V u. A. V a L i X o n o V


J i g a r d a g i o ' z g a r is h la r



Download 8,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/163
Sana22.06.2022
Hajmi8,65 Mb.
#692699
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163
Bog'liq
OIV. OITS (A.Pakirdinov, U.Valixonov)

J i g a r d a g i o ' z g a r is h la r
OIV infeksiyasining va virusli gepatit С va В larning yuqish 
у о ' I lari bir-birlariga o'xshashligi tufayli ko'pincha bu kasalliklar- 
ning birga kelishi kuzatiladi. Narkomanlar orasida. shuningdek. 
qon va uning preparatlari bilan muloqotda b oiuvchilar orasida 
virusli gepatit С va В lar ham xuddi OIV infeksiyasi kabi muam- 
mo bo'lib turibdi. Dunyoda hozirgi paytda 180 mln virusli gepa­
tit С ni yuqtirib olganlar va taxminan 400 mln virusli gepatit В 
ni yuqtirib olganlar mavjud (Daminov T. A.. 2010 g.). Parenteral 
yuqqan virusli gepatit С (HC'V infeksiva) 90 % hollarda qon qu) il- 
ganda yuqqanligi aniqlangan (Seeff L. B. 1992). Oila sharoitida bu 
kasallikning yuqishi 2 % ga yetadi. Qolgan hollarda jinsiy aloqalar 
orqali o'tishini taxmin qilish mumkin. Cjepatit С ni OIV infeksi- 
yasida opportunistik inteksiyalarga tenglashtiradilar. Yuqori dara-
www.ziyouz.com kutubxonasi


jadagi xavfli guruhlar orasida HCV/OIVni bir vaqtda bitta bemorda 
uchrashi quyidagicha:
- OIV infeksiyasi bilan og'rigan barcha bemorlarning 30-40 % 
ida:
- HCV bilan og'rigan barcha bemorlarning 10 
%
ida:
- Gemofiliya bilan og'rigan barcha bemorlarning 85 % ida:
- narkotiklarni vena ichiga qabul qiluvchilarning 52-90 % ida:
- OIV infeksiyasiga chalingan barcha eomoseksualistlarnine
4 -8 % ida.
Parenteral muolajalarda HCV infeksiyasining yuqish xavfi OIV 
infeksiyasining yuqish xavfidan 10 barobar yuqori (5 
%
HCV,
0,5 % OIV). perinatal yuqish esa HCV uchun 5 barobar kam (5 % 
HCV. 25 % OIV). Narkotiklarni inyeksiva orqali qabul qiluvchi- 
larda 10 oy davomida narkotiklar qabul qilganidan keyin. ularning 
60 % ida HCV, 20 % ida 
e s a
OIV infeksiyasi uchraydi. Jinsiy aloqa 
orqali yuqish, H C V OIV birga kelganda monoinfeksiyaga nisbatan 
ancha yuqori bo'ladi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida OIV infeksiyasiga 
chalingan narkomanlar orasida virusli gepatit 2001-2004- yillari
96,6 %ni tashkil qilgan. Shulardan 42.7 %ida OIV + NVV (virusli 
gepatit B) aniqlangan. 48.8 °oida OIV - HCV (virusli gepatit C) 
aniqlangan. 34,8 %ida esa bir vaqtning o'zida OIV - HCV - NVV 
mikst infeksiyasi aniqlangan. NVV va OIV lcoinfeksiyada kelganda 
jigarda nekrotik va yallig'lanish jarayonlari unchalik kuchli rivoj- 
lanmasa-da, ammo fibroz jarayoni kuchli rivojlangan va bu holat 
jigar sirrozi kelib chiqish! xavfini orttirib yuboradi.
H C V'O IV birga kelganda monoinfeksiyaga nisbatan jigar sirro­
zi rivojlanishi ko'p uchraydi. chunki gepatit juda tez progressiyaga 
uchraydi va sirrozga olib keladi, HCV juda og'ir kechadi. jigar xas- 
taligi oqibatida kelib chiqqan o'lim holatlari ham yuqori bo'ladi. 
Ayniqsa, bunday holat har kuni 50 ml dan ortiq alkogol iste'mol 
qiluvchi bemorlarda. CD4 hujavralari 1 ml da 200 dan pasaygan 
bemorlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Sankt-Peterburg shahrida
134
www.ziyouz.com kutubxonasi


2001-2004- yillari o'tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, vi­
rusli gepatit bilan OIV koinfeksiyada kelgan bemorlarning 47 % 
ida qonda ALT miqdori 1.5-3 barobar. bilirubin esa 1.5 barobar 
ortgan. Bemorlarning yoshi, asosan. 20—30 da ekanligini hisobga 
olinsa, ahvolning naqadar og'ir ekanligi yanada ovdinlashadi.
Jigar xastaligidan o'lgan OIV infeksiyaga chalingan bemorlar­
ning 50 % dan ortig'ida virus zalvori 1 ml da 400 tadan ko'p. CD4 
hujayralari esa 1ml.da 200 dan ko'pligi aniqlangan (ya'ni o i i m
OIV/OITS hisobiga emas, balki jigar xastaligi tufayli yuz bergan). 
HCVda antiretrovirus terapiyada qo'llaniladigan dorilarning gepa- 
totoksikligi tufayli davolashni to'xtatishga to 'g 'ri keladi. Natijada 
OIV infeksiyasi tezda progressiyaga uchraydi va bemorlarning umri 
qisqaradi. Hozirgi kunda OIV infeksiyasiga chalingan narkomanlar 
orasida jigar xastaligi. ularning OIV/OITSga bog'liq bo'lmagan 
o'limining asosiy sababidir.
Shu yerda OIV infeksiyasida virusli gepatit bo'lmagan be­
morlarning o'zida jigarda qandav o'zgarishlar uchrashini ko'rib 
chiqish zarurdir. OIV infeksiyasining erta bosqichlarida-genera- 
lizatsiyalangan persistirlovchi limfadenopatiyada gepatomegaliya 
kuzatiladi. jigarning funksional sinamalarida o'zgarishlar kuzatila- 
di-qon zardobida albumin miqdori pasayadi, sulema sinamasining 
darajasi pasayadi. Bu davrda jigarda gistologik o'zgarishlardan bi- 
roz rivojlangan sitoliz, xolestaz va mezenximal-yallig'lanish sin- 
dromlari kuzatiladi. Kasallikning OITS bosqichida bu o'zgarishlar 
chuqurlashib. jigar hujayralarida distrofik o'zgarishlar (inakro- va 
mikrosteatoz). jigar bo'laklari va periportal zonalarda yallig'lanish 
infiltratsiyasi kuzatiladi. Jigardagi bu o'zgarishlar OIV infeksiyasi 
HCV bilan koinfeksiyada kelganda jigarda progressiyaga uchrov- 
chi o'zgarishlar ketishi uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi. shuning 
uchun bu bemorlarda HCVning latent davri uzoq bo'lmaydi.
Yuqorida keltirilganlardan xulosa qilib virusli gepatit va OIV 
koinfeksiyasi uchun xos bo'lgan quyidagi umumiy belgilarni 
ko'rsatish mumkin:
www.ziyouz.com kutubxonasi


- OIV infeksiyasida NSV va NVV tezroq progressiyaga uchray­
di. jigar fibrozi juda tezda ri\ ojlanadi:
- qisqa muddatlar ichida kasallik sirroz stadiyasiga o'tadi va 
o'lim bilan yakunlanadi;
- navqiron yoshda jigarning birlamchi raki rivojlanadi:
- agar NSV monoinfeksivada kelganda kasallikning vertikal 
yuqishi (onadan homilaga) 5 % hollarda kuzatilsa. OIV bilan koin- 
feksiyada kelganda vertikal yuqish 15-36 % ni tashkil qiladi.
- NSV va NVVning qondagi virus zalvori yuqori bo'lganligi 
sababli. OIV infeksiyasi ham tezda progressiyaga uchraydi;
- OIV infeksiyasini davolashda ishlatiladigan preparatlarning 
gepatotoksikligi yuqori bo'lganligi sababli antiretrovirus terapi- 
yasiga salbiy ta'sir qiladi;
- OIV infeksiyasini davolashni to'xtatishga to'g'ri keladi:
- natijada NVV OIV bilan birga kelgan bemorlarning umri qis- 
qaradi.

Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish