A. B. P a k ir d in o V u. A. V a L i X o n o V



Download 8,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/163
Sana22.06.2022
Hajmi8,65 Mb.
#692699
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163
Bog'liq
OIV. OITS (A.Pakirdinov, U.Valixonov)

0 ‘tkir isitma fazasi.
Shilliq qavatlarda: faringit, qattiq va yumshoq tanglayda nuqta- 
simon qizil toshmalar. bodomcha bezlarida. tanglayda. lunj sohasi- 
da diametri 5-10 mm ga teng bo'lgan. dumaloq yoki oval shaklda- 
gi. yuzaki. usti oqish karash bilan qoplangan. atrofida giperemiya 
hoshiyasi mavjud bo'lgan yaralar paydo bo'ladi. Ulardan tashqari.
59
www.ziyouz.com kutubxonasi


orqa peshov va to'g 'ri ichakda ham yaralar paydo bo'ladi. Limfa 
tugunlari kattalashgan. Ba'zan meningeal alomatlar va epileptik 
xurujga o'xshash belgilar kuzatiladi.
Keyin infeksiyaning alomatlarsiz latent bosqichi yoki virus 
tashuvchanlik bosqichi yuzaga chiqadi. Kasallikning bu davri
10 yil va hatto undan ortiq vaqt davom etishi ham mumkin. Bu 
davrda bemorni hech narsa bezovta qilmavdi. hech qanday kasallik 
alomatlari yo'q. faqatgina qonni maxsus usullar bilan tekshirilgan- 
da, OIV infeksiyasiga chalinganligi aniqlanadi.
Undan keyingi bosqich 
motivatsiyasiz prolongatsiyali genera­
lizatsiyalangan limfaclenopatiya bosqichi
deb ataladi, bu bosqich 
OIV infeksiyasida qonuniv ravishda kelib chiqadi. eng kamida 
90 % bemorlarda kuzatiladi.. Bu bosqichda chov sohasidan boshqa
2 ta va undan ortiq sohalardagi limfa tugunlari eng kamida 3 oy va 
undan ortiq muddatga kattalashadi. Kattalashgan limfa tugunlari- 
ning diametri 0.5 sm dan 2 sm gacha. ba'zan esa 4-5 sm gacha ye- 
tadi, ularning konsistensiyasi zich-elastik. bir-birlari bilan qo'shil- 
magan (har biri alohida joylashgan). harakatchan (ya'ni palpatsiya 
qilinganida ular barmoq ostidan sirg'anib chiqib ketadi). og'riqsiz. 
tugunlar ustidagi teri o'zgarmagan. Agar limfa tugunlari mikobak- 
teriyalar bilan zararlansa yoki yomon sifatli o'smalar (Kaposhi Sar­
komasi) rivojlansa. unda og'riq paydo bo'ladi va limfa tugunlari 
bir-birlari bilan qo'shilib ketadi (yopishadi).
Limfadenopatiya bosqichi boshlangandan 1.5-3 yil o'tgach. 
kasallikning navbatdagi bosqichi - ikkilamchi kasalliklar davri 
boshlanadi. Bu bosqichni OITS assotsiatsiyalangan kompleks deb 
ham ataydilar. Bu davr ikkilamchi kasalliklar qo'shilishi va har xil 
a ’zolarning zararlanishi oqibatida kelib chiqadi. Bu davrda OIV/ 
OITSning klinik belgilarining asosini opportunistik infeksiyalar 
va yomon sifatli o'smalar tashkil qiladi. Opportunistik infeksiya 
(01) deb. normal sharoitlarda odamda kasallik chaqira olmaydigan. 
ammo immunitet pasayib ketganda (va'ni immunosupressiyada) 
patogenga aylanib. har xil kasalliklar chaqiruvchi shartli patogen
60
www.ziyouz.com kutubxonasi


infeksiyalarga aytiladi. Bu infeksiyalar tomonidan chaqirilgan ka- 
salliklarni OITS indikatorli kasalliklar deb ham ataladi. Barcha 01 
larni 4 guruhga ajratish mumkin:
1. Zamburug'li infeksiyalar.
2. Virusli infeksiyalar.
3. Bakterial infeksiyalar.
4. Protozoyli infeksiyalar.
Yuqorida ko'rsatilgan Ollardan tashqari. OIV infeksiyasida 
yana odatdagi patogen infeksion agentlar hamda shu region uchun 
xos b o ig a n endemik infeksiyalar ham kasallik chaqiradi. Kasal­
likning bu davri bosh og'rishi, kamquvvatlik. o'zni noxush sezish. 
tezda charchash. ko'p terlash. haroratning ko'tarilishi, y o ‘tal, mial- 
giya. artralgiya. ishtahaning pasayishi, ich ketishi, tana vaznining 
kamayishi. qon tomirlarida o'zgarishlar, ikkilamchi infeksiyalar, 
o'smalar va boshqa qator kasalliklar bilan boshlanadi. Vaqt o ‘ti- 
shi bilan xastalikning klinik beIgilari kuchayib boradi va kechishi 
og'irlashadi. Bu davrda teri va shilliq qavatlarning zararlanishi 
alohida ahamivatga ega. chunki kasallikning erta bosqichlaridanoq 
terida eng kamida 2,5 ta kasallik belgisi (simptomi) kuzatilsa. ke- 
yinchalik bu belgilar ortib borib. 4 tagacha yetadi. Eng k o ‘p ahami- 
vatga moliklari zamburug'li kasalliklar (ayniqsa. kandidoz), virusli 
kasalliklar. piodermitlar, seboreyali dermatit kabilardir.

Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish