18-laboratoriya ishi
Mavzu:
IMS kuchaytirgichni parametrlarini tadqiq etish
Ishni bajarishdan maqsad
: IMS larning tayanch elementlarining
ishlash prinsiplarini o‘rganish
Boshlang‘ich ma’lumotlar
KMOP-seriyali IMS larning tayanch elementlarini ko‘rib chiqaylik.
KMOP-invertor bunday elementlarning eng soddasi bo‘lib hisoblanadi.
KMOP-invertor har xil turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita
KMOP-tranzistordan tashkil topgan, n-turdagi tranzistorning istoki nol
potensialga ega bo‘lgan shinaga va r-turdagi tranzistorning istoki esa
ta’minlash manbasining musbat shinasiga ulanadi. Sxema EMAS
mantiqiy amalini amalga oshiradi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
:
1.
Multisim-2001
dasturida
KMOP-invertorning
o‘tkazish
xarakteristikasini olish sxemasini tuzing (1-rasm).
18.1-rasm. KMOP-
invertorning o‘tkazish xarakteristikasini o
lish sxemasi
2. Xarakteristikasini olish uchun Multisim-2001 dasturining Simulate
menyusidan avval Analyses va keyin DC Sweep bo‘limlari tanlanadi (2-
rasm).
18.2-rasm. Multisim-2001 dasturining Simulate menyusi
3. Hosil bo‘ladigan oynaning Analysis Parameters bo‘limida
o‘zgartirilishi
zarur
bo‘lgan
parametrning
(masalan,
kirish
kuchlanishining) boshlang‘ich Start value va so‘nggi Stop value
qiymatlari hamda o‘zgarish qadami Increment ko‘rsating (18.3-rasm).
18.3-rasm. Multisim-2001 dasturining Analysis Parameters
bo‘limi
4. Oynaning Output variables bo‘limi tanlang va uning zanjirdagi
o‘zgaruvchilar Variables in circuit bo‘limida xarakteristikani qurishda
zarur bo‘ladigan o‘zgaruvchilar belgilab modellash davomidagi grafiklar
Plot during simulation knopkasini bosish yo‘li bilan oynaning tahlil uchun
tanlangan o‘zgaruvchilar Selected variables for analysis bo‘limiga
o‘tkazing (18.4-rasm).
18.4-
rasm. Xarakteristikani qurishda zarur bo‘ladigan o‘zgaruvchilarni
tanlash
5. Xarakteristikani olish uchun oynadagi Simulate knopkasi bosing.
Ekranda 5-rasmdagiga o‘xshash xarakteristika hosil bo‘ladi.
18.5-rasm. KMOP-invertorning
o‘tkazish
xarakteristikasi
6. YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun n-turdagi MOP-
tranzistorlarni parallel va r-turdagi MOP-tranzistorlarni ketma-ket ulang
(6-rasm). Bundan tashqari har bir kirishda n-turdagi va r-turdagi
tranzistorlarning zatvorlari mos ravishda o‘zaro birlashtiring.
7. YOKI-EMAS sxemaning X1 kirishiga yuqori sathli signal bering va
VT1 tranzistorning ochilishi hamda VT4 tranzistorning yopilishiga
e’tibor bering.
8. Sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
9. Sxemaning ikkala kirishiga ham (X1 va X2) past sathli signal bering
(7-rasm) va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
10. Sxemaning ikkala kirishiga ham yuqori sathli signal bering (8-
rasm) va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
18.6-rasm. YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish
18.7-rasm. YOKI-EMAS sxemaning ishlashi
18.8-rasm. YOKI-EMAS sxemaning ishlashi
11. VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun (9-rasm) n-turdagi
MOP-tranzistorlarni ketma-ket va r-turdagi MOP-tranzistorlarni parallel
ulang.
12. Sxemaning kirishlaridan biriga past va ikkinchisiga yuqori sathli
signal bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
13. Sxemaning ikkala kirishiga ham (X1 va X2) past sathli signal
bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
14. Sxemaning ikkala kirishiga ham yuqori sathli signal bering va
sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
18.9-rasm.VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish
Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot
Hisobotda quyidagilar keltiriladi.
1. Ishni bajarishdan maqsad.
2. Tajribalarni o‘tkazishda foydalanilgan sxemalar.
3. Olingan natijalar jadval va grafiklar ko‘rinishida.
4. Olingan natijalarning tahlili.
4. Bajarilgan ish bo‘yicha xulosalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |