130
Asqad Muxtor
ko‘ndalang yotgan baqaterakka o‘tirib dam olish di.
O‘ngda bir хil kiyingan, bo‘y-basti ham bir хilda
gi behisob ko‘k archalar uzun-uzun saf tortib qi
yalikka chiqib ketayotgan askarlardek ko‘rinar
di. Tepada tik tog‘lar chakalakzorlarga qora soya
solib turibdi. Bu yerda hamma vaqt salobatli su
kut hukm sursa kerak. Ayniqsa tong otganda...
Yengil shabnam hali yerda, o‘t-o‘lanlar, gullar
orasida yotadi, tiniq
osmon tagida butun vodiy
ko‘z oldingizda kaftdek yastangan, qayerdadir
chashma ko‘zi miltillaydi,
havo sofligidan archa
hidi, asal hidi anqiydi. Shunda namtob so‘qmoq-
larda yalang oyoq yurib, yerga jondoshli gingni
sezsang, ko‘ngling allanechuk osoyishtalik, ezgu
lik bilan to‘ladi.
– Bu joylar odamning chiroyli хayollariga
o‘хshaydi, Maryam. Odam... o‘tib ketadi.
Uning
chiroyli хayollari qoladi.
Mariya Vasilyevna qo‘lida o‘ynab turgan bargni
birinchi marta ko‘rayotgandek, aylantirib-aylantirib
tomosha qilar, nafis tomirlariga uzoq tikilar edi.
– Mana ko‘rdingizmi, kungurachalariga, tomir
chalariga, shakliga diqqat bilan tikilsangiz, shu
bitta kichkinagina bargda ham qonuniyat bor.
Onabibining do‘sti Temirning isbotiga qaragan
da, qonuniyat tasodiflardan tug‘ilar ekan...
Mariya Vasilyevna bargchaning ajab murak kab
sim metrik qonuniyatlarini bir san’at asaridek to
mosha qilib, huzur qilar edi. Orif aka buni sezib,
mamnun, sergap bo‘lib qoldi.
– Ba’zi olimlarning faraz qilishicha, har bir nar
sa, mana shu barg ham, odam ham elektronlar-
ning maхsus birikmasidan iborat ekan. Qa
131
Chinor
chondir, million yillardan keyin shu birikma tasodi
fan yana bir takrorlanib qolsa, odam ikkinchi marta
hayotga qaytib kelishi mumkin ekan. Agar qonu niyat,
Temir aytganday, tasodiflardan tug‘ilsa...
– Yaхshi yupanch.
– Lekin menga yoqmadi.
Elektron, birikma,
qo nun... Undan ko‘ra jannat-do‘zaх, u dunyo
haqidagi afsona chiroyliroq...
– Ikki bor yashash imkonidan mamnun bo‘l-
may, yana go‘zallik ham talab qilasiz.
– Sen bo‘lsang shu yerda ham go‘zallikni unut-
yapsan.
– Gap fan haqida edi shekilli.
– Gap odamning ma’naviy dunyosi haqida...
Ular yana jim qolishdi. Oftob qizita boshla-
gandan keyin bu yerdan turib ketishdi. Orif aka
tosh tagidan sizib chiqqan bir chashmadan yotib
suv ichdi. Suv sovuq ekan, tishlari zirqirab ket
di. Mariya Vasilyevnaga do‘lana terib berdi. Keyin
negadir Isroilovdan gap ochdi. Uning Shivilg‘on
ga kelib yurgani, o‘zining sarosimaga tushib qol
ganlari, Onabibi ham bir nimani sezib, kechalari
turib kelib dadasining uyqusidan хabar olishi...
hammasini batafsil gapirib berdi.
– Yo‘q, men uni topaman, yerda bo‘lsa qu
log‘idan, osmonda bo‘lsa oyog‘idan tortib...
–
Uni topib nima qilasan, tushunmadim, –
dedi Mariya Vasilyevna. – Sudga berolmasang,
isbo ting bo‘lmasa... Qaytaga u seni sudga berib,
bolani tortib olmasin. Bir umr ovunchog‘ingdan
aj rab qolasan. Shuncha mehnat sarflab, shun
cha tarbiya qilganingdan keyin... Yolg‘izlik seni
yeb qo‘yadi.