160
bor bo`lib, boshqalar bilan suhbatlashishni xush ko`rishmaydi. Bunday insonlarning
shaxslararo munosabatlari qiyin bo`lib, asosan bolalar va qariyalar bilan muloqotga
kirishishda qiynalishadi.
Ikkinchi darajali empatiya keng tarqalgan bo`lib, ular insonlarni tinglashga,
ularning dardlarini, tashvishlarini eshitib, hamdard bo`lishga tayyor insonlardir. Ular
odamlar bilan muloqotda bo`lishga qiynalmaydilar.
Uchinchi darajali empatik odamlar esa boshqalarni o`zlaridan ko`ra yaxshiroq
tushunishga qodir insonlardir. Ular birovning dardini o`zinikiday his qila oladi. Ular
juda ochiqko`ngil bo`lib, boshqalar bilan til topishishlari juda oson. Bunday insonlar
nizolarni nizolar orqali his qilishni yoqtirmaydilar, doim murosaga kelishga harakat
qiladilar. Inson oz bo`lsa ham empatiyani o`zida namoyon eta olishi kerak. Chunki
empatiya insonni boshqalar bilan munosabatida muhim rol o`ynaydi. Shaxs o`zida
empatiyani shakllantirishi uchun suhbatdoshini tinglay olishi, jamoat transportlarida
yurganida e`tiborini mobil telefoniga emas, atrofdagi odamlarga qaratishi, ularni
nima haqida o`ylayotganini his qilishi kerak. Notanish odamlar bilan munosabatda
bo`lish hamda ijtimoiy doiraning rivojlanishi empatik qobiliyatning o`sishiga olib
keladi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, empatiyaning haddan oshib ketishi
inson ruhiyatiga salbiy ta`sir qiladi.
U hamma narsadan ta`sirlanadigan, g`am –g`ussaga cho`kadigan bo`lib qoladi.
Masalan, biror gulga mehr qo`yishi va gulning vaqt o`tib qurib qolishi empatistlar
ruhiyatiga qattiq ta`sir qilib, ularni bundan yomon ta`sirlanishiga olib kelishi
mumkin. Inson avvalo baxtli bo`lishi, mehribon va tushunadigan odamlar qurshovida
yashashi juda muhimdir. Empatiya – bu noyob qobiliyat, u har bir odamga
berilmaydi. U suhbatdoshga samimiy munosabat, uni tushunish va tinglash istagiga
asoslangan murakkab tushunchadir.
Empatiyani namoyish etishdan oldin, odamni eshita bilish muhim ahamiyatga
ega. Ko`pincha psixologiyada empatiya sherikning his tuyg`ulari va uning o`zidagi
aksi sifatida namoyon bo`ladi va his-tuyg`ular paydo bo`lishining tashqi belgilari –
imo ishoralar, suhbat va harakatlar paydo bo`lishidan kelib chiqadi. Empatik insonlar
suhbatlarning ruhiy holatiga ta`sir eta olishlari mumkin. Empatiyaning insonlarda
mavjud bo`lmasligi esa insonni shavqatsiz va sovuqqon qilib qo`yadi. Buning
natijasida inson boshqalarning g`am tashvishlarga e`tibor bermaydilar. Asosan
egoistlarga ushbu xususiyat xosdir. [3]
Psixolog Karl Rodjers ta`kidlashicha, hamdardlik maslahat berishning asosiy
elementi hisoblanadi. Chunki u odamga boshqa odamning poyafzaliga kirishga
imkon beradi. Bu shuni anglatadiki, bu odamni boshqasining holatini uning nuqtai
nazari bilan emas, balki boshqasining nuqtai nazaridan to`liq anglashga majbur
qiladi. Empatiya odamga chinakamiga boshqasiga g`amxo`rlik qilishga imkon beradi
va shu xususiyati bilan u altruizmga yaqin turadi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak,
inson faoliyatida altruizmning ham empatiyaning ham va shu o`rinda egoizmning
ham ahamiyati bordir. Bu tushunchalar o`zaro bir – biriga bog`liq bo`lib, aynan bir
insonda bularning uchchalasi ham mavjud bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: