Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номли


BOLA PSIXIKASI TARAQQIYOTINING TUB MOHIYATI



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/161
Sana21.06.2022
Hajmi3,35 Mb.
#689619
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
Bog'liq
MILLIY KONFRENSIYA 202

BOLA PSIXIKASI TARAQQIYOTINING TUB MOHIYATI
 
 
N.E.Sayfiyeva,
Qarshi tumani 57 maktab psixologi
 
Har qanday millatning istiqbolini iste’dodli va bilimli avlod belgilaydi. 
Barcha ezgu niyatlarimiz markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy 
barkamol qilib o‘stirishimiz, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini ko‘rish, 
dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi. 
Yurtimizning har tomonlama rivojlanishi va amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning muvaffaqiyati aholining, ayniqsa yosh avlodni bilimi tarbiyasi
madaniyati qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq. Shu bois maktabgacha ta’lim 
yoshdagi bolalarni psixik taraqqiyotini o‘rganish orqali ularga tarbiya berishning 
muhim omillarini yaratish zamon talablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bola psixikasining taraqqiyoti haqida gapirishdan oldin taraqqiyotning tub 
mohiyatini tushunib olish lozim. Rivojlanish haqida fikr yuritilganda odatda 
“o‘sish”, “taraqqiy etish” so‘zlaridan foydalaniladi. O‘sish bilan taraqqiy etish 
aynan bir ma’noni anglatuvchi tushunchalar emas. O‘sish deganda miqdoriy 
jihatdan ortish, ulg‘ayish tushuniladi. Taraqqiyot deganda esa, faqat miqdoriy 
jihatdangina emas, balki sifat jihatidan ham o‘zgarish tushuniladi. Shuning uchun 
oddiy o‘sish jarayoniga qaraganda taraqqiyot jarayoni ancha murakkab protsessdir. 
Ana shuning uchun ham taraqqiyotning tub mohiyatidan yaxshi xabardor bo‘lish 
kerak, aks holda bu murakkab protsessni tushunish qiyin bo‘ladi. 
Ma’lumki bolalarning psixik taraqqiyotlari hamisha bir maromda 
rivojlanavermaydi. Psixik taraqqiyotning rivojlanishida ma’lum notekisliklar 
mavjuddir. Bu notekislik birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan muhitning har-xilligi 
bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning individual imkoniyatlari bilan ham 
bog‘liqdir. Bola shaxsi va uning shaxsiy psixologik xususiyatlari qandaydir 


76 
tasodifiy faktorlarning tartibsiz ta’sir etish natijasida emas, balki muayyan konkret 
faktorlarning qonuniy ta’sir etish natijasida tarkib topadi. Bola odam sifatida tashqi 
jihatidan katta yoshli odamlarga o‘xshasa ham o‘zining psixik protsesslari va 
shaxsiy psixologik xususiyatlari mazmuni jihatidan katta yoshli odamlardan keskin 
farq qiladi.
Bolalarning psixik protsesslari taraqqiyotini o‘rganar ekanmiz ular nerv 
sistemasi, oliy nerv faoliyati va jismoniy rivojlanish qonuniyatlariga dahldor 
ma’lumotlaridan foydalanmay ish ko‘ra olmaymiz. Bolalar nerv sistemasining 
normal tagaqqiyoti va jismoniy normal o‘sishi bola psixikasi rivojlanishining
muhim 
shartlaridandir. 
Tabiat 
va 
jamiyat 
tagaqqiyotining 
umumiy 
qonunuiyatlaridan xabardor bo‘lish bolalar psixologiyasida bolalar psixik 
taraqqiyotini o‘rganishda va “Tabiiy zot” bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy 
tajribasini egallab, shaxs bo‘lib yetishishini o‘rganishda to‘g‘ri yo‘l topishda 
yordam beradi. Bolalarda psixik taraqqiy etishini o‘rganish orqali bolalarda sezgi, 
idrok, xotira, tafakkur kabi jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlaymiz,
bu esa bizga bolalarni har tomonlama yetuk shaxs etib tarbiyalashning yanada 
mukammal omillarini topish imkonini beradi. 
Har bir mustaqil davlat o‘z ravnaqini qanchalik qadrlashi uning mamlakat 
kelajagi hisoblangan yosh avlod haqida qilayotgan g‘amxo‘rligi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Davlatning bo‘lajak taraqqiyoti aynan shu bolalar, yoshlar qo‘lida 
ekanligi hech kimga sir emas. Chunki har bir jamiyat va millatning tarqqiyot 
mezoni, tayanchi, kuch-qudrati, ijtimoiy hayot maqsadlarini ro‘yobga chiqaruvchi 
asosiy omili o‘sib kelayotgan yosh avloddir. Barkamol avlodning kelajagi haqida 
qayg‘urish, sog‘lom barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy 
xususiyatlarimizdir. 
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida muhim individual farqlar sezilib turadi. 
Buning asosiy sabablarini o‘rganish orqali bolalarning turli yosh davrlarida psixik 
jarayonlari va psixologik sifat xususiyatlari farqlarini aniqlashning yanada 
imkoniyatining oshishi extimol. Shunga ko‘ra katta yoshdagi odamlar, ota-onalar, 
bog‘cha tarbiyachilari shu davrda bolaga undagi o‘zgarishlarni, murakkab ichki 
kechinmalarlarning mohiyatini psixologik inqirozini inobatga olgan holda 
munosabatda bo‘lsalar, nur ustiga nur bo‘ladi. Вu davrda bolaning irodasi, irodaviy 
sifati takomillasha boshlaydi, shaxsning murakkab fazilatlari, xarakter xislatlari 
barkamollashadi. 
Bu davrda bolada “Men o‘zim” konsepsiyasining vujudga kelishi shaxsiy 
fazilatlar shakllanishiga olib keladi va xuddi paytlarda bola shaxs sifatida tarkib topa 
boshlaydi. Bolada shaxsiy harakatlar paydo bo‘lishi o‘sishning yangi davri 
boshlanganini bildiradi. Mazkur davrni inson shaxsini shakllantirishda eng 
mugakkab davr desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Bola o‘zligini anglashining tashqi 
va ichki belgilari yaqqol ko‘zga tashlanadi. “O‘zim” bilan bog‘liq ezgu niyat 
mustaqillikka intilish tuyg‘usini vujudga keltiradi, binobarin, ularning ta’siri tufayli 
unda o‘z xulq-atvori, “yurish-turishi” bilan kattalarning maqtovi va olqishini 
eshitish ishtiyoqi tug‘iladi. Shaxsning xulqini baholash keyinchalik o‘zini o‘zi 
baholash darajasiga yetadi. Bog‘chadagi bolalarning jismoniy jihatdan o‘sishlariga 


77 
qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik 
e’tibor beriladi. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning psixik taraqqiyoti haqida 
gapirilganda ko‘pincha muayyan reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga 
yo‘naltirilgan, o‘zaro mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich talimga zamin vazifasini 
o‘tovchi psixik o‘sish darajasidan tashqari, bola turmushi va faoliyatining 
tafovutlari, sharoitlari, o‘ziga xosligi uning sihat-salomatligi, usuliy jihatdan 
tayyorgarligi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgani kabi omilarni hisobga olish 
maqsadga muvofiqdir. Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan boy ma’lumotlarga 
asoslanib, maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda psixik jarayonlarning rivojlanishi 
xaqidagi ma’lumotlarni o‘rganib tahlil etish bola shaxsi rivojlanishidagi 
bilimlarimizning yanada kengayshining muhim omili hisoblanadi. 

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish