KO’P FARZANDLI OILALAR MILLATNING RAMZI
Burxanova M.B.,
O’zMU magistri
O’zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida ko’rsatgan insoniy jasoratini butun
dunyo xalqlari xali hanuz e’tirof etadilar. Urush yillarida mamlakatimiz yetimxona va
muruvvat uylariga yuborilgan hech qaysi bola bu manzilllarga yetib bormagan. Uzoq
yurtlardan bolalar kelayotganini eshitgan hamyurtlarimiz serfarzand bo’lishiga
qaramay bolalarni o’z oila a’zolari qatorida ko’rishni istadilar. Shu tufayli o’zbek
oilalari har xil millat farzandlarini xuddi o’z farzandidek quchoq ochib kutib oldilar
310
va “bolajon xalq” degan nomga sazovor bo’ldi. Haligacha chet eldan tashrif buyurgan
mehmonlar bozor va do’konlarni ziyorat qilar ekanlar bir narsani ko’p ta’kidlaydilar,
o’zbeklar bolalarga katta e’tibor berib har xil hadya va sovg’alar bilan xushnud
etishga intiladilar.
Biroq respublikamiz rasmiy statistikasiga ko’ra avvallari o’zining asosiy boyligi
farzandlar hisoblangan oilalarda hozirgi kunda 2-3 ta bola to’g’ri kelmoqda. Balki bu
butun dunyodagi globallashuv natijasida kuzatilayotgan umumiy tendentsiyadir.
Biroq bu voqelik millatimiz mentalitetining o’zgarishi – jahon madaniyatiga
assimilyatsiyasi deb hisoblash mumkin. Shuningdek, ko’p farzandli va befarzand
oilalar, ko’p farzandli va ikki va undan kam farzandli oilalarda qadriyatlar tizimi,
emotsional-irodaviy xususiyatlar, kirishimlilik va muloqotmandlik, sotsial va
emotsional intellektni tadqiq etish muhim yo’nalishlardan sanaladi.
An'anaga ko'ra, katta oilaning xususiyatlari iqtisodchilar, sotsiologlar,
demograflar tomonidan o'rganilgan (A.I. Antonov, E.F.Achildiyeva, L.I. Belskaya,
S.I.Golod, G.I. Osadchaya, A.B.Sinelnikov, I.S. Maykllar, HJ.P.Shubert,
D.S.P.Shubert, M.E. Vagner). Ko’p farzandli oilalarda eng ko'p o'rganilgan jihatlar
quyidagilardan iborat: yashash sharoiti va oilaning daromadi, milliy xususiyatlar,
oilaning ma’lumot va madaniy darajasi, oilaning tarkibi, bio-tibbiy ko'rsatkichlar va
hokazolar.
Katta oila farzandlarining psixologik xususiyatlari orasida eng ko'p o’rganilgan
voqelik bu bolalarning intellektual va hissiy rivojlanganlik (yetuklik) darajasidir
(T.N.Andreyeva, V.N.Drujinin, T.A. Dumitrashku, M.R.Koshonova, G.I. Osadchaya,
O.A. Shagrayeva, J.Aldous, R.J.Pili, HJ.P.Shubert, D.S.P.Shubert, K.W. Terhime,
M.E. Vagner). Tadqiqotchilar tomonidan ota-onalarning psixologik xususiyatlari
kamroq o'rganiladi. A.I. Antonova, E.F.Achildiyeva, V.V. Boyko, S.I.Goloda, T.A.
Gurko, G.I. Osadchaya, E.V. Foteyeva, O.A. Shagrayeva, LAjzen, J. Aldous, M.
Fishbein, J.L. Foy, LJessner, G.Y. Michaels, RJ.Pille, HJ.P.Shubert, D.S.P.Shubert,
K.W. Terhune, M.E. Wagner, E.Vayert ishlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, olimlarni
asosan ko’p farzand ko'rish sabab hamda motivlari, shuningdek, farzanddan voz
kechish, abort, bolalar sonini cheklashlar, oilani rejalashtirish, ota-ona qadriyatlari,
diniy va axloqiy dunyo qarash kabilar ko’proq qiziqtiradi. Shuningdek, katta oilalarda
ota-ona va bola munosabatlarining ustun turini (avtoritar, demokratik, liberal va
aralash) o'rganish, ota-onalarning tarbiya tamoyillari, yoshi ulug’lar bilan bolalar
o’rtasidagi shaxslararo munosabatlar, ko'p farzandli oilalardagi nikohdan qoniqqanlik
darajasi, yangi oilaga ko’nikish, moslashish bosqichlari, oiladagi hamkorlik kabilar
tadqiq etilgan.
Biz ko’p farzandli oilalarni tadqiq etishni o’zimizga maqsad qilib qo’ygan
ekanmiz, avvalo bu muammoning kam o’rganilganligi bois uning quyidagi jihatlarini
tadqiq etish bizningcha istiqbolli hisoblanadi:
-
Ko’p farzandli oilalarda hamda ikki va undan kam farzandli oilalarda bolalar
ijtimoiylashuvninng o’ziga xosligi;
-
Ko’p farzandli oilalarda tarbilanayotgan bolalarning emotsional-irodaviy
xususiyatlari;
311
-
Ko’p farzandli oilalarda Ko’p farzandli oilalarda tarbilanayotgan bolalarning
kommunikativligi;
-
Ko’p farzandli oilalarda tarbilanayotgan bolalarning emotsional va sotsial
intellekti;
-
Ko’p farzandli oilalarda tarbilanayotgan bolalarning motivatsion o’ziga xosligi;
-
Ko’p farzandli oilalarda tarbilanayotgan bolalarning qadriyatlar tizimi;
-
Ko’p farzandli oilalarda shaxslararo munosabatlarning iyerarxiyasi;
-
Ko’p farzandli oilalarda tarbilanayotgan bolalarning internallik darajasi;
-
Ko’p
farzandli
oilalarda
tarbilanayotgan
bolalarning
gender-rolli
identifikasiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |