Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номли


O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqotida quyidagi didaktik talablar



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/161
Sana21.06.2022
Hajmi3,35 Mb.
#689619
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   161
Bog'liq
MILLIY KONFRENSIYA 202

O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqotida quyidagi didaktik talablar:
1. Bayon qilinayotgan materiallarning g’oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy 
hamda nazariyani hayot bilan bog’langanligiga; 
2. Bayon qilinayotgan materialning tarbiyaviy ahamiyatini to’g’ri belgilash 
orqali o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga; 
3. O’z bayonida o’qituvchi nutqi yagona manba hisoblanib, uni ravon va 
tushunarli bo’lishi hal qiluvchi omil sifatida foydalanishga; 
4. O’qituvchi o’z nutqini bayon etayotgan mavzuda ishlatilgan tariflar, qoida 
va qonunlar kitobda bayon etilganidan farqli holda o’quvchining yozib olishi uchun 
mos bo’lishiga amal qilishi kerak. 


233 
O’quvchilarga bevosita emosional – irodaviy ta’sir ko’rsatish va shu asosda 
tegishli obru-e’tiborga ega bo’lish har bir pedagogdan o’z ustida tinmay ishlashni 
talab etadi. 
Pedagogik muloqotda quyidagi psixologik talablar qo’yilgan: 
O’qituvchi o’zining kasbiy faoliyatida ta’limning didaktik talablari bilan birga 
psixologik talablarini ham mukammal bilishi talab etiladi. Har bir o’quvchi shaxsiga 
qarab uning ichki dunyosi va xarakteriga mos ravishda muloqotda bo’lishi bilan 
birga, butun sinf jamoasi bilan taqqoslaganda avtoritar rahbarlik elementlariga 
ehtiyotkorlik bilan yondoshmog’i lozim. 
O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayonida uning rahbarlik 
munosabati ham katta ahamiyatga ega. 
O’qituvchining o’quvchilarga kommunikativ ta’siri tadqiqotlari shuni 
ko’rsatdiki: o’qituvchi rahbar sifatida o’z muloqoti bilan farq qiladi va quyidagicha 
ifodalandi: 
a) Avtoritar – o’ziga qarashli masalalarga asosiy e’tibor beradi, o’zicha ish 
tutadi, hyech kimning fikrini inobatga olmaydi va o’zicha qaror chiqarib harakat 
qiladi. 
b) Demokratik rahbarlik – avtoritar rahbarlikning aksi, atrofdagilarga quloq 
soladi, ular fikri bilan ishlaydi, hammaga bir ko’z bilan qaraydi, o’zini ular o’rniga 
qo’yib ish tutadi. 
v) Liberal rahbarlik – hyech kimning ishi bilan qiziqmaydi, har bir masalaga 
yuzaki qaraydi, jamoa faoliyatida passiv qatnashadi. 
Yuqorida bayon etilgan holatlar ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim-
tarbiya jarayoniga, pedagogik jamoa faoliyatiga, qolaversa o’quvchilarga ham o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. Masalan avtoritar rahbarlik ayrim vaqtlarda yuqori reyting 
ko’rsatgichi berishi mumkin, ammo, nohush psixologik muhitga olib keladi. 
Rahbarlikning eng qulay va samarali usuli demokratik muloqot munosabatidir. 
Chunki unda bir-biriga ishonch, o’zaro samimiylik, maqsad birligi, o’zaro tenglik va 
hurmat-izzat o’z aksini topadi. 
Avtoritar usulidagi munosabat muloqotida pas saviyali madaniyat, o’quvchilar 
xususiyatlarini inobatga olmasdan yuqori natijalarni ko’zlash, haddan tashqari 
talablar, ko’zbo’yamachilik, shaxsga sig’inish kabi illatlar namoyon bo’ladi. Eng 
yomoni bunday rahbar o’zining fuqarolik burchini esdan chiqarganida ko’rinadi. 
O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti eng avvalo uning o’quv 
materiallarini o’quvchilarga tushuntira olish qobiliyati bilan belgilanadi. Ular bilan 
muloqotda ularning ruhiy kayfiyatlari, qobiliyatlari, nimalarga qodir ekanliklari, 
umumiy muammo va tashvishlari, tilak va nimani bilish istaklari o’qituvchi uchun 
yaqqol ayon bo’lmog’i kerak. 
Tajribali, qobiliyatli o’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarning o’zlashtirish 
qobiliyatlariga qarab o’z uslublarini tanlaydi, ularning materialni o’zlashtirishlari 
uchun zamin tayyorlaydi va zerikishlari oldini oladi. 
O’qituvchining pedagogik muloqotda kattalardan farqli o’laroq bolalarning 
ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini uning vaqtinchalik ruhiy 
holatini doimiy nazorat qilib borishi alohida ahamiyatga ega. 


234 
Muloqot jarayonida o’qituvchining nutqi aniq, jonli, talaffuzi yorqin, ifodali, 
his-hayajonli bo’lishi lozim. Tajribali o’qituvchilar mavzuni bayon etish jarayonida 
o’zining shaxsiy nutqini nazorat qilib boradi. O’quvchilar o’z ustoz va 
tarbiyachilariga qat’iylik, kamtarlik, mehnatsevarlik, ishonchlilik xislatlarini aniq 
ko’radilar. 
O’qituvchining pedagogik muloqoti uning e’tiqodliligi, axloq, odobliligi, 
kasbiga va Vataniga sodiqligidir. Bolalarga mehr-muhabbat, ular uchun qayg’urish, 
ular tashvishiga sherik bo’lish pedagogik muloqotda yaqqol namoyon bo’ladi. 
O’qituvchining pedagogik etikasi va dunyoqarashi uning dars berish jarayonida 
yoki tarbiyaviy ishlarida, o’quvchilar va boshqa kishilar bilan munosabatida aniq 
seziladi. 
Shunday qilib, o’qituvchining o’quvchi bilan bo’ladigan muloqoti uning 
dunyoqarashiga va insoniylik xulq-atvoriga bog’liq. U har doim samimiy bo’lishi 
kerak. 

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish