29
o„zaro hisob-kitoblar bo„yicha mablag„lar -
moliya yili mobaynida
byudjetlar parametrlari o‗zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‗rtasida
yuzaga keladigan o‗zaro pul munosabatlari.
Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet
subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog‗liq:
hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‗z daromad
bazalarining mustahkamligiga;
hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va
boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko‗lamiga;
hududlar bo‗yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;
hududlardagi aholi soniga;
ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‗ oluvchi
tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo‗lgan ehtiyojiga;
hududlar o‗rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun
hisobga olinadigan boshqa omillarga.
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‗lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega.
Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‗ra, balanslashgan
daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‗lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning
haqiqatdagi taqchilligiga yo‗l qo‗yilmasligi lozim.
Bundan tashqari, Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi
cheklovlar o‗rnatilgan, ya‘ni Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga
yo‗l qo‗yilmaydi:
mablag‗lar jalb qilishni amalga oshirish, bundan yuqori turuvchi
byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno;
tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‗lardan ortiq xarajatlarni amalga
oshirish;
tegishli byudjetlar mablag‗lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy
shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish;
yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish.
Shunday qilib, ―Byudjetlararo munosabatlar - byudjet mexanizmining
muhim ajralmas elementi bo‗lib, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari
subyektlari o‗rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni
taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan tashqari,
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida
huquq va majburiyatlarni o‗zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat
byudjetida jamlangan pul mablag‗larining bir qismini ushbu subyektlar o‗rtasida
qayta taqsimlanishini o‗z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi‖
1
.
1
А.Вахобов, Х.Жамолов. Согласование межбюджетных отношений. «Молия». Т.; 2002г.