1
Fuqarolar uchun byudjet. O‘zbekiston Respublikasi Molia vazirligi, BMTTD. T.: 2018. B. 37, 39.
197
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‗lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabda (maktab-internatda);
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda;
inklyuziv (uyg‗unlashgan) sharoitda yashash joylaridagi umumiy o‗rta ta‘lim
maktablarida;
uyda yakka tartibda;
davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda.
O‗quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‗rnini bosuvchi shaxslarning
ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta‘lim-tarbiyasiga ko‗maklashish maqsadida
umumta‘lim muassasalarida kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Ularning faoliyat ko‗rsatish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi
tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Umumta‘lim muassasasida sinflarning to‗liqlilik me‘yori bir sinfda 35 nafar
o‗quvchi hisobida belgilangan.
Namunaviy loyihalar bo‗yicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda
joylashgan, o‗quvchilar soni yetarli bo‗lmagan umumta‘lim muassasalarida, olis
(tog‗li, cho‗lli) aholi punktlarida joylashgan umumta‘lim muassasalarida,
shuningdek o‗zbek tilida o‗qitilmaydigan umumta‘lim muassasalarida, ya‘ni kam
komplektli umumta‘lim muassasalarida (filiallarda) boshlang‗ich sinf o‗quvchilari
quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:
o‗quvchilar soni 8 nafargacha bo‗lgan I-IV sinflar;
o‗quvchilar soni 12 nafargacha bo‗lgan uchta boshlang‗ich sinf;
o‗quvchilar soni 24 nafargacha bo‗lgan ikkita boshlang‗ich sinf (I va III, II
va IV sinflar).
Malakali o‗qituvchilar yetarli bo‗lgan hollarda sinfdagi o‗quvchilarni ikki
guruhga bo‗lib o‗qitishga ruxsat etiladi: o‗quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod
bo‗lgan umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarining I-IX sinflarida ―Chet tili‖ fani,
ayrim fanlar chuqur o‗rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‗rta ta‘lim
muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, V-IX sinflarda
―Informatika‖ va ―Mehnat ta‘limi‖, VIII-IX sinflarda
―Jismoniy tarbiya‖, ta‘lim tili o‗zbek tili bo‗lmagan
umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarining II-IX sinflarida
―O‗zbek tili‖ fani hamda ta‘lim tili rus tili bo‗lmagan
umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarining II-IX sinflarida
―Rus tili‖ fani.
Bugungi kunga kelib ilg‗or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy
o‗rta, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar doirasida, shuningdek, 2017-
2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor vazifalarini amalga oshirish
maqsadida 2018-2019-o‗quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‗rta va o‗rta
maxsus ta‘lim umumta‘lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan
maktablarda, ixtisoslashtirilgan san‘at va madaniyat maktab-internatlarida,
198
ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik
litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |