Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


MTMB = (T / K) * XBN 1+ T * XBN 2 * Kis + Bo



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

MTMB = (T / K) * XBN 1+ T * XBN 2 * Kis + Bo
(15.1.) 
Bunda:
MTMB – MTM byudjeti;
T – tarbiyalanuvchilar soni;
K – guruhdagi bolalarning to‗liqlilik koeffitsienti; 
XBN 1 – bir nafar tarbiyalanuvchi uchun xarajatlarning bazaviy normativi;
XBN 2 – MTMning boshqa (IV guruh) xarajatlari bo‗yicha bir nafar 
tarbiyalanuvchi uchun xarajatlarning bazaviy normativi; 
Kis – markaziy isitish tizimi yoki gaz bilan isitiladigan MTM uchun isitish 
koeffitsienti;
Bo – MTMning oziq-ovqat byudjeti,
Formuladagi bog‗cha guruhlaridagi bolalarning to‗liqlilik koeffitsienti 
guruhlarning to‗liqlilik me‘yorlari asosida aniqlanadi. Gap shundaki, davlat 
maktabgacha ta‘lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me‘yori kamida 
20 nafar bo‗lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‗lmasligi lozim.
2
Shunga ko‗ra, 
guruhdagi bolalarning to‗liqlilik koeffitsienti quyidagi formula asosida aniqlanadi: 
K = T / G * 20
(15.2.) 
Bunda: 
G – guruhlar soni;
20 – har bir guruhining to‗liqlilik (bola soni) me‘yori. 

1
―Bir nafar tarbiyalanuvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda davlat maktabgacha 
ta‘lim muassasalarining byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‗risidagi Nizom‖ asosida 
soddalashtirilib keltirilgan. 
2
 
Davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi to‘g‗risida Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga 1-ilova) 5-bob, 32-band asosida.
 


194 
15.1-formuladagi Bo – MTMning oziq-ovqat byudjeti umumiy tarzda 
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bo = XBNo * (To + 0,29 * Tb)
(15.3.) 
Bunda: 
XBNo – bir nafar tarbiyalanuvchi uchun oziq-ovqat xarajatlarining bazaviy 
normativi; 
To – ota-onalar to‗lovidan ozod qilingan bolalar soni; 
Tb - bir oiladan ikki va undan ortiq bola qatnaydigan bolalar soni.
Yuqoridagi formula Toshkent shahrida, viloyatlar markazlarida va viloyatga 
bo‗ysunuvchi shaharlarda hamda tumanlar markazlari va boshqa joylarda 
joylashgan MTM uchun alohida-alohida (bolalarning ovqatlanishi uchun ota-
onalarning to‗lovlari summalaridagi farqlarni inobatga olgan holda) ishlab 
chiqiladi. Lekin, muhimi, formulaning asosini, yuqorida ta‘kidlanganidek, 
tarbiyalanuvchilar soni, oziq-ovqat xarajatlari me‘yori va tuzatuvchi koeffitsientlar 
tashkil qiladi.
Xarajatlarning bazaviy me‘yorlari va tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llagan 
holda aniqlangan MTMning byudjeti rejalashtirilayotgan yilda xarajatlar smetasi 
bo‗yicha unga ajratiladigan mablag‗larning umumiy hajmini belgilab beradi. 
Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va pedagog xodimlarning tarifikatsiya ro‗yxatini 
tuzish MTMning rahbari va bosh hisobchisi (hisobchisi) tomonidan O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son bo‗yrug‗i bilan 
tasdiqlangan ―Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilarning xarajatlar 
smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi 
to‗g‗risida‖gi Nizomga (ro‗yxat raqami № 2634, 2014-yil 15-dekabr) qat‘iy rioya 
etgan holda, xarajatlar bazaviy normativlari asosida hisoblangan mablag‗lar 
doirasida amalga oshiriladi. Bunda, mablag‗larni taqsimlashda quyidagi ketma-
ketlikka qat‘iy amal qilinadi:

ish haqi va yagona ijtimoiy to‗lov;

oziq-ovqat xarajatlari;

kommunal xarajatlar;

boshqa joriy xarajatlar;

muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‗yicha tadbirlar. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish