tuproqlarning h’osildorligini oshirishi, erlarning h’olatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shah’ar ko’rishi, atrof -
muh’itning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, yaroqsiz
h’olga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq
65
Er sharida tuproq qatlami tabiatning boshqa komponentlari kabi ekvatordan shimolga va janubga tomon zonal o’zgarib
boadi, tog’lik erlarda esa balandlik mintaqalari h’osil qiladi. Joyning geologik tuzilishi, iqlimi, o’simliklari va boshqa tabiat
komponentlari ta’sirida h’ar bir tabiat zonalarining tuproqlari turlichadir. Er shari quruqlik yuzasi umumiy maydonning 31 foizga
yaqini tuproqlari uncha rivojlanmagan joylarga to’g’ri keladi ( 15 foizini muz va tundra zonalari, 1,2 foizini tog’lar, 0,7 foizini
quruqlikdagi suvlar ishg’ol qiladi). Qolgan 60 foizi esa tuprog’i yaxshi rivojlangan o’rmon, o’rmonli dasht, chala cho’l, cho’l,
savannlar, subtropik, tropik zonalar va daryo vodiylardagi allyuvial tuproqli erlardir.
Ammo h’ar tabiat zonasida tuproq qoplamining xarakteri va qishloq xo’jaligida foydalanishi tabiiy faktorlar ta’sirida
turlicha bo’ladi.
Mo’’tadil mintaqada joylashgan keng barglik va aralash o’rmonlar (sur tusli o’rmon tuproqlari), o’rmonli dasht va dasht
(qoramtir va qora tuproqlar) zonalar xozircha ko’proq o’zlashtirilgan. Bu tuproq zonalarida butun er maydonning 26 – 35 % ini
ekinlar va o’simliklar eqilgan joylar egallaydi. Dexqonchiliqda foydalanish darajasi jixatidan qizil tuproqli subtropik zona (13 %)-
ikkinchi o’rinni; kashtan h’amda qo’ng’ir tuproqli cho’llar zonasi (7 %) esa uchinchi o’rinni; issiq mintaqada joylashgan bo’z
tuproqli cho’l zonasi (2 %) va qizil qo’ng’ir tuproqli savanna (2 %)- to’rtinchi o’rinni egallaydi. Tabiiy sharoitni noqulayligi tufayli
tundra zonasidagi dexqonchiliqda foydalaniladigan (qisman ekiladigan rezavor ekinlarni h’isobga olinmaganda) erlar yo’q.
MDH da mavjud tuproq zonalari ichida dexqonchiliqda eng ko’p foydalanilayotgan erlar qora tuproqli dashtlar (63%),
bargli o’rmonlar zonasining sur tusli o’rmon tuproqlari (44%), subtropik zonasining qizil tuproqlari (80 %), cho’l zonasining bo’z
va madaniy bo’z tuproqlari (24%) va chala cho’l zonasining kashtan tuproqlari (12 %) ni tashkil etadi.
Agar quruqlik yuzasida er fondining strukturasi : dunyo bo’yicha 13393 mln.ga (100 % ) bo’lsa, shundan 4041 mln. ga
(30,1%) o’rmonlar bilan qoplangan erlar, 2987 mln. ga (22,3 %) o’tloq va yaylovlar, 14,7 mln. ga (10,8 %) h’aydaladigan va ekin
ekiladigan erlar, qolgan 4908 mln. ga (36,8 %) qumli cho’llar, muzlik va qorliklar, qishloq va shah’arlar, sanoat ob’ektlari ishg’ol
qilingan erlarga to’g’ri keladi.
So’ngi yillarda planetamiz tuproq qoplami tabiiy h’olatining o’zgarishiga qishloq xo’jalik ishlari bilan bog’liq bo’lgan
tadbirlar ta’sir etmoqda. Chunonchi, o’rmonli erlarda daraxtlarni kesib, xaydab ekin ekish; almashlab ekish; erlarni xaydab
kultivatsiya qilish; tuproqqa ko’plab organik moddalar va mineral o’g’itlar solish; tuproqni sug’orish va sho’rini yuvish; zax va
botqoq erlarni quritib o’zlashtirish; erlarni planirovka qilish va tekislash; ko’plab mevali va dekorativ daraxtlar o’tkazish va
boshqalar. Qayd qilingan bu ishlarning ta’siri sug’orib ekin ekiladigan erlarda ayniqsa kuchli bo’lib, bir tamondan, tuproqning
tabiiy h’olati tez o’zgarsa, ikkinchi tomondan, uning unumdorligi ortib boradi va tuproqning h’olati yaxshilanadi.
Tabiiy omillardan tashqari, tuproq paydo bo’lishida inson faoliyatining ta’siri h’am katta ah’amiyatga ega. Chunki inson
tamonidan qilinadigan ishlar tuproq paydo bo’lish jarayonini tezlashtiradi va uning sifatini o’zgartiradi. Masalan, erni xaydash,
o’g’itlash, sug’orish, botqoqlarni quritish va boshqalar natijasida tuproq anchagina o’zgaradi.
İnson ixota daraxtzorlari barpo qilish
orqali ma’lum zona iqlimini, shuningdek bu zonadagi boshqa tabiiy sharoitlarni keskin o’zgartiradi. Bu dexqonchilik tadbirlari
ongli va agronomiya fanining ko’rsatmalariga muvofiq olib borilgan taqdirda tuproqning unumdorligi oshadi.
Bizda uzoq vaqtlar davomida qaxrab yotgan dasht va cho’llarga suv chiqarish uchun kanallar va yirik inshoatlar qurilmoqda,
botqoqliklarni quritish uchun zovurlar qazilmoqda, sho’rxok erlarning sho’ri yuvilmoqda va qurg’oqchiliq zonalarida ixota
daraxtzorlari barpo qilinmoqda. Bu tadbirlarning h’ammasi erlarni o’zlashtirish, tuproqning sifatini yaxshilash va unumdorligini
oshirishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: