Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Tuproqlarning  tabiat  va  jamiyatdagi  roli



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/70
Sana17.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#68512
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
leksiy ekalogiya

Tuproqlarning  tabiat  va  jamiyatdagi  roli.  Tuproq  organizmlar  uchun  h’ayot  muh’iti,  ozuqa  manbai  h’isoblanadi. 

Moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma h’arakatida muh’im rol o’ynaydi.  Tuproq qattiq,  suyuq va gazsimon 

komponentlardan  iborat  bo’lib,  iqlim,  tog’  jinslari,  o’simliklar  va  h’ayvonlar,  mikroorganizmlarning  o’zaro  murakkab  ta’siri 

natijasida h’osil bo’ladi. 

Dexqonchiliqning  yuzaga  kelishi  bilan  tuproqning  kishilar  h’ayotidagi  ah’amiyati  keskin  oshib  borgan. 

İnson  o’zi  uchun 

zarur bo’lgan barcha oziq mah’sulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Er yuzining h’ozirgi 

mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o’zgargan. 

İnsoniyat  tarixi  davomida  2  milliard  gektar  dan  ortiq  unumdor  tuproqli  erlar  yaroqsiz  h’olga  keltirilgan.  Har  yili 

sayyoramizdagi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli erlar maydoni sho’r bosishi, cho’llashish, emirilish natijasida 5 - 7  mln. gektarga 

kamaymoqda.  Tuproqlarga  inson  ta’sirining  kuchayishi  sug’oriladigan  dexqonchilik  va  chorvachiliqning  rivojlanishi  bilan 



 

64 


bog’liqdir.  Tuproq  tugaydigan  va  tiklanadigan  resurslarga  kiradi.  Er  yuzida  deh’konchiliq  maqsadlarida  ishlatiladigan  erlar 

mavjud erlar xududining 10 % ni tashkil qiladi va dunyo ah’olisi jon boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi. 

Keyingi vaqtda olib borilgan tekshirishlar natijasida tuproqning tabiatda tutgan o’rni juda katta ekanligi aniqlandi. Litosfera, 

gidrosfera va atmosferada kechayotgan juda ko’p jarayonlar tuproq bilan bevosita bog’liq h’olda amalga oshadi. Litosferada xilma-

xil minerallar, cho’kindilar h’osil bo’lishi va nixoyat, energiyaning litosfera qatlamlarida qaytadan taqsimlanishi h’am tuproq paydo 

bo’lishi jarayoni bilan bog’liq. 

Tuproq er po’stining eng ustki unumdor qismi bo’lib, litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada uzoq vaqt davomida  bir-

biri  bilan  bog’liq  h’olda  sodir  bo’lgan  kimyoviy,  fizikaviy  va  biologik  jarayonlar  natijasida  vujudga  kelgan.  Tuproq 

unumdorligining vujudga kelishida tirik mavjudotning, ayniqsa eng sodda organizmlarning  roli kattadir. Chunki, bu organizmlar 

h’ayot  faoliyati  va  xalok  bo’lishi  natijasida  tuproqni  ma’lum  miqdorda  organik  moddalar  bilan  boyitadi.  Mikroorganizmlarning 

xalok  bo’lishi  tufayli  vujudga  kelgan  organik  moddalarning  parchalanishidan  o’simliklarning  o’sishi  va  oziqlanishi  uchun  zarur 

bo’lgan mineral mah’sulotlar vujudga keladi. Tuproqning unumdor ustki qismidagi organik moddalarning ba’zilari, bir tomondan, 

suv  ta’sirida  erib  sizot  suvlar  sath’igacha  yuvilib  tushsa,  ikkinchi  tomondan,  o’simlik  ildizlari  orqali  o’sha  tuproqning  chuqur 

qismida  o’sish  uchun  zarur  bo’lgan  birikmalarni  biriktirib  beradi. Natijada  o’simlik  tuproqdan  olgan  mineral  moddalar  o’simlik 

xalok bo’lgandan so’ng tuproqning ustki qatlamida  qoladi. O’simliklarning ildizlari va er ustidagi organlari  tuproq ustida va uning 

yuqori qatlamlarida  bakteriya va zamburug’lar  ta’sirida parchalanadi. Tuproqdagi o’sha organik qoldiqlarning parchalanishi bilan 

bilan bir qatorda, parchalanishdan paydo bo’lgan mah’sulotlar bir-birlari bilan qo’shilib, kimyoviy birikmalar h’osil qiladi. Natijada 

yangi, murakkab organik moddalar vujudga keladi. Shunday qilib, tuproq tarkibida o’simlik va h’ayvon qoldiqlarining chirishidan 

paydo bo’lgan mah’sulotlardan h’amda bu mah’sulotlarning sintezi (qo’shilishi) dan chirindi deb atalgan qoramtir organik modda  

vujudga kelgan. 

Yuqorida aytilgan protsesslardan ko’rinib turibdiki, moddalarning aylanma h’arakatida tuproq h’am ishtirok etadi. Uni  V.R. 

Vilyams biologik (kichik) aylanma h’arakat deb atalgan. Bu aylanma protsesslar tufayli tuproqning unumdorlik xususiyati doimo 

saqlanib  turadi.  Dexqonchilik  madaniyatining  o’sishi  natijasida  tuproq  bilan  ekinlar  orasida  sodir  bo’ladigan  biologik  aylanma 

h’arakat tufayli yangi oziq moddalar vujudga keladi. Bu soxada organik va mineral o’g’itlarning roli juda kattadir. 

Tuproq tabiatning boshqa  elementlari bilan doimo aloqada bo’lib, moddalarning umumiy aylanma  h’arakatida muh’im rol 

o’ynaydi. Tuproq eng avvalo o’simlik, h’ayvonlar va mikroblar bilan birga  murakkab ekologik sistemani (biogeotsenoz) vujudga 

keltiradi va planatemiz biosferasida h’ayotning yashashini ta’minlashdek muh’im vazifasini bajaradi. 

Tuproqning  biologik  yoki  kichik  aylanma  h’arakatidan  tashqari  uning  katta  yoki  geologik  aylanma  h’arakati  h’am  bor. 

Bunda oqar suv va yog’in suvlarining ishi tufayli tuproqdagi oziq elementlar eritilib, yuvilib ketadi va okean, dengiz ko’llar tubiga 

cho’kindi  jins  sifatida  yotqiziladi.  So’ngra  tektonik  jarayonlar  h’amda  dengiz  regressiyasi  natijasida  o’sha  joylar  quruqlikka  

aylanadi va o’simliklar o’sib, tuproqning unumdor qismi  vujudga keladi. Lekin bu jarayon uzoq vaqt davomida, geologik davrlarda  

sodir bo’ladi. 

Litosfera  va  atmosfera  o’rtasida  moddalarning  almashinishi  h’am  tuproq  ta’sirida  sodir  bo’ladi.  Shamol  natijasida  tuproq 

ustidan  ko’tarilgan  chang  to’zonlar  atmosferaga  etib,  h’avoning  tiniqligiga  putur  etkazadi,  er  yuzasiga  kelayotgan  yorug’lik 

energisi ta’sirini susaytiradi, yog’inlarning vujudga kelishiga ta’sir etkazadi. Atmosferadan tuproq ustiga h’ar xil zarrachalar tushib, 

tuproq, o’simlik va h’ayvonot olamiga turlicha ta’sir etadi. Yog’in suvlari va shamol ta’sirida tuproq mikrorelefi o’zgaradi. 

Litosferaning  unumdor  qatlami  h’isoblangan  tuproq  bilan  gidrosfera,  biosfera  h’amda  atmosfera  orasida  uzviy  aloqa 

mavjud  bo’lib, ular  orasida doimo  moddalar almashinib turadi. 

Tuproq  kishilar  h’ayoti  uchun  ayniqsa  muh’imdir. 

İnson o’zi yashashi uchun zarur bo’lgan ozuqa resurslarini tuproqdan 

oladi.  Chunki,  tuproq  ekinlarning  asosiy  manbaidir.  Okean  va  dengiz  resurslarini  h’isobga  olmaganda,  inson  o’z  h’ayoti  uchun 

kerak  bo’lgan  h’amma  narsani  tuproqdan  oladi.  Xozir  Er  shari  quruqlik  yuzasining  10,8 % i  xaydab  ekin  ekiladigan  erlardir. 

Antarktida  maydoni  h’isobga  olinmasa,  ekin  ekiladigan  erlar  dunyo  quruqlik  yuzasining  11,5  foizini  ishg’ol  qiladi.  Masalan, 

Janubiy Amerika materigi umumiy er maydoning atiga 5 foizidagina xozirda qishloq xo’jaligida foydalanilmoqda.  

Er  sharidagi  ekinzorlar  umumiy  maydonning  faqat  14 % i  sug’oriladigan  erlardir.  Ana  shu  sug’oriladigan  erlardan 

olinadigan h’osil xozir dunyo ah’olisining 50 foizini  oziq-ovqat bilan ta’minlamoqda. 

Xaqiqatdan  h’am  tuproq  paydo  bo’lish  jarayonida  h’ar  xil  kimyoviy  va  biologik  aktiv  moddalar-  murakkab  chirindi 

kislotalari,  oddiy  organik  kislotalar,  biogen  ishqorlar  va  shunga  o’xshash  xilma-xil  nurash  elementlari  h’osil  bo’ladi.  Bular  fizik 

nurash  elementlari  va  mikroorganizmlar  bilan  bir  qatorda  tog’  jinslariga  juda  kuchli  ta’sir  etib,  turli  gil,  qum  va  shag’allardan 

tashkil  topgan.  Er  sharining  nurash  qobig’ini  h’osil  qiladi.  Nixoyat  tuproq  g’ovak  bo’lganligi  uchun  yog’in-sochin  suvlarini 

shimish, saqlash va ostki qatlamlarga o’tkazish xususiyatiga ega.  

Tuproqning  chuqur  qatlamlariga  suvning  shimilib  borishi  bilan  u  erda  h’am  suvda  eruvchi  xilma-xil  kimyoviy  birikmalar 

paydo  bo’lishiga  sharoit  tug’iladi.  Bu  erning  chuqur  qatlamlarida  paydo  bo’lgan  yangi  birikmalar  tabiatdagi  turli  jarayonlarda 

ishtirok etib, yana yangi minerallar h’osil qiladi. Agar suvni shimib, uni ostki qatlamlarigacha etkazib bera olish xususiyatiga ega 

bo’lgan g’ovak tuproq qavati bo’lmaganda edi, yog’in-sochin suvlari er yuzasi orqali oqib ketgan bo’lar edi. 

Tuproqga to’g’ri munosabatda bo’linsa, u doimo yaxshilanib boradi. Buning uchun tuproqni ishlashda ilg’or agrotexnikaga 

rioya qilish, erni doimo o’g’itlab turish, tuproqda iloji boricha  ko’proq nam saqlash, almashlab ekishni joriy qilish zarur. Agar bu 

tadbirlar  amalga  oshirilmasa,  tuproqda  oziq  moddalar  kamayib  ketadi,  strukturasi  o’zgaradi  va  oqibatda  eroziyaga  tez  uchraydi, 

ya’ni  tuproq  qashshoqlashib  boradi. Natijada, unumdor  erlar  kam  unum  bo’lib  qoladi  va  kishilik  jamiyati  uchun  salbiy  oqibatlar 

kelib  chiqadi,  kelajak  avlodga  tabiiy  h’olati  o’zgarib,  yomonlashgan,  kam  unum  erlargina  meros  bo’lib  qoladi.  Shuning  uchun 

sayyoramizdagi h’ar bir kishining muqaddas burchi, kelajak avlodga  erlarimizni yaxshi saqlangan h’olda qoldirishdan iboratdir.                


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish