degan h’ikmatli so’z yuradi. Sobiq tuzum davrida, ekinekiladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida, cho’llarni o’zlashtirishga
tushdilar. Holbuki, o’zlashtirilgan cho’l tuproqlarining oddiy lalmiqor tuproqlarga nisbatan suvga bo’lgan eh’tiyoji bir necha barobar
katta. Bu muammo h’am h’amirdan qil sug’urgandek osongina h’al etildi, ya’ni Amudaryo va Sirdaryoning Orolga boradigan
yo’nalishini o’zlashtirilayotgan cho’l zonasiga burdilar. Suvdan ayovsiz, vah’shiylarcha foydalanish natijasida Orol dengiziga
qo’yiladigan suvning miqdori kamaydi. Ha, ba’zilar o’ylagan maqsadiga erishdi, ya’ni mah’suldorlikni oshirish uchun erlar
kengaytirildi. Ammo bizga undan ikki barobar qimmatga tushgani - Orol dengizining batamom qurib qolish xavfi tug’ildi.
İ.A.Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo’lib o’tgan ming yillik sammiti 55-sessiyasida Orol
muammosini yana ilgari surdi va bunda Orolning muammoga aylangani e’tirof etildi.
Aslida Orol dengizi muammosi uzoq o’tmishga borib taqaldi. Lekin bu muammo so’nggi o’n yilliklarda xavfli darajada ortdi.
Markaziy Osiyoning butun h’ududi bo’ylab sug’orish tizimlarini jadal sur’atda qurish ko’plab ah’oli punktlariga va sanoat
korxonalariga suv berish barobarida keng ko’lamdagi fojia - Orol h’alok bo’lishini anglandi.
1991-1962 yillarda Orol dengizining sath’i eng yuqori nuqtada bo’lib, 53,4 metrni, suvning h’ajmi 1064 kub kilometrni,
suvning yuzasi 66 ming kvadrat kilometrni va minerallashuv darajasi bir metr suvda 10-11 grammni tashkil etgan edi.
Dengiz transporti, baliq xo’jaligi, iqlim sharoiti jih’atidan katta ah’amiyatga ega bo’lgan. Unga Sirdaryo va Amudaryodan
1994 yilga kelib, Orol dengizidagi suvning sath’i-32,5 metrga, suv h’ajmi-400 kubkilometrdan kamroqqa, suv yuzasining
maydoni esa 32,5 ming kvadrat kilometrga tushib qoldi, suvning minerallashuvi ikki barobar ortdi.
63
1997 yil fevralda Markaziy Osiyodagi besh davlat boshliqlarning BMT, Jah’on banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari
ishtirokida Almatida bo’lib o’tgan uchrashuvida Orol muammosini h’al etish bo’yicha tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish
to’g’risida qaror qabul qilindi - Orolni qo’tqarish xalqaro fondining ancha ishchan tarkibi va uning negizida h’arakatchan
İjroya
qumitasi tuzildi.
Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini anzarda tutgan h’olda jah’on jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik
muammolariga qaratish lozim.
Orol muammosini h’al etish bo’yicha juda ko’p fikr mo’loh’azalar aytiladi, tadbirlar belgilanadi. Biroq samarali natijalar
bo’lmadi. Xullas, avval bizga juda foyda bergan dengiz, endi bizdan madad ko’tmoqda.
Orol va Orolbuyidagi ekologik axvolning keskinlashuvi jah’on jamoatchiligini tashvishga solmoqda, Yaqin o’tmishda
dunyodagi eng yirik ko’llardan h’isoblangan Orol dengizi teelik bilai qurib bormoqda. Oxirgi 30 yil ichida dengiz sath’i 16 metrga
pasaygan va suv h’ajmi 1062 ming km
3
.dan 268 km
3
ga tushib kolxan. Orol dengizining ko’rishiga asosiy sabab Amudaryo va
Sirdaryo suvlarining keskin kamayib ketishidir. Sug’oriladigan erlarg maydonining ortib borishi Orol dengizining takdirini h’al qilib
kuydi. Orol dengizining ko’rishi Orolbo’yi mintaqasidagi sotsial - ekologik vaziyatning og’irlashishiga olib keldi.
Har yili Orolning qurigan tubidan millionlab tonna tuz va chang ko’tarilib, juda katta xududda h’avo, tuproqlarning
ifloslanishiga olib kelmoqda. Ah’oli o’rtasida kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari yuqori darajaga etgan. Orol dengizining asl h’oliga
qaytarish muammosi munozarali h’isoblanadi. Z.M.Akramov va A.A.Rafikovlarning fikricha mavjud suv resurslari asosida dengizni
asl h’oliga qaytarish aslo mumkin emas. Chunki mintaqada dengizni tiklash uchun ortiqcha suv mavjud emas. Orol muammosini
h’al qilish uchun turli loyih’alar, mutaxassislarning fikrlari mavjud. Masalan: Sibir daryolarining suvini keltirish, Kaspiy dengizidan
suv olish kabi loyih’alar. Albatta qaysi ilmiy farazningto’g’riligini vaqt ko’rsatadi.
Yaqin kelajakdagi asosiy va real vazifa Orol dengizining sath’ini 30 - 33 metr balandlikda saqlab qolishdir. Buning uchun
dengiega h’ar yili kamida 20 km~' suv etib borishini ta’minlash zarurdir. Orol va Orolbo’yi muammolarini h’al qilishda Markaziy
Osiyo mamlakatlari h’amqorlikda ish olib bormoqda. AQSh, Yaponiya, GFR, Frantsiya va boshqa rivojlangan davlatlar, BMT,
Jah’on banki va boshqa turli davlat va nodavlat xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy h’al qilishgao’z h’issalarini
qo’shmoqdalar.
Shunday qilib, kishilik jamiyatida suvning o’rnini bosadigan boshqa h’ech qanaqa resurs yo’qdir. Bu esa suvning bebah’o
ekanligidan darak beradi.
Kelgusida toza suv tanqisligi sezilsa, insoniyat bir qancha qo’shimcha choralar ko’rishga majbur bo’ladi. Bunday choralar
qatoriga muzlik suvlaridan foydalanish, dengiz va okean suvlarini chuchuklashtirib foydalanish va nih’oyat yomg’ir suvlaridan
foydalanish kabi vazifalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: