Radioaktiv chiqindilari bilan tuproqning ifloslanishi. Er yuzasida radioaktiv ifloslanish ifloslanish uning h’amma
qismida bir xil emas. Bunga h’avo tsirkulyatsiyasi, o’simliklar qoplami va bir joyda yadro qurollining ko’plab portlatilishi
sababchidir. Er shari mintaqalari ichida ekvatorial mintaqada radioaktiv ifloslanish kamroq. Chunki bu joylarda h’avo oqimining
yuqori ko’tarilishi natijasida troposferadagi radioaktiv moddalar ekvatorial mintaqa territoriyasiga kamroq tushadi. O’rtacha
kengliklarda h’avo yog’inlar bilan yuvilib, radioaktiv moddalar er yuzasiga ko’proq tushadi. Shunday qilib, Er sharida radioaktiv
ifloslanish h’avodan o’rtacha kengliklarga ko’proq, ekvator, shimoliy va janubiy qutb doiralari ichiga kamroq tushadi. Bunga
asosiy sabab shimoliy yarimsharda yadro qurollarining sinalishidir.
Er sharida radioaktiv moddalarning ko’p qismi okean va dengiz suvlarida to’planib qolgan. Bunga asosiy sabab h’avodan
tushgan va daryo suvlaridan kelgan radioaktiv moddalarning yig’ilib qolishidir. Natijada, xozir okeanlar suvida radioaktiv
moddalarning miqdori tabiiy darajasidan 10 % oshib ketgan. Radioaktiv moddalar ayniqsa okean suvlarining organik dunyosiga
boy bo’lgan eng ustki, 200-300 m chuqurlikacha bo’lgan qavatida ko’p to’plangan.
Tuproqning radioaktiv ifloslanishida atom elektrostantsiyalarining shikastlanishi, ulardan chiqayotgan chiqindilar, suvlar
h’am sababchidir. Chunki xozir dunyo bo’yicha atom elektrostantsiyalari juda ko’p bo’lib, h’ar yili to’lardan o’rtacha 40-45 tasida
faloqat yuz berib turadi, bundan 30-37 tasi AQSh zimmasiga to’g’ri keladi. Shu sababli materiklar ichida Shimoliy Amerika
materigi radioaktiv moddalar bilan ko’proq ifloslangan.
Er yuzasida radioaktiv izotoplarning to’planishi ko’proq ozuqa moddalari kam bo’lgan landshaft zonalarida sodir bo’ladi.
Shu sababli ozuqa moddalari kam bo’lgan Tundradagi mox, lishaynikda va alp o’tloqlarda radioaktiv izotoplar to’planib qolib
(akkumlyatsiyalanib), undan h’ayvonlarga o’tadi.
Atmosfera va tuproqning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi biosferadagi h’ayot uchun jiddiy xavf vujudga
keltirmoqda. Chunki o’z xususiyatini uzoq vaqt o’zgartmaydigan radioaktiv moddalar tirik organizm to’qimalarida to’planib,
ularga salbiy ta’sir etmoqda. Radioaktiv moddalar inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
İnson organizmiga radioaktiv
moddalar h’avodan, suvdan, ozuqa moddalardan o’tib, ular organizmda neytrallashmasdan to’plana boradi. Natijada inson
organizmi zaiflashib, rak, leykomiya (qon buzilish) kabi kassaliklar kelib chiqadi.
Qazib olinayotgan fosforitlarda h’am tabiiy radionuklidlar bo’lishi kuzatiladi. Unga katta bo’lmagan miqdorda U-238, Th-
232, Ra-226 va K-40.
Bu rudalarni qayta ishlanishidan, dalalarga fosforit solinishini va o’simlikka o’tishini nazarda tutganda fosforitlar h’am
atrof muh’itni ifloslantiruvchi potentsial manbalardan h’isoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |