Antropik omillarni o’z navbatida to’rt turga bo’lish mumkin:
1. Ozuqa va boshqa extiyojlarini qondirish uchun (ovlash, baliqchiliq, o’rmonlarni kesish, o’tlarni o’rish va x.) tirik
organizmlardan foydalanish,
2. O’simliklarni ko’paytirish (madaniylashtirish) va h’ayvonlarni qo’lga o’rgatish.
3. Akklimatizatsiya va introduktsiya, ya’ni organizmlarning tabiiy arealidan boshqa joylarga ko’chirib olib borish va
moslashtirish.
4. Yangi madaniy o’simlik navlari va h’ayvon zotlarini yaratish.
İnsonning tirik organizmlarga salbiy ta’siri natijasida er yuzida ko’plab o’simlik va h’ayvon turlari yo’qolib ketdi.
Ovchilik bilan shug’ullanish dastlab ozuqaga bo’lgan talabni qondirish maqsadida olib borilgan bo’lsa, keyinchalik kiyim-kechak
va h’ar xil materiallar olish uchun avj olib ketdi. Bu o’z navbatida ko’pchilik h’ayvonlarni yo’q qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri
26 yil davomida butunlay qirilib ketgan.
İnson tamonidan o’simlik va h’ayvonlarning yashash sharoitlari o’zgartirildi. Natijada
muayyan joyda yashayotgan o’simlik va h’ayvonlar jamoalari yo’q bo’lib yoki ularning sharoiti keskin o’zgarib ketdi, tog’
o’rmonlarida daraxtlarni kesib tashlash, shubh’asiz ularning soyasida yashayotgan soyasevar o’simliklarni yashash imkonidan
mah’rum qildi. Bundan tashqari h’ayoti daraxtlar bilan bog’langan (oziqlanuvchi, uya quruvchi) qushlarning yo’qolishiga h’am
olib keldi. Xuddi shuningdek, yashash sharoitlarining keskin o’zgarishi (erlarni xaydash, foydali qazilmalarni kovlab olish,
chiqindilarni tashish, o’tloqzorlarni o’rib tashlash, u erlarda uy h’ayvonlarini surunkasiga boqish kabilar) ushbu xududlar
organik dunyosining tarkibini o’zgartirib, ba’zi turlar uchun yashash imkoniyatlaridan mah’rum bo’lishiga olib keldi. Biz h’ozirgi
vaqtda inson tamonidan keskin o’zgartirib yuborilgan sayyorada yashamoqdamiz. Yildan yilga tabiiy h’oldagi landshaftlar va
jamoalar egallagan maydonlar qiskarib ketmoqda va ularning o’rnini inson ta’siridagi landshaftlar va jamoalar egallamoqda.
Antropogen ta’sirni sanoat, qishloq xo’jaligi, transport kabi toifalarga bo’lish mumkin. Biz buni O’zbekiston Respublikasi
va O’rta Osiyo mintaqasi asosida ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
Sanoatning ta’siri. Keyingi 15 yil mobaynida O’zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishi 7 marta oshdi.
İshlab
chiqarish o’sgan sari atmosferaga zararli chiqindilar tashlash xajmi ancha oshdi. Oqova suvlar xajmi h’am o’sib bormoqda.
Chirchiq - Olmaliq, Oxangaron, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va O’zbekistonning boshqa qator mintaqalarida kimyoviy, neft-
kimyoviy va mikrobiologik tarmoqlar korxonalari, boshqa ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining
ko’pligi tufayli ekologik sharoit keskinlashdi. Tojikistonning Tursunzoda shah’rida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy
ta’siri yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgacha zarar ko’rgan umumiy maydon 25 - 30 ming ga ni tashkil etadi. Qishloq xo’jalik
tarmoqlariga etkazilgan zarar 1,5 - 2,0 mln. so’mdan iborat. Sariosiyo, Denov, Sho’rchi, Oltinsoy tumanlarining ba’zi
xo’jaliklarida pomidor, karam, bodring va uzum h’osildorligining kamayishi, ipak qurti ishlab chiqarishning pasayishi
kuzatilmoqda. Anor, h’urmoning h’osildorligi va sifati pasayib ketgan, ah’oli salomatligi yomonlashmoqda.
1982 yilda ftorli vodorod chiqindilari 24,5 ming t. bo’lsa, 1991 yilga kelib 56,7 ming t. ga ko’paygan.
Transportning ta’siri. Eng yirik ifloslantiruvchi manba – bu avtomobil transportidir. Bilamizki, O’rta Osiyo mintaqasi
avtomobil yo’llariga boy. 1990 yili respublika bo’yicha jami gaz chiqindilarining 60 % ni transport h’issasi tashkil etadi.
Avtomobillar sonining ortishi atmosferaning erga yaqin qatlamlarida azot gazlari, qo’rg’oshin birikmalari, oltingugurt
gazlari, uglerod gazlari va boshqa moddalar miqdorining oshishiga olib keladi.
Avtomobil chiqindilari birinchidan, shunisi bilan xavfliki, ular biosferaning faol zonasiga tushadi.
İkkinchidan, ular
tarkibida barcha tirik jonzot uchun juda zah’arli bo’lgan ko’rg’oshin birikmalari bor. Uchinchidan, avtomobil gaz
chiqindilari atmosferaning erga yaqin qatlami, inson nafas oladigan satxga tushadi.
Toshkent shaxrining o’zidagina shah’ar atmosferasiga tushadigan jami iflos moddalarning 80 % ni avtomobil gaz
chiqindilari tashkil etadi. Gaz chiqindilari bilan h’ar yili 300 ming t. dan ko’proq h’ar xil ifloslantiruvchi moddalar tushadi. Ular
ichida uglevodorodlar, qurum, qo’rg’oshin birikmalari asosiylaridir.
O’rta Osiyoning issiq iqlimli sharoitida yo’llarning ko’pligi, shah’arlardagi ko’chalarning yo’l belgilari, svetoforlar
serobligi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Yo’llar qoniqarsiz bo’lgan sharoitda h’avoning avtomobil gaz chiqindilari bilan
bulg’anishi me’yoridagidan 5-10 marta oshadi.
Tabiatga, inson ekologiyasiga transport ta’sirini yanada kamaytirishda transport vositalarini elektr quvvati bilan
ishlashga o’tkazish, avtobuslarni trolleybuslar bilan atmashtirish, avtomobillardan elektromobilga o’tish zarurdir.
Quyosh energiyasidan transportda foydalanish imkoniyatlarini puxta o’rganish kerak. Avtotransport
vositalarini suyultirilgan gaz, gaz kondensati bilan ishlashga o’tkazish avtomobil gaz chiqindilarini ancha kamaytirgan
bo’lardi. Mamlakatimizda avtomobil parkining texnik h’olatini baxolash shuni kursatadiki, zah’arli gaz chiqindilari
ko’rsatkichi bo’yicha avtomobillarning faqat 20 % gina soz h’olatdadir.
Qishloq xo’jaligining ta’siri. Bu biogeotsenoz, ekotizimlarga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ekologik omillar majmuidir.
Nnson tabiatni jadal o’zlashtirmoqda, ular xo’jalikda foydalanayotgan kimyoviy vositalar tirik mzvjudotlarga salbiy ta’sir
qilmoqda.
Noorganik o’g’itlar, zah’arli ximiqatlarning keng qo’llanilishi keyinchalik o’simliklar va h’ayvonlardan olinadigan
mah’sulotlarda qo’rg’oshin, simob, ftor, kadmilar miqdorining tuproqda oshishiga olib kelmoqda.
Sug’oriladigan er maydonlarini cheksiz ko’paytirish, miqdor ketidan quvish, paxtachilik borasida yangidan-yangi
rekordlarga intilish O’rta Osiyo respublikalarida ekologik sharoitning juda h’am murakkablashuviga olib keldi.
Millionlab gektar erlar sho’rlandi va suv tagida qoldi, oqava suvlarning ko’payishi sho’r ko’llarni yuzaga keltirdi.
Amudaryo va Sirdaryodan ko’plab suvni olish ekologik h’olatga - Orol dengizining qurishiga olib keldi. Bundan tashqari almashlab
ekishga rioya qilmaslik, muntazam ravishda zah’arli ximikatlar solish tibbiy - sanitariya h’olatini murakkablashtirdi, ichimlik
suvining tarkibi buzildi. Orol bo’yida birinchi navbatda Qorakalpog’iston Respublikasida, Toshxovuz va Xorazm viloyatlarida suv
ta’minotida og’ir vaziyat yuzaga keldi.
Uzoq muddat mobaynida asosiy e’tibor sug’oriladigan yangi erlar maydonlarini ishga solishga qaratildi, buning
ekologik va ijtimoiy oqibatlari h’isobga olinmadi. Faqat O’zbekistan Respublikasi xududida keyingi 10 yil mobaynida h’ar
yili chet elda foydalanishi ma’n qilingan, tarkibida xlor mavjud pestitsidlar 6000 tonnadan ishlatildi.
28
3 -asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Biologik marom nima ekanligini, uning xillari h’aqida ma’lum bir
tushunchalarni yoritib berish.
Tirik tabiatning muh’im xususiyatlaridan biri unda sodir bo’lib turuvchi jarayonlarning uzluksizligi yoki izchilligidir.
Barcha tirik organizmlar h’ayoti (h’ujayradan tortib biosferagacha) ma’lum bir tartibda sodir bo’lib turadi. Barcha o’simlik
va h’ayvonlarda uzoq tabiiy tanlanish natijasida anatomo - morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlar va belgilar vujudga
keladi h’amda shular orqali ular muayyan sharoitga moslashadi.
Har bir tur yil va yil fasllari davomida o’z h’ayotini boshqaradi. Demak, biologik marom deb, organizmlar h’ayotining yil
davomida qat’iy ravishda boshqarib turilishiga aytiladi. Shuningdek, ma’lum vaqt oraligida qandaydir bir jarayon yoki
xodisaning takrorlanishi, bir h’olatdan ikkinchi bir h’olatga o’tishi h’amda qayta tiklanishi tushuniladi.
Marom materiya h’arakatining umumiy xususiyatlaridan biri bo’lib, dunyo uning qonunlari asosida mavjud. Biologik
marom esa bir-birini inkor qiluvchi ikki o’zaro dialektik bog’lanishdagi h’ayot jarayonining, ya’ni tiklanish va
emirilishlardan iborat h’ayotiy jarayonlarning bir maromda borishi va o’z-o’zidan qayta tiklanishini ta’minlashni ifodalaydi.
Maromlar odatda ikki xil, ya’ni ichki va tashqi maromlardan iborat.
Tashqi maromlar geofizik xarakterga ega va ular organizmdagi endogen fiziologik jarayonlarda kuzatiladigan
maromlardir. Nafas olish, yurakning urishi, tana h’arakati kabilar asosida bir necha maromiy jarayonlar yotadi. Organizmdagi
h’ar qanday funktsiya maromiy xarakterga ega bo’ladi. DNK va RNK ning sintezi, oqsil sintezi, h’ujayra organoidlarining ish
faoliyati, h’ujayraning bo’linishi kabilar va h’akazo.
Tashqi maromlar Erning Quyosh atrofida aylanishi va Er bilan Oy o’rtasidagi bog’lanishlar natijasida sayyoradagi ko’pchilik
ekologik omillar qonuniy ravishda o’zgaradi. Organizmlarning h’ayot faoliyatidagi qator o’zgarishlar ana shu tashqi geofizik davriy
o’zgarishlar bilan bog’langan bo’lib, moslanish xarakteridagi biologik maromlar deyiladi. Ular dengiz va okeanlarda bir kecha -
kunduz davomida sutkalik suvning ko’tarilishi va pasayishi, shuningdek, bir oylik va bir yillik maromlardir.
Odamlar va yuksak tuzilishdagi h’ayvonlarda faollik va tinim, tetiklik va uyqu h’olatlari asosiy sutkali marom h’isoblanadi.
Odamda 100 dan ortiq sutkali o’zgarishlar bilan bog’langan fiziologik jarayonlar aniqlangan. Hayvonlarda kuzatiladigan tetiklik va
uyqu davrining almashinishi kunduzgi faol va tungi faol turlarning ajralishiga sabab bo’ladi. Kunduzi faol h’ayot kechiradigan
h’ayvonlar bo’lib uy tovuqlari, chumchuqsimonlarning ko’pchilik vakillari, yumronqoziqlar, chumolilar, ninachilar va boshqalar
h’isoblansa, tunda esa ko’rshapalaklar, tipratikanlar, boyo’g’li, yovvoyi cho’chqalar, mushuksimonlarning vakillari, baqalar,
suvaraklar va boshqalar faol bo’ladi.
Sutkali maromlar h’ar xil omillarga sezilarli o’zgarishi mumkin. Kunning birinchi yarmida odam organizmining sovuq
h’aroratga sezgirligining ortishi, kunning ikkinchi yarmida esa yuqori h’aroratga ortishi aniqlangan. Cho’lda yashovchi
eshakqurtlar yoki qora dog’li qo’ng’izlarning faolligi tuproq yuzasida h’arorat va namlikning o’zgarishiga qarab surilishi
mumkin.
Sutkali biomaromlar yirik va ochiq rangli gullarda yaxshi ifodalangan. Ularning gullari bir kecha-kunduz davomida davriy
ravishda ochilib yopiladi. Bunday o’simliklarga qarab vaqtni aniqlash mumkin. Shuning uchun h’am ular «biologik soatlar»
deyiladi. Ertalab qoqio’t, bo’ztikan kabilar ochilsa, ulardan keyin sachratqi, na’matakning gullari ochiladi. Kechga tomon xushbo’y
tamaki, nomozshomgullar ochilib, changlatuvchi xasharotlarni o’ziga jalb etadi. K. Linney turli o’simliklarning gullashiga
asoslanib flora soatini yaratdi.
Dengiz va okeanlarda suvning ko’tarilishi va pasayishi sutka davomida ikki marta h’amda oyning boshi va oxirida
kuzatiladi. Ushbu maromlarga qirg’oqlarda yashovchi organizmlar moslashgan. Molyuskalar suvning pasayishi vaqtida
pallalarini yopib oladi. Aterina deb atalgan baliq rivojlanishi davrida oy davomidagi suvning eng yuqori ko’tarilib
tushishidan foydalanadi. Suvning ko’tarilishi kuzatilishi vaqtida urg’ochisi qum ostiga uvildirig’ini qo’yib, oradan 15 kun
o’tgandan so’ng ulardan yosh baliqlar chiqadi va suvning ikkinchi marta eng yuqori ko’tarilib tushishida ular suvga tushib ketadi.
Bir oyga teng bo’lgan davriylik quruqlikda va dengizda yashovchi bir necha organizmlarda kuzatiladi. Yorug’likga javob
reaktsiyasi, kuchsiz magnit maydoni ta’sirida yoki mo’ljal olish tezligi kabilarning h’ayvonlarda oylik marom bilan bog’liqligi
aniqlangan.
Yillik maromlar.
Ular organizmlarning umumiy xususiyatlaridan biri h’isoblanadi. Ma’lumki, respublikamiz viloyatlarida yillik
h’arorat maromiga ko’ra organizmlarning rivojlanishi uchun qulay davrlar 6 oy davom etadi. Shu davr ichida tirik organizmlarda
asosiy fenologik xodisalar ruy beradi, Er yuzasidan qorlar erib, baxor nafasi sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli, o’rik va tollar barg
yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi yashil o’tlar, o’simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi,
qishlab chiqqan h’asharotlar h’ayoti faollashadi. Yoz o’rtalarida h’arorat noqulay bo’ladi, daraxtlar va boshqa ko’pchilik
o’simliklarning o’sishi sekinlashadi yoki butunlay to’xtaydi, qushlarning ko’payish davri tugaydi.
Yozning ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko’pchilik o’simliklarning meva va urug’lari pishadi, to’qimalarida
ozuqa moddalar to’planadi. Shunday qilib, qishga tayyorgarlik boshlanadi. Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari shakllanadi va
novdalari qotib yog’ochga aylanadi. Qushlar glalashib uzoq tropik mamlakatlarga uchishga xozirlana boshlaydi. O’simliklarda
xazonrezgilik kuzatilib, qushlar uchib ketadi. Hasharotlar va umurtqasiz h’ayvonlar uchramay qoladi.
Sovuq boshlanishidan avval tana h’aroratini boshqara olmaydigan organizmlar tinim h’olatiga o’tadi. Umurtqali
h’ayvonlar, qushlar va sut emizuvchilarning qish mavsumiga moslashishi kuzatiladi. Ular kuzda tullaydi, qalin va uzun,
h’atto oq rangdagi yunglar va tivit h’osil qiladi. Qushlar pat chiqaradi. Qishda etarli ozuqa topa olmaydigan h’ayvonlar,
ko’rshapalaklar, kemiruvchilarning ko’pchilik vakillari, bo’rsiqlar, ayiqlar uyquga ketadi.
Suvda suzadigan xasharotxo’r parrandalar qishda ozuqa topib eya olmaydilar, shuning uchun ular mavsumiy
migratsiya qilishga majbur, bularning h’ammasi muh’itning kunlik, oylik va yillik maromlariga organizmlarning bergan
javobi h’isoblanadi.
29
Har bir turning yillik maromi tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqadi. Jadal o’sish va rivojlanish davri ko’payib, qishgi
tayyorgarlik va qishlash davrining muayyan tartib va muddati yillik maromni tashkil etadi. Yillik maromlar ko’pchilik turlarda
endogen xarakterga ega va tsiklik maromlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |