1. Gidatofitlar - h’ayoti doimo suvda o’suvchi o’simliklar bo’lib, bu guruh’ asosan suv o’tlaridan iboratdir.
2. Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qavatida joylashgan bo’ladi. Bu guruh’ga
suv nilufarlari, gichchak, sagittariya, suv ayiqtovoni, o’qbarg va boshqa suvda o’suvchi gulli o’simliklar kiradi.
Gidrofitlar suzib yuruvchi yuzasining katta va vegetativ organlarining shilimshiq bo’lishi, mexanik to’qimasining sust
rivojlanganligi, h’avo bo’shliqlarining mavjudligi, qoplag’ich to’qimasining sust rivojlanganligi, suv qatlamida yashaydigan
turlarida og’izchalarning bo’lmasligi, suzuvchi barglarining ustki tomonida ko’p sonda og’izchalar joylashganligi, ildiz
tizimining kuchsiz rivojlanganligi h’amda vegetativ ko’payishning ustun turishi kabi moslanish xususiyatlari bilan ajralib turadi.
3. Gigrofitlar - sernam tuproqda va suv etarli bo’ladigan muh’itda yashovchi o’simliklar guruh’idir. Ularni daryo,
ko’l bo’yidagi botqoqliklarda va boshqa joylarda uchratish mumkin. Gigrofitlar o’rmonning sernam soya kismnda va
tog’li rayonlarda h’am ko’p uchraydi. Ularga savag’ich, qamish, kiyok, sholi, kuga, xiloldoshlarning ba’zi turlari va
boshqalar kiradi.
Bu ekologik guruh’ o’simliklar h’am gidrofitlar kabi ortiqcha namlik sharoitiga moslashgan anatomo - morfologik
belgilarga ega bo’ladilar.
4. Mezofitlar - o’rtacha namlik sharoitida o’suvchi o’simliklar h’isoblanib, bu ekologik guruh’ga ko’pchilik madaniy
va yovvoyi o’simliklar kiradi. Madaniy turlariga g’o’za, beda, makkajo’xori, qovun, tarvuz va ko’pchilik daraxtlar kirsa,
yovvoyi h’olda o’suvchilarga sebarga, bug’doylik, oqsuxta, marvaridgul va o’tloq o’simliklari kiradi.
Mezofitlarning ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, barglari ko’pincha yirik, yassi, yumshoq, etsiz, to’qimalari o’rtacha
rivojlangan bo’ladi. Barg mezofili bulutsimon va ustunsimon to’qimalarga ajralgan. Barglari ko’pincha tuksiz, og’izchalari
odatda bargning ostki qismida joylashgan. Suv sarfi og’izchalar orqali boshqariladi. Hujayra shirasining
osmotik bosimi 2, 10 -2,5 -10 Pa ga teng.
5. Kserofitlar qurg’oqchil sharoitda o’sishga moslashgan o’simliklardir. Ular odatda dasht, cho’l va chala cho’l
zonalarida keng tarqalgan. Barcha kserofitlar sukkulent va sklerofitlarga bo’linadi.
Sukkulentlar tanasi sersuv, etli poyasi yoki bargida suvni zah’ira h’olda to’playdigan ko’p nillik o’simliklardir. Ular
h’am o’z navbatida poyasida va bargida suv saqlovchi guruh’larga bo’linadi. Poyasida suv saqlovchilarning barglari tikanlarga
yoki tangachalarga aylangan, bargning funktsiyasini yaxshi rivojlangan yashil etdor poyalar bajaradi (kaktus, ba’zi sutlamalar,
qorasho’ralar). Bargida suv saqlovchi sukkulentlarning poyalari kuchsiz rivojlangan, barglari etli, sersuv bo’ladi (agava, aloe,
semizak). Sukkilentlarning sersuv organlarida suv saqlovchi parenxima to’qimasi kuchli rivojlangan va unda suv zah’ira h’olda
to’planadi. Mexanik to’qima yaxshi taraqqiy etmagan.
Sklerofitlar qurg’oqchiliqga chidamli, ko’p yillik poyasi dag’al, ko’pincha barglari kuchli reduktsiyalangan yoki
tikanlarga, tangachalarga aylangan, qalin kutikula qavati va yaxshi rivojlangan mexanik to’qimaga ega. Ularga betaga,
chalov, saksovul, yantoq, astragallar va boshqalar kiradi.
Shimoliy kenglikda yoki yuqori tog’da ko’pgina o’simliklar sovuq davrida h’am namlik etishmasligini sezar ekan.
Bunga sabab past h’aroratda tuproqdagi suvni ola olmas ekan, fiziologik jixatdan mumkin bo’lmaydi. Bundan kelib
chiqib sovuq va nam joyda o’suvchi o’simliklarga – psixrofitlar, sovuq va quruq joyda o’suvchilarga esa kriofitlar deb ataladi.
Ayrim vaqtlarda o’ziga xos ekologik guruh’ - tropofitlarni h’am ajratishadi. Bularga namlik aa qurg’oqchilik mavsumlari
almashinib turadigan mintaqalarda o’suvchi daraxtlar, butalar kirib, noqulay sharoitda barglarini to’kadi.
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Hayvonlar h’ayotida suvning rolini tushuntirish. Ularning suvga bo’lgan
talabini qoniqtirish yo’llari bilan tanishtirish. Suv rejimiga nisbatan ularning ekologik guruh’lari h’aqida ma’lumot berish.
Hayvonlar h’ayotida h’am suv muh’im rol o’ynaydi. Ular suvga bo’lgan talabini uch xil yo’l bilan qondiradi: 1.
Bevosita suvni ichish orqali. 2. O’simliklar bilan ovqatlanish. 3. Metabolizm xodisasi, ya’ni tanasidagi moylar, oqsillar va
karbon suvlarining parchalanishi orqali.
Suvni bug’lantirish esa - asosan nafas olish, terlash, siidik orqali bajariladi.
İssiq kunlari ayrim sutemizuvchilar suvni
xaddan tashqari ko’p sarflashi mumkin. Masalan: odamlar yoz oylarida bir kunda 10 litrgacha suvni terlash orqali sarflashi mumkin
ekan. Yulbars, jayron, fil, sherlar h’ar kuni suv izlab uzoq masofalarga ketadilar. Suv axtarib uzoq joylarga ketadiganlar uchun
ovqat tarkibidagi suv etarli emas. Ba’zi h’ayvonlar uchun esa shu ozuqa tarkibidagi suv bilan qanoatlanishga moslashuv bor.
Bunday moslanishlar h’am odatda 3 xil bo’ladi: yurish-turish h’arakati orqali, morfologik, fiziologik moslanish.
Yurish-turish orqali moslanishda - h’ayvonlar albatta suvni izlab topish, yashaydigan joyni tanlash, in qazib, unda yashash
orqali moslashadilar.
Morfologik moslanish - tanasining ustida chig’anoqlar, sovutlar, qalqon va tangachalar h’amda kutikulalar h’osil qilish
orqali amalga oshirnladi. Shillikqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo’ng’izlar ana shunday moslashadi.
Fiziologik moslanish esa metabolitik suv h’osil qilish orqali amalga oshadi. Odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10 %
gacha suv yo’qotishi mumkin. Undan ortiq suv yo’qotilsa organizm xalok bo’ladi. Suvsizlikga chidamlilik h’ayvonlarda yuqori.
Ochlikdan 40 % gacha tana og’irligini yo’qotish mumkin. (organizm h’alok bo’lmaydi). Ochlikdan ko’ra suv yo’qotish o’limga
tezroq olib keladi. Yuqorida aytilgan ko’rsatkich turli h’ayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan: tuyalar - 27 foiz, qo’ylar - 23 foiz,
itlar - 17 foiz suv yo’qotishga chidaydi. Agar shundan oshsa, xalokat yuz beradi. Shuning uchun h’am quruqlikda yashovchi
ayrim h’ayvonlarda bir qator fiziologik moslanishlarni ko’rish mumkin. Masalan, ayrim uy h’ayvonlari ichagida suv suriladi,
22
ovqat qoldiqlari tezak xolida tashqariga chiqariladi. Ayrim xasharotlarda (qo’ng’iz, xonqizi, chumolilarda) chiqaruv organi (malpigi
naylari) ning bir uchi ichakning orqa devoriga tutashgan bo’lib, undagi suv surilishi orqali organizm tamonidan qayta sarflanadi,
ya’ni reabsorbtsiya xodisasi yuz beradi. Suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi asalari, kapalak va pashshalarda esa reabsorbtsiya
xodisasi kuzatilmaydi. Ular siidik orqali tashqariga h’ar xil ortiqcha tuzlar va mochevina chiqaradi. Natijada suv tanada birmuncha
tejab qolinadi. Sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qushlar va ko’pgina h’asharotlar o’zlaridan yaxshi erimagan siidik kislotasini,
o’rgimchaklar esa guanin moddasini chiqaradi. Buning uchun esa uncha suv ko’p sarflanmaydi. Ter chiqarib turish, suvni tejash,
organizmlarning suvsizlanishiga chidamliligi, suvni shilliq pardalar orqali bug’latib turish h’am fiziologik moslanishlarga kiradi.
Ayrim suvda yashovchi h’ayvonlar (gidrobiont) suvni yutishi yoki filtratsiya qilish orqali yashashga moslashgan. Natijada
suv h’avzalarida biologik tozalanish sodir bo’ladi. Masalan, lixet, mshanka, astsidiy, plankton, qisqichbaqasimonlar, mideyalar bir
sutkada 150 - 280 m
3
suvni tindiradi va tozalaydi.
Qurg’oqchiliq sharoitida yashovchi suv o’tlari, lishayniklar va moxlar poykilokserofitlar deb ataladilar. Ular qurg’oqchil
davrda qurib qolib anabioz h’olatiga o’tadilar va yog’ingarchiliq boshlanishi bilan yana h’ayotini tiklab davom ettiraveradilar.
Hayvonlarning kurg’oqchiliq sharoitiga moslanishlari h’am juda xilma-xildir. Galopagos orollaridagi toshbaqalar suvni
siydik qopida jamg’argan h’olda saqlaydi. Avstraliya cho’llaridagi qurbaqalarda h’am shunday h’olat kuzatiladi.
Kemiruvchilar va h’asharotlar odatda suvga bo’lgan talabini oziq tarkibidagi suv h’isobiga qondiradi. Yumronqoziq kabi
h’ayvonlarda qurg’oqchilik sharoitiga uyasining ancha chuqurda bo’lishi, tanasida ma’lum miqdorda yog’ jamg’arib, yozgi uyquga
(tinimga) ketishi bilan moslashadi. Tuyalar esa to’plangan yog’ miqdorini metabolik parchalash yo’li bilan organizmlarining
suvga bo’lgan talabini qondiradi. Tez yuguradigan h’ayvonlar (antiloplar) yoki uchadigan qushlar suv ichish uchun uzoq
masofalarga borib keladilar.
Umurtqasiz h’ayvonlar qurg’oqchil davrini tsista (yoki qalin po’stli sporalar) h’olatida o’tkazadilar yoki ba’zi birlari ancha
qulay bo’lgan joylarga ko’chib ketadilar.
Shunday qilib, qurg’oqchil sharoitida yashovchi h’ayvonlar tanasidan yo’qotgan suvni butun tanasi - teri qatlami orqali
shimishi yoki ozuqa orqali, ancha murakkab yo’l h’isoblangan oqsil, yog’ va uglevodlarning parchalanishi vaqtida ajralib chiqqan
suv h’isobiga qondiradi.
Er yuzasida yashovchi h’ayvonlarni suv rejimiga nisbatan h’am 3 ta ekologik guruh’ga ajratish mumkin, lekin ular
o’simliklarga qaraganda aniq ifoda etilmagan.
1. Gigrofilllar – namlikni sevuvchi h’ayvonlar. Ular uchun muh’it yuqori namlikga ega bo’lishi kerak. Ularda suv
almashinuvini boshqarib turuvchi mexanizm kuchsiz taraqqiy etgan yoki umuman yo’qdir. Suvni tanasida ko’p miqdorda to’plash
va uzoq vaqt saqlab turish qobiliyatiga ega emas. Bunday h’ayvonlar namli muh’itda yashaydi va doimo suv zaxirasini to’ldirib
turishga majburdir. Bu guruh’ning tipik vakili molyuskalar, amfibiyalar h’isoblanadi.
2. Mezofillar – o’rtacha suv talab qiladigan, ya’ni evrigil organizmlar h’isoblanib, namlikning o’zgarishiga yaxshi
bardosh beradilar. Ular gigrofil va kserofillarning o’rtasida oraliq h’olatni egallaydilar. Ko’pchilik h’asharotlar, qushlar, sut
emizuvchilar tipik mezofillar h’isoblanadi.
3. Kserofillar – qurg’oqchilikni yaxshi ko’radigan h’ayvonlar bo’lib, cho’lda yashovchilar-tuyalar, cho’l kemiruvchilari
bu guruh’ga kiritiladi. Ularda suv almashinuvini boshqarish mexanizmi yaxshi rivojlangan.
3 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Edafik – tuproq omili h’aqida, uning tabiat va insonlar h’ayotidagi
ah’amiyatini yoritib berish. Sho’rlanish, eroziya uning turlari, o’simliklarning sho’rlanishga chidamliligi bo’yicha Genkel
klassifikatsiyasi moxiyatini ochib berish va tushuncha h’osil qilish.
Har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tirik organizmlar h’ayotida tuproq h’am muh’im rol o’ynaydi. Tuproq –
yunoncha «Edafos» so’zidir. Edafik omil – deganda tuproq omilini tushunamiz. Tuproq deganda erning g’ovak, unumdor yuza
qavatini tushunamiz.
Tuproqda uchrovchi barcha tirik organizmlar yashash jarayonida bir-biriga nisbatan turli xil munosabatda bo’lib ta’sir
ko’rsatadi, ya’ni o’simlik, h’ayvon va mikroorganizmlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar natijasida tuproqda gumus va mineral
moddalar to’planadi.
Tuproqning ekologik omil sifatida o’simliklarga ta’siri h’aqida gapirganda, shuni aytish kerakki, tuproq o’simlikni o’zida
tutib turadi va uni ozuqa bilan ta’minlaydi. O’simlik tuproqdan suv va unda erigan mineral va organik moddalarni oladi.
O’simlikga tuproqning xususiyatlari va kimyoviy tarkibi h’amda mikroflorasi juda katta ta’sir qiladi. (Zamburug’lar,
bakteriyalar, yashil o’simliklarning ildizlari).
Tuproqning kimyoviy xossalaridan biri uning kislotaligi bo’lib, bu vodorod ionlarining kontsentratsiyasini bilan
ifodalanadi. Tuproq eritmasida musbat zaryadlangan (N
+
) vodorod ionlari ko’p bo’lsa, tuproq kislotali, agar manfiy (ON
-
)
zaryadlangan gidroksil ionlar ko’p bo’lsa, tuproq ishqorli bo’ladi. Tuproqdagi bu nisbatlar teng bo’lsa, tuproq eritmasi neytral
reaktsiyada bo’ladi.
O’simlikda er osti organlarining rivojlanishi tuproqning vodorod ionlari kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi.
Braun – Blanke klassifikatsiyasi bo’yicha: kislotali tuproqda yaxshi o’sadigan o’simlik turlariga - atsedofil, ishqoriy tuproqlarda
o’suvchi o’simlik turlariga atsedofillar, neytral tuproqda o’suvchi turlarga esa - neytrofillar deb ataladi.
O’simliklarning tuproqda bo’ladigan turli tuzlarga munosabati h’am h’ar xildir. Ba’zi o’simliklar karbonat tuzlari
ko’p tuproqlarda yaxshi o’sadi va ularga k a l ts e - fillar deyiladi. (Sibir tilog’ochi, qoraqayin, shumtollar va
boshqalar kiradi).
Kislotali muh’itga ega bo’lgan tuproqda o’suvchi o’simlik kaltsiy tuzlarini yoqtirmaydi va ular kaltsefoblar deb
ataladi. (Torf moxlari, otquloq, choy, kashtan kabilar kiradi).
Oson eruvchi tuzlarga boy bo’lgan tuproqlarda (sho’r erlarda) o’suvchi o’simliklar - galofitlar deyiladi. Qumli tuproqlarda -
psammofitlar deb atalgan o’simliklarning ekologik guruh’lari tarqalgan. Psammofit o’simliklarning barglari ensiz, qattiq yoki
odatda reduktsiyalashgan, meva va urug’lari qumda o’rmalab yoki shamol yordamida tarqaladi va sharsimon ko’rinishda
23
bo’ladi. Sho’rsiz joylarda o’suvchi o’simliklar - glikofitlar deyiladi. O’simliklar morfofiziologik tuzilishi va sho’rlikga
chidamliligi bo’yicha P.A.Genkel klassifikatsiyasiga asosan quyidagi guruh’larga bo’linadi:
1. Eugalofitlar. Sho’r erda o’suvchi o’simliklar bo’lib, asosan sho’ralar, saleros, sarsazan kabilar kiradi. Bu sukkulent
o’simliklar bo’lib, barg sath’i qisqargan, bo’g’inlidir, go’shtdor. Ularning h’ujayralari yuqori o’tkazuvchanlik
xususiyatiga ega. Eugalofitlar tuzga chidamli bo’lib, tanasida tuz to’plash xususiyatiga egadir, «tuz yig’uvchi» o’simliklar
h’isoblanadi. Ularning barg va poyalari tushishi natijasida erlar sho’rlanadi.
2. Krinogalofitlar. «Tuzni tashqariga ajratib chiqaruvchi» o’simliklar h’isoblanadi. Bunga tamariks va kermeklar misol
bo’ladi. Bunda tuzlar tuz ajratuvchi maxsus bezlar orqali barglar yuzasiga ajralib chiqadi, sho’rlanish qanchalik yuqori
bo’lsa, bezlar soni h’am ko’payib boradi. Ba’zan o’simliklar barglarini to’kish yo’li bilan tuzlardan ko’tiladi.
3. Glikogapofitlar. Bu kseromorf qiyofadagi o’simliklar bo’lib, ularning h’ujayralari tuzlarni o’tkazmaydi, shuning uchun
ular kuchli sho’r tuproqlarda o’sishiga qaramasdan, tuzni to’qimalarida to’plamaydi. Bunga shuvoqlar misol bo’ladi.
Undan tashqari oq saksaul, chingil, jiyda, buyurg’unlar h’am kiradi.
4. Galomezofitlar. Bu o’tloqlarda, kamroq sho’rlikga ega bo’lgan tuproqlarda o’suvchi o’simliklardir.
Qumli joyda o’suvchi o’simliklarga - psammofitlar deyiladi. Hayvonlarga – psammofillar deb ataladi.
Tosh va qoyalarda o’suvchi o’simliklar – litofitlar deyiladi. Bularga avtotrof suv o’tlari, qoyalardagi lishayniklar misoldir.
Tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini ko’rsatuvchi o’simliklar - indikator turlar deb ataladi. Buni
o’rganadigan fanga fitoindikatsion botanika deb ataladi. Plaunlar alyuminiyga boy tuproqlarda, astragal selenga, itqo’noq ruxli,
shuvoq, oldiy qarag’aylar oltinga boy bo’lgan tuproqlarda o’sadi. Tuproq, organizmlarining ekologik guruh’i.
Tuproqda organizmlar miqdori judayam ko’pdir. Ular – yashash muh’iti bilan bog’liqligi darajasiga qarab 3 ta asosiy
ekologik guruh’ga bo’linadi:
1. Geobiontlar – Tuproqda doimiy yashovchilar. Ularning h’amma taraqqiy etish (rivojlanish) tsikli tuproq muh’itida o’tadi.
Tipik vakillari bo’lib – yomg’ir chuvalchangi, ko’pgina birlamchi kanotsiz h’asharotlar h’isoblanadi.
2. Geofillar – rivojlanishining bir qismi yoki biron - bir fazasi albatta tuproqda o’tadi. Bu guruh’ga – ko’pchilik h’asharotlar:
sarancha, ko’ng’izlar kiradi. Lichinkalari tuproqda rivojlanadi, katta h’oldagilari tipik er yuzida yashaydi.
3. Geoksenlar – bu guruh’ga ayrim vaqtlarda vaqtincha yashirinish uchun tuproqda yashovchilar kiradi. M: ko’pgina
yarim qattiq qanotlilar, qo’ng’izlar, kemiruvchilar kiradi, yana inlarda yashovchi sutemizuvchilar h’am kiradi.
Bu klassifikatsiya h’ayvonlarning tuproq h’osil bo’lishidagi rolini aniqlab bera olmaydi, chunki h’ar bir guruh’da aktiv
h’olda h’arakat qiluvchi va oziqlanuvchi, undan tashqari passiv - qaysiki tuproqda rivojlanishining ayrim fazalaridagina
(lichinka, tuxum qo’yish kabi) bo’ladi.
Shuning uchun tuproqda yashovchilarni h’arakatlanishlariga qarab 3 ta guruh’ga bo’lishadi:
1. Mikrobiotip – tuproq mikroorganizmlari. Bular o’simlik qoldiqlari va tuproq h’ayvonlari orasidagi oraliqni tashkil qiladi.
Bularga yashil, ko’k-yashil suv o’tlari, bakteriyalar, zamburug’lar va sodda organizmlar kiradi.
2. Mezobiotip – bu guruh’ga tuproq nematodalari, h’asharotlarning mayda lichinkalari, kanalar va boshqalar kiradi. 1 m
2
tuproqda yuz mingdan - milliongacha bo’ladi.
3. Makrobiotip – yirik h’asharotlar, yomg’ir chuvalchanglari va boshqa h’ayvonlardan tortib to er kovlovchi
umurtqalilargacha kiradi. Bu tipga o’simlik ildizlari h’am kiradi. Eng ah’amiyatlisi yomg’ir chuvalchanglari h’isoblanadi.
Tuproqlarniig tabiatdagi va jamiyat h’ayotidagi roli g’oyat kattadir. Tuproq organizmlar uchun xdyot muh’iti, ozuqa
manbai h’isoblanadi. Modadlarning kichik biologik va katta geologik aylanma, h’arakatida muh’im rol o’ynaydi.
Tuproq - qattiq, suyuq, gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, iqlim tog’ jinslari, o’simliklar va h’ayvonlar
mikroorganizmlarning o’zaro murakkab ta’siri natijasida h’osil bo’ladi.
Tabiatda moddalarning almashinuvida tuproq h’am ishtirok etadi. Buni olim V.R.Vilyams biologik aylana deb atagan. Bu
jarayonlar tufayli tuproqning unumdorlik xususiyati doimo saqlanib turadi. Tuproq eng avvalo o’simlik, h’ayvonlar va
mikroblar bilan birga murakkab ekotizimni vujudga keltiradi va sayyoramiz biosferasida xayotning yashashini ta’minlashdek
muxim vazifani bajaradi.
Tuproqning inson h’ayotidagi ah’amiyati shundan iboratki, u o’zi-o’zini tozalash xususiyatiga ega ekanligi tufayli
tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo’l bilan o’ziga singdiruvchanlik adsorbent), tozalovchanlik (purifikator) va
neytrallashtiruvchanlik xususiyatiga egadir.
Tuproq xalqning bebaxo boyligi va insonning yashashi uchun h’ayot manbaidir.
İnson o’zi uchun zarur bo’lgan ozuqa
resurslarini, kiyim-boshni tuproqdan oladi. Chunki tuproq qishloq xo’jalik ekinlarining asosiy manbai h’isoblanadi.
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko’ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi:
A – eng ustki gumus (chirindili) qatlam;
V – yuqori qatlamdan mineral va organik birikmalar to’planadigan gorizont;
S – tuproq vujudga keladigan ona jinsi, tuproqning h’ar bir gorizonti organik va mineral brikmalar aralashmasidan iborat.
Tuproq – tarixiy tarkib topgan murakkab mustaqil tabiiy jism bo’lib, o’zgaruvchan dinamik h’osiladir. Er yuzi turli qobiqlari
o’rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy manfaatlarning asosi h’isoblanadi.
Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik h’ayot zanjirining eng muh’im xalqasi deb yuritsa bo’ladi.
Tabiat komponentlari - tog’ jinslari, suv, h’avo, tuproq, o’simlik va h’ayvonlar o’ziga xos xususiyatlari bilan
rivojlansa h’am o’zaro uzviy bog’langan. Ular o’rtasida to’xtovsiz modd almashinuvi amalga oshadi va natijada tabiiy xududiy
komplekslar – landshaftlar h’osil bo’ladi. Cho’l, o’rmon, dasht, to’qay va boshqa landshaftlarni ajratish mumkin. O’zaro ichki
aloqalari va birligiga ko’ra boshqa joylardan farq qiluvchi, tabiiy chegaralariga ega bo’lgan xududiy komplekslarga landshaftlar
deyiladi.
Tuproqda u yoki bu mikroelementlarning etishmasligi yoki ortiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning
sog’ligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tuproqda sil, vabo, bryutsellyoz va boshqa kasalliklarning qo’zg’atuvchilari bo’lishi mumkin.
24
Biosferada tuproqning eng muh’im roli shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va
yana mineral birikmalarga aylanadi. Tuproq qatlamisiz er yuzida h’ayotni tasavvur h’am qilib bo’lmaydi.
Er yuzining h’ozirgi mavjud tuproq qatlami - jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o’zgargan.
İnsoniyat tarixi davomida 2
mlrd dan ortiq unumdor tuproqli erlar yaroqsiz xolga keltirilgan. xar yili sayyoramizdagi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli erlar
maydoni sho’r bosishi, cho’llanishi, emirilishi natijasida 5 - 7 mln ga kamaymoqda.
Er yuzida deh’konchiliq maqsadlarida ishlatiladigan erlar mavjud erlar xududning 80 % ni tashkil qiladi va dunyo ah’olisi
son boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi.
L.
İ.Kurakova (1983) ma’lumotiga ko’ra xozir er yuzidagi quruqlikning 1,9 mlrd ga xaydab ekin ekiladigan maydonlarga
to’g’ri keladi, Hali dunyoda xaydab dexqonchilik qilishga yaroqli erlar maydoni ko’p. Masalan: faqat Janubiy Amerikada
xozir umumiy er maydonining 5 % dangina qishloq xo’jaligida foydalanishmoqda. Vah’olanki bu joyda qishloq xo’jaligiga
yaroqli erlar maydoni 25 % ni tashkil qiladi yoki Afrikada jon boshiga 12 ga qishloq xo’jaligiga yaroqli erlar to’tri kelsa, h’ozir
shundan faqat 1 ga dan xaydab foydalanilmoqda xolos.
Yuqorida aytib o’tildi, er yuzasida o’rtacha h’ar bir kishiga 0,5 ga xaydaladigan er to’g’ri keladi deb, bu ko’rsatkich yana
L.
İ.Kurakova (1983) ma’lumotiga ko’ra: Yaponiyada - 0,7 ga, Misrda - 0,10 ga, AQShda - 2 ga dan ko’p, Argentinada - 6 ga,
Avstraliyada - 40 ga dan ko’p ekan.
Respublikamizda h’ar bir odamga 0,17 ga ekin maydoni to’g’ri keladi. Qozog’istonda - 1,54 ga, Qirg’izistonda - 0,26 ga,
Ukraina - 0,59, Rossiya - 0,67 ga ekin maydoni to’g’ri keladi.
Er yuzi tuproq qatlamining h’ozirgi h’olati kishilik jamiyatini ko’p asrlik ta’siri natijasida o’zining dastlabki tabiiy
xususiyatini ancha o’zgartirgan.
İnsonning tuproqlarga ijobiy va salbiy ta’siri ajratiladi.
İnson tuproq h’osildorligini oshirishi, erlarning h’olatini yaxshilashi mumkin. O’rmonlarni tashkil qiladi, tuproq
flora va faunasini muh’ofaza qiladi. Shuning bilan birga shah’ar qurilishi, atrof - muh’itni ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarni
talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, yaroqsiz xolga kelishi, emirilishi mumkin.
Hozirgi kunda tuproqlar maydonning kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga oshmoqda.
İnson o’zining
xo’jalik faoliyatida tuproqdan foydalanish jarayonida ijobiy ta’sir etib, tuproqga h’ar xil o’g’itlar soladi, sug’oradi, zaxini qochiradi,
almashlab ekin ekadi, tuproqni ustki unumdor qismini yuvilib ketishdan saqlaydi. Erni agrotexnika qoidalariga rioya qilib
xaydaydi va unda namni uzoq vaqt saqlanishini ta’minlaydi.
O’rmonlarni noto’g’ri kesishga chek qo’yadi, o’rmonlar barpo etiladi, tuproq flora va faunasini muh’ofaza qiladi va boshqa
choralar ko’rishi orqali tuproqning tarkibini yaxshilaydi, natijada tuproq h’osildorligi oshadi.
İnson o’zining xo’jalik faoliyatida tuproqqa salbiy ta’sir h’am qiladi. Uning unumdorligini pasaytirib h’osildor
erlar maydonining qisqarishiga sababchi bo’ladi. Agrotexnika qoidalariga rioya kilmasligi tufayli tuproq eroziyasi kuchayadi:
sug’orish qoidasi va me’yoriga amal qilmaslik oqibatida tuproq qayta sho’rlanadi, botqoqlashadi, mineral o’g’itlardan noto’g’ri
foydalanish va zah’arli ximikatlarni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik natijasida tuproq kimyoviy moddalar bilan zah’arlanadi:
almashlab ekishga e’tibor bermaslik tufayli tuproqda ozuqa moddalar miqdori kamayadi, shamol eroziyasiga qarshi ixota
o’rmonlar tashkil etilmasa, tuproqning ustki h’osildor qismi uchirilib ketadi, yonbag’irlarni, tik erlarni noto’g’ri xaydash oqibatida
suv eroziyasi kuchayadi. Bunday salbiy oqibatlar natijasida h’ozir dunyoda yiliga 6 - 7 mln ga qishloq xo’jaligi
aylanmasidagi er ishdan chikmoqda. Tuproq sifatini buzilishida injenerlik kommunikatsiyaning ta’siri h’am bor bo’lib, gaz, neft,
issiqlik, kanalizatsiya, suv quvurlari atrofdagi tuproqning biologik va issiqlik rejimining buzilyshiga sabab bo’ladi. So’ngi yillarda
75 - 80 % shaxtalarda ochish usulda ma’danlar qazib olinishi natijasida qishloq xo’jaligi aylanmasidagi er maydoni qisqarmoqda.
Erlarning ustki h’osildor qismini suv va shamol ta’sirida yuvib yoki uchirib ketishiga eroziya deyiladi. Eroziya
dexqonchilik uchun juda katta zarar keltiruvchi ofat h’isoblanib, lotincha «erosia» degan so’zdan olingan bo’lib «kemirish» yoki
«emirilish» degan ma’noni bildiradi. Tuproq eroziyasi – tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin.
Tuproqlarni kishilarni xo’jalik faoliyati ta’sirisiz tabiiy h’olda eroziyaga uchrashi tabiiy eroziya, kishilarning ta’siri
natijasida eroziyaga uchrashi esa – sun’iy (antropogen) yoki tezlashtirilgan eroziya deb ataladi.
Eroziyaga uchragan tuproqda h’osildorlik 5 – 10 marta kamayib, h’ar yili begona o’tlar 2 - 4 marta ko’payadi. Shu
sababli dunyo bo’yicha eroziya natijasida yiliga 1000 mlrd dollar zarar ko’rilmoqda.
Tabiatda tuproqning tabiiy h’olda eroziyaga uchrashi jarayonlari bo’lib, uni geologik eroziya deb yuritiladi. Demak,
geologik eroziya bu insonning ta’sirisiz ro’y beradigan jarayon bo’lib, bu jarayon tuproq h’osil bo’lishi jarayoni tezligiga tengdir.
Geologik eroziya Er evolyutsiyasining bir qismi h’isoblanib, uni oldini olish mumkin emas. U butun geologik davrda davom etadi.
Geologik eroziya tektonik jarayonlar tufayli ro’y beradi. Tektonik jarayonlar ta’sirida tog’lar ko’tariladi, muzlar
h’arakat qiladi, daryo vodiylarida qator qayirlar vujudga keladi. Vaqt o’tishi bilan nurash tufayli baland tog’lar (Qozog’iston past
toglari) pasayadi, muz qaytadi, dengiz chekinadi. Ular urnida asta-sekin tuproq vujudga kelib, o’simliklar o’sadi, tuproqni ustki
qismida yana h’osildor qatlam vujudga kela boshlaydi.
Tuproqning sun’iy yoki tezlashtirilgan eroziyasi h’am bor. Bu eroziya Er yuzida inson paydo bo’lganidan beri erlardan
noto’g’ri foydalanish tufayli ruy bera boshlagan bo’lib, uning asosiy sabablari o’rmon va to’qaylarni kesib yuborish, yaylovlarda
chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, deh’konchiliq yuritishning noto’g’ri metodlaridan foydalanish va h’.
Turli ma’lumotlarga ko’ra h’ar kuni Er yuzida eroziya natijasida 3500 ga unumdor tuproqli erlar ishdan chiqadi.
O’simliklar tuproqda chirindi miqdorini ko’paytirishdan tashqari qor va yomg’ir suvlarining er sirtidan oqib ketishni
kamaytiradi, aksincha ularning tuproq orasiga singishiga yordam beradi, natijada tuproqda nam saqlanib qolishiga imkon beradi.
F.K.Kocherga ma’lumotiga ko’ra O’rta Osiyo tog’li rayonlarida o’rmonlar er usti oqimini kamaytirib, tuproqqa singdirish
orqali yog’in suvlarini 50 % tutib qoladi. Aksincha, o’rmon va butalarni ko’plab kesish natijasida yoqqan yog’inning 90 % i tog’
yonbag’irlari orqali oqib ketadi.
O’simliklar qoplami qanchalik zich bo’lsa, tuproq eroziyasi shunchalik sustlashadi.
Eroziya jarayonining tezlashishida yaylovlardan noto’g’ri foydalanish h’am muh’im omil h’isoblanadi. Bir rayonda
doimo mol boqilishi natijasida, o’sha joyning o’simlik qoplami siyraklashadi, tuyoqlari bilan o’simliklarni kesib, bosib tuproqni
bo’shatib yuboradi. So’ngra yog’in suvlari yoki shamol tufayli u erlarda tuproq eroziyasi boshlanadi.
25
Yonbag’irlari tik bo’lgan erlarni noto’g’ri h’aydash suv eroziyasi jarayonini juda h’am tezlashtiradi. Bunday erlarni
ko’ndalangiga h’aydash, iloji boricha bir yillik ekinlarni kamroq ekish kerak.
Suv eroziyasi – tuproq h’osildor ustki qavatining yomg’ir, jala va qor suvlaridan h’osil bo’lgan oqimlari bilan yuvilishidir.
Bu xodisa natijasida er yuzasida chuqurchalar, jarlar h’osil bo’ladi.
Suv eroziyasining xavfli turlaridan biri sel h’odisasidir. Kuchli jala natijasida vujudga keladigan oqim bo’lib, tuproqni
yuvish bilan birga o’z yo’lida uchragan h’amma narsani olib ketadi, juda ko’p erlarni ishdan chiqaradi. Natijada qishloq xo’jaligi
katta zarar ko’radi. Shamol eroziyasini - defalyatsiya deb h’am ataladi, yunon tilidan olingan bo’lib – puflayman degani.
Bunda er yuzasidagi tuproq va jinslarning mayda, kuruq zarrachalari shamol ta’sirida emirilib, uchirilib, boshqa joylarga
ko’chiriladi. Shamol tuproqning chirindili ustki h’osildor qismini, ba’zan esa xaydalgan qismini butunlay uchirib ketadi,
natijada tuproqdagi o’simlikning o’sishi uchun zarur elementlar kamayib, tuproqning h’osildorligi juda h’am pasayib ketadi va
ishdan chiqadi. Shamol eroziyasi O’rta Osiyo tekislik qismida Qozog’iston, Shimoliy Kavkazda, Rossiya va G’arbiy Sibir
tekisliklarining janubida keng tarqalgan.
Shamol eroziyasining vujudga kelishnga ma’lum rayonda kuchli shamollarning esishi, iqlimning qurg’oqchiligi,
tuproqning mexanik tarkibi va chirindining kamligi, o’rmonlarni plansiz, kesilishi chorva mollarini surunkasiga bir joyda
boqish va boshqalar asosiy sababchidir.
Agar Qizilqum va Qoraqumda mollar surunkasiga bir joyda boqilsa 3 - 4 yil ichida qum ko’chib barxanlar vujudga
keladi. O’sha barxanlarni to’xtatish uchun o’simliklar ekilsa, 15 - 20 yil kerak bo’ladi.
Shamol eroziyasi maxalliy va chang bo’ronli kabi ikki turga bo’linadi:
Maxalliy shamol eroziyasi - chang bo’ronli bo’lmasdan shamolga ro’para karagan erlarni asta -cekinlik bilan emirilib,
uchirib boradi. Natijada, ma’lum vaqtdan so’ng o’sha joylardagi tuproq kam h’osilli erlarga aylanadi.
Chang bo’roili eroziya - juda kuchli shamol natijasida sodir bo’ladi. Bunda nuragan chang to’zonli zarrachalar
h’avoga ko’tarilib, h’avo tarkibini o’zgartirib, qorong’ulashtirib yuboradi. Bunday shamol eroziyasi h’ar 3 - 5, 10 - 20
yilda qaytarilishi mumkin.
Bu ko’rinishdagi eroziya tufayli 1 - 2 va h’atto 2 - 25 sm qalinlikdagi ustki qismi uchib ketadi. Natijada qishloq xo’jalik
ekinlari nobud bo’ladi.
Orol sath’ining pasayishi tufayli anchagina maydonni tuz bosgan. Chang bo’ronlar sho’r tuzlar va qumlarni uzoq
masofalarga, jumladan quyi Amudaryoga olib borib, sug’oriladigan erlarning sho’rligini oshirmoqda.
O’rta Osiyoda shamol eroziyasi natijasida qumlar ko’chib, barxanlar vujudga kelgan, h’osildor vodiylarga qum bostirib
kirishi h’ollari h’am bor. Qumlarning voxaga bostirib kirishi natijasida qadimda obod bo’lgan Quyi Zarafshon va Quyi
Amudaryodagi sug’oriladigan erlarning bir qismi h’ozir h’am qum ostida qolgan.
Suv eroziyasi – ko’proq tog’ oldi va tog’li mintaqalarda, shamol eroziyasi - tekisliklarga imatiladi. Eroziya
jarayonining oldini olmsh va unga qarshi kurash uchun: o’simliklar qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to’g’ri olib
borish, yashil h’imoya zonalarini barpo qilish, agrotexnik tadbirlarni rejali o’tkazish va boshqalar kiradi.
Sug’oriladigan dexqonchilik rayonlarida tuproqlarning sho’rlanishi asosiy ekologik muammolardan h’isoblanadi.
Tuproqlarning sho’rlanishi - sug’orishni noto’g’ri olib borganda er osti suvlari sath’ining ko’tarilishi natijasida ro’y beradi.
Birlamchi va ikkilamchi sho’rlanish kuzatiladi.
İkkilamchi sho’rlanishda suv kapilyar orqali ko’tarilib, tuzi tuproqda qoladi
yoki ortiqcha sug’orish natijasida grunt suvlari erigan tuzlar bilan sho’rlanadi.
İkkilamchi sho’rlanish ko’proq zarar etkazadi.
O’zbekistonda mavjud sug’oriladigan erlarning 50 % dan ortiqrog’i sho’rlangan. Ayniqsa, Qorakalpog’iston
Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari tuproqlari kuchli sho’rlangan. Tuproqda chirindi miqdori 30 - 50 %
gacha kamaygan. 2 mln. ga dan ortiq, erlar eroziyaga uchragan. Bunday erlar Farg’ona, Surxondaryo, Qashkadaryo viloyatlarida
keng tarqalgan.
Tuproqlarning pestitsidlar bilan ifloslanish darajasi h’am yuqori. Bunga asosiy sabablardan biri uzoq vaqt davomida
paxta yakka xukmronligidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamaytirilishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi,
mineral o’g’itlarni ishlatishni me’yorlab sho’rilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar h’olatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
Sho’rlanishning oldini olish uchun zovurlar o’tqaziladi, erlarning sho’ri yuviladi. Tuproqlarning botqoqlanishi –
asosan namlik ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofidah’am botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi.
Er yuzasining qurg’oqchil rayonlarida erlarning inson xo’jalik faoliyatida noto’g’ri foydalanish oqibatida uning tabiiy
xususiyatlari yomonlashib cho’llanish jarayoni boshlanadi.
XX – asr tarixida Afrikadagi Saxroi Kabirdagi Soxil mintaqasida 1968 - 73 yillarda bo’lib o’tgan falokatli cho’llashish
xodisasi o’chmas iz qoldirdi. Shu yillarda qurg’oqchilik nixoyatda kuchli bo’lgan. Tabiiy yaylovlar nam etishmasligi tufayli
qurib, mah’suldorlik keskin kamayib ketgan, buta, daraxtlar qurigan. Oqibatda dexqonchilik yaylov chorvachiligi bir necha yillar
mobaynida katta zarar ko’rdi, ah’oli o’rtasida ochlik va o’lim avj oldi.
İnson ta’sirida tashkil topgan cho’llarning jami maydoni 9,1
mln. km
2
ni tashkil qiladi.
Cho’llanish Osiyo, Afrika, Avstraliya mamlakatlarida kuchli darajada sodir bo’lmoqda. Olib borilgan h’isob - kitoblarga
qaraganda keyingi 20 yil mobaynida butun dunyoda cho’llanish natijasida etkazilgan umumiy zarar 520 mlrd. AQSh dollarini
tashkil qiladi.
Resggublikaning 70 % dan ortiq xududi cho’l va chala cho’l mintaqalarida joylashganligi sababli sug’oriladigan erlarda
sho’rlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda er osti suvlari sath’ining ko’tarilishi kabi xodisalar keyingi vaqtlarda katta
maydonlarda ro’y bermoqda. Buning oqibatida qishloq xo’jaligida foydalaniladigan erlarning maxsuldorligi borgan sari pasayib,
oziq vqat, em - xashak, sanoat xom - ashyolarini etarli miqdorda etishtirib berish murakkablashmoqda.
Cho’llanish h’odisasi bilan yagona ilmiy dastur asosida barcha joylarda muntazam kurash olib borish shu kunning dolzarb
masalasiga aylangan. Bu borada O’zbekistonda h’ozirgacha ma’lum darajada amaliy ishlar bajarilmoqda. O’zbekistan
Respublikasi cho’llanishga qarshi kurash Xalqaro konventsiyasiga imzo chekkan.
Undan tashqari respublikada er va er resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida «O’zbekiston
Respublikasida Er to’g’risida»gi qonun qabul qilingan.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |