Mizoj .
MIZOJ (arab)., temperament — shaxs
faoliyatining individual xususiyatlari, yaʼni
alohida psixik jarayon va holatidagi
tempi, ritmi, intensivligi tavsifi, fiziologik
jihatdan nerv sistemasi faoliyatining
tiplariga bogʻliq. Bu kishidagi hissi-
yotning qoʻzgʻalishi va uning umumiy
harakatchanligida namoyon boʻladi. Har
qaysi kishidagi hissiyotning qoʻzgʻalish
tezligi, kuchi va barqarorligi har xil. Bu
organizmning atrof muhit taʼsiriga
javoban koʻrsatadigan ixtiyorsiz
reaksiyalarida ayniqsa yaqqol koʻrinadi.
Bu xususiyatlar tashqi tomondan
kishining imo-ishoralari (mimikasi)da
ifodalanadi. Kishi hissiyotining bunday
qoʻzgʻaluvchanlik xususiyatlari
diqqatyaing kuchi va barqarorligida, iroda
sifatlarida, akliy jarayonlar, jumladan,
nutq tezligida aks etadi. Ixtiyorsiz
faollikning qanday yuz berishiga qarab
kishilar sustkash, la-pashang yoki tezkor,
betoqat, sergʻayrat kabi sifatlarga
ajratiladi. Shu xildagi individual
xususiyatlardan kishining M.i tarkib
topadi. M. tushunchasi Gippokrat
davridayoq maʼlum boʻlgan. M. haqida 2
xil nazariya — gumoral va morfologik
nazariya muvjud. Gumoral nazariya eng
qad. boʻlib, unga koʻra, M. organizmdagi
muayyan suyuqlik (xilt)lar xususiyatlari
bilan bogʻliqdir. Bu nazariyada Gippokrat
taʼlimoti asosiy oʻrinda turadi. Unga koʻra,
odam M.ining turlicha boʻlishi
organizmdagi 4 suyuqlik — qon, safro,
balgʻam, qora oʻtning nisbati bilan
bogʻliq. Organizmdagi qaysi
suyuqshkning ustun boʻlishiga qarab,
odam M.i jihatdan 4 tipga: sangvinik,
xolerik, melanxolik va flegmatik M.larga
boʻlinadi. Bu tiplarning psixologik tavsifini
I. Kant sistemalashtirgan. Shunga
muvofiq, sangvinik M. chaqqon, ildam,
har xil voqealarga hozirjavob, gʻam-
gʻussa va muvaffaqiyatsizliklarga
bardoshli, taassurotlarni joʻngina
oʻzgartira oladigan xususiyatlarga ega
shaxs Mizoj . Xolerik M.lilar joʻshqin,
qiziqqon, serjaxl, serzarda, kayfiyati tez
oʻzgaradigan kishilardir. Melanxolik M.
egalari jurʼatsiz, hadiksiraydigan,
arzimagan narsadan juda
tashvishlanadigan, yuvvosh, sustkash
boʻladilar. Flegma-t i k M. —suyet harakat,
vazmin, sovuqqon, turgʻun kayfiyatli, ruhiy
holati tashqaridan yaxshi sezilmaydigan
xususiyatli shaxs Mizoj . Morfologik
nazariya (E. Krechmer va U. Sheldon)
M.ni tana tuzilishiga va tashqi qiyofasiga
qarab belgilaydi. M.ning markaziy nerv
sistemasi bilan bogʻliq ilmiy nazariyasini
I. P. Pavlov ishlab chiqqan. U nerv
sistemasini 3 asosiy xususiyatga:
qoʻzgʻalish va tormozlanish kuchi, bu
jarayonlarning muvozanati va ularning
ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq
qilishini anikdadi. Fanning hozirgi
taraqqiyot bosqichida psixologlar M.ning
oliy nerv faoliyati xususiyatlari bilan
bogʻliqligi toʻgʻrisidagi gʻoyalarni ishlab
chiqishdi. MIZORAM — Hindistonning
shim.-gʻarbiy kismidagi shtat, sharq va
jan. tomondan Myanma, gʻarbda
Bangladesh bilan chegaradosh. Maydoni
21,1 ming km². Aholisi 891 ming kishi
(2001), asosan, tibet-myanma guruhi
xalqlaridan iborat. Ahsshining katta qismi
mizo va ingliz tillarida soʻzlashadi. Maʼ-
muriy markazi — Ayvzol shahri
M. 1972 yilgacha Assom shtati
tarkibidagi okrug , oʻsha yildan itti-
foqsosh hudud maqomini olgan. 1987 yil
fevral oyidan Hindistonning teng xuquqli
shtati. Shtat hududining katta qismi
togʻlardan iborat. Balandligi 1000– 2000
m. Iqlimi nisbatan salqin, faqat jan. da
issiq va sernam. Yillik yogʻin shim. da
2100 mm dan jan.da 3500 mm gacha.
M.— agrar shtat. Shtat aholisining 60%
qishloq xoʻjaligida band. Asosiy ekini —
sholi; shuningdek, makkajoʻxori, paxta,
kartoshka, tamaki, shakarkamish,
sabzavotlar ham ekiladi. Mevali boglar,
choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda,
asosan, choʻchqa boqiladi. Togʻli r-
nlarning V, qismi oʻrmon. Sanoatida
oʻrmon sa-noati yetakchi.
Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻlda turli
matolar, gilam toʻqiladi, qamishdan
shlyapalar, savatlar yasaladi. Ipakchilik,
elektronika, oziq-ovqat sanoati
korxonalari, konserva, sharbatlar ishlab
chiqarish, yogʻmoy, choy zavodlari
mavjud. Konchilik rivojlangan.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Manbalar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Last edited 5 years ago by Ximik1991Bot
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Mizoj_.&oldid=1826766
" dan
olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |