Ijtimoiy-iqtisodiy



Download 1,01 Mb.
Sana01.08.2021
Hajmi1,01 Mb.
#135344
Bog'liq
Jismoniy tarbiya


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM MAXSUS VAZIRLIGI

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

IJTIMOIY-IQTISODIY ” FAKULTETI

IJTIMOIY ISH ” KAFEDRASI

JISMONIY MADANIYAT VA SPORT” FANIDAN





Mavzu: Jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishda maxsus mashqlarning ahamiyati.

20.126-guruh talabasi:



Bajardi: Jo`rayeva Anisa

Qabul qildi: Ashur Normurodov

Toshkent 2020

R E J A :

1. Jismoniy tarbiyaning tarixi va vujudga kelishi.

2.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.

3. Jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishda maxsus mashqlarning ahamiyati.



1. Jismoniy tarbiya va sport tarixi qadimgi davrda jismoniy tarbiyaning vujudga kilish xususuyatlarini o’rganishdan boshlanadi. Qadimgi dunyo jismoniy tarbiyasi deganda insoniyat bosib o’tgan ikki tarixiy -ijtimoiy davr –ibtidoiy jamoa tuzumi va quldorlik tuzumi jismoniy tarbiyasi tushuniladi. Insoniyatning eng qadimgi davr tarixi 3-3,5 million yil avval boshlanib, milodiy IV asrgacha davom etgan. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, odamzod dastlab Afrika, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyida paydo bo’lgan. Keyinroq esa Osiyo va Yevropaning boshqa hududlariga kirib borgan. O’rta Osiyoda ham eng qadimgi odamlarning yashashlari uchun qulay sharoitlar majud bo’lgan. Ilk davrlarda odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar va turli tabiiy ofatlardan (shamol, sel, sovuqlik, hayvonlarning hujumi va h.k.) saqlanish uchun harakat qilganlar. Inson uchun kerakli hayotiy malaka va ko'nikmalar jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ularning bevosita mehnat faoliyati jarayonlarida hosil qilingan. Yoshlar barcha mehnat va jismoniy harakat faoliyatlarini katta yoshdagilardan o'rgangan hamda ularga taqlid qilib rivojlantirgan. Qadimgi odamlar mehnat va yashash uchun kurash jarayonida aqliy va jismoniy rivojlanishi tezlashgan. Ular ov qurollarini yasash, olov yoqish, kiyinish, jismonan baquvvat bo’lish uchun bolalarni maxsus mashqlar bilan tayyorlash kabi juda ko’p ijtimoiy turmush tajribalariga ega bo’lganlarMehnat bilan bog’liq bo’lgan turli musobaqalar, o'yinlar mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi va ulardan urug’ jamoasining turli yoshdagi guruhlari foydalangan Turli xil jismoniy mashqlarning (kurash, otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik va h.k.) o’yinlar tarzida vujudga kelishi ibtidoiy jamiyat tarbiyasida tubdan o’zgarishlar yasash uchun turtki bo’lgan. Ijtimoiy mehnat va madaniyat jarayonlari deyarli barcha qit'alarda turli darajada shakllanib, keyinchalik tobora rivoj topgan. Urug’chilik jamoasi to’da davrining davomi bo’lib, bundan 40 -35 ming yillar ilgari boshlangan. Yoshlarni gurzi, nayza irg’itishga, yoydan o’q otishga o’rgatish ibtidoiy jismoniy tarbiya yonalishlaridan hisoblanib, uning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan. Hindular qabilasida kauchuklardan koptoklar, maxsus chana yasaganlar. Ulardan xo’jalik yumushlari va turli musobaqalarda ham maqsadli foydalanganlar. Sharqiy Afrikadagi ibtidoiy qabilalarda langarcho'p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham o’tkazilgan. Ularni turli bayramlarda namoyish etishgan.Shimoliy va Janubiy Amerikada yevropaliklarning istilosiga qadar katta rezina koptok, chavgon va raketkalardan foydalanib o’ynaladigan yozgi va qishki o’yinlar rasm bo’lganligi aniq manbalarda o’z ifodasini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida suvda suzish, kanoe va baydarka xilidagi yengil uzunchoq qayiqlarda eshkak eshish ham keng qo’llanilgan. Sharqiy Braziliya xalqlari orasida qiz va yigitlar hayotida kerak bo’lgan epchillik, chaqqonlik chidamlilik, jasurlik va qat'iyatlilik kabi qobiliyatlar hamda sifatlarga ega bo’lishi lozim edi. Shu tariqa jismoniy tarbiya shakllanib, rivojlanib bugungi kunda o`z o`rnini muhim fanlardan biri hisoblanadi.

2. Jismoniy tarbiya aholining umumiy tarbiyasini bir qismi bo'lib, bu tarbiya jarayonida aqliy,ahloqiy, estetik hamda mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi: 1. Mamlakat aholisini sog'lomlashtirish.



2. Yoshlar va aholini har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash.

3.Mexnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash.

Bu maqsadga erishishda aholining yoshi, jinsi, sog'ligi, jismoniy tayyorgarligi hamdaqiziqishlari hisobga olingan holda vazifalar belgilanadi. Bu bilan jismoniy tarbiyaning umumiyvazifalari shakllanadi. Tarbiyachi, murabbiylar oldida faqatgina sportda oliy natijalarga erishishemas balki, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash vazifasi turish kerak. Bu vazifaninazariy va amaliy jihatdan etuk bo'lgan hamda o'z kasbini sevadigan mutaxassislar amalgaoshiradilar. Sog'liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni kamol toptirish va harakat malakava ko'nikmalarini shakllantirish masalalarini amalga oshirishda shug'ullanuvchilar tarkibixususiyatlarga muvofiq yondashiladi. Bolalar jismoniy tarbiyasi ularni har tomonlama uyg'unrivojlanishini ta'minlash va sog'lomlashtirish vazifalarini hal etsa, ayollar jismoniy tarbiyasiularni kelgusi hayotga tayyorlashdan iborat bo'ladi. O'smirlar va kasb tayyorgarligi talab etuvchimutaxassislar jismoniy tayyorgarligi jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, sportda texnik va taktiktayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarliklarni ta'minlash, amaliy jismoniy tayyorgarlikasoslarini o'rganishdan iborat bo'ladi. Jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari: Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishmaqsadida organizmning shakllari va funktsiyalarini uyg'un ravishda jismonan kamol toptirish,aholining sog'ligini mustahkamlash, uzoq umr ko'rishini ta'minlash.



Harakat malaka va ko'nikmalarini hamda jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mahsusbilimlarni shakllantirish.

Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik bilan birqatorda shaxsning ma'naviy, irodaviy va estetik sifatlarini tarbiyalash.

Aqliy, intellektualkamolotga etkazish.Sog'lomlashtirish jismoniy rivojlantirish hamda harakat malaka va ko'nikmalarinishakllantirish vazifalari jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar yoshi, jinsi hamdashaxsiy xususiyatlariga qarab turli shakllarda bo'ladi. Bolalarning

jismoniy tarbiyasi ularniuyg'un jismoniy rivojlanishi va organizmini chiniqtirishga qaratilgan bo'lsa, sport bilanshug'ullanishda sport turi bo'yicha mutaxassislikka erishi va sportda yuksak natijalar ko'rsatishgayo'naltirilgan bo'ladi. Ayollar jismoniy tarbiyasi ular sog'ligini mustahkamlash hamda onalikkajismoniy jihatdan tayyorlash bo'lib, keksalar jismoniy tarbiyasi davolash jismoniy mashqlari,toza havoda sayr qilish va dam olish shaklida bo'lib umr uzaytirishga qaratilgan bo'ladi.Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda bosh omilmurabbiylar hamda tashkilotchilar hisoblanadi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilanshug'ullanuvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarliklari, sog'ligi hamda qiziqishlari hamjismoniy tarbiyani amalga oshirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Mashg'ulotlarni tashkil qilishdajismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasini amalga oshirish ko'zlanmasa, tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin emas.

3. Jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishda maxsus mashqlar juda katta ahamiyatga egadir. Jismoniy mashqlar, tabiatdagi sog'lomlashtiruvchi kuchlar va gigienik omillar jismoniytarbiya vositalarini tashkil etadi.Jismoniy mashqlar-jismoniy tarbiya qonuniyatlariga muvofiq ravishda foydalaniladiganharakatlarni, insonni jismoniy tarbiyalash vositasidir. Jismoniy mashqlar tarixiy jixatdan tarkibtopib, uslubiy jixatdan gimnastika, o'yin, sport va turizm sifatida shakllangandir. Jismoniytarbiya vositasi sifatida jismoniy mashqlar mashg'ul bo'luvchining aktiv harakat faoliyatiniko'zda tutadi. Jismoniy mashqlarning o'ziga xos xususiyatlari harakatlarni shakllantirish vatakomillashtirishga bo'lgan ishtiyoq, harakatlarning maqsadi va unga erishish vositalari haqidagitasavvur hamda harakatlarni bajarish niyati va iroda urinishlarida ifodalanadi. Jismoniymashqlar insonni dunyoqarashini, psixik ruhiy faoliyatini kengaytiradi va takomillashtiradi. Histuyg'ulari va irodasini, harakterini kamol toptiradi.Jismoniy mashqlarning kelib chiqishi inson jamiyatining uzoq o'tmishiga borib taqaladi.Jismoniy mashqlarning paydo bo'lishida moddiy xayot sharoitlari-dastavval butun mehnatfaoliyati hal qiluvchi rol o'ynagan. Mehnat, jangovar va turmush faoliyatidan tarixiy jixatdanolingan mashqlardan tashqari (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, biror narsaniirg'itish, og'ir narsani bir joydan ikkinchi joyga ko'tarib o'tish, suzish va h.k.), mashqlardan tashqari, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish jarayonida mahsus yaratigan vaanalitik mashqlar deb atalgan mashqlar paydo bo'ldi. Bu mashqlar harakat sifatlarinirivojlantirish uchun shuningdek alohida pedagogik yoki davolash vazifalarini hal etish uchunqo'llaniladi.Jismoniy mashqlar insonning ongli harakati natijasidir. Ular shakli va ta'siri hamdabajaradigan vazifalariga muvofiq bir qator turlarga bo'linadi.





Bizga malumki, jismoniyharakatlar siklik-harakatlar takrorlanuvchi va atsiklik harakatlar-harakatlar takrorlanmaydiganharakatlarga bo'linadi. Demak jismoniy mashqlar ham shunday harakatlarga bo'linadi. Yugurish,gimnastika, suzish mashqlarini siklik mashqlar yoki harakatlar, sport o'yinlari, yakkakurashusullari, suv polosi, shu kabilar - atsiklik mashqlar yoki harakatlar deyish mumkin. Shunindek jismoniy mashqlarni Umurivojlantiruvchi mashqlar, maxsus mashqlar, yordamchi mashqlar turlariga ajratish mumkin. Umum rivojlantiruvchi mashqlar ertalabki badan tarbiya, jismoniytarbiya darslari va sport trenirovkalari tayyorlov qismida shug'ullanuvchilarning mashg'ulotningasosiy qismiga va jismoniy yuklamalar ta'siriga tayyorlash, davolovchi jismoniy mashqlarsifatida foydalaniladi. Maxsus mashqlar bir sport turiga xos bo'lgan jismoniy harakatlar yokimashqlardir. Engil atletikachining yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari yoki futbolchining to'psurishi, tup chiqarishi, qabul qilishi, to'pni bosh bilan o'ynashi, gimnastikachining jihozlardagimashqlari, erkin va saf mashqlari va h.k. yordamchi mashqlar esa maxsus mashqlar texnikasiniegallashga yordam beruvchi mashqlar to'plami: trenajerlardagi mashqlar, soxta raqib bilanharakatlar, aldov harakatlari. Jismoniy mashqlar ular jismoniy tarbiya qonuniyatlari negizidaqo'llanilmaydigan bo'lsa, salbiy natija berishi, zarar keltirish mumkin. Mashg'ulotlargapedagogik jixatdan to'g'ri rahbarlik qilish, o'rgatish va tarbiyaning maqbul uslubiyoti jismoniymashqlarning ratsional ta'sirini belgilaydigan omildir.Shu bilan birga quyidagi omillarni ham hisobga olish zarur: 1. Shug'ullanuvchining o'ziga hos hususiyatlari (yoshi, jinsi, sog'ligi, tayyorgarlik darajasi,mehnat, o'qish, dam olish, turmush rejimi). 2. Jismoniy mashqlarning o'ziga hos hususiyatlari, ularning murakkabligi, yangiligi,yuklamasi, emotsiya berishi va boshqalar. 3. Tashqi sharoitning alohida hususiyatlari (meteorologik, mahalliy hususiyatlar, jihozlarva snaryadlarning sifati, mashg'ulot joyining gigienik holati va boshqalar). Jismoniy mashqlar barcha hodisalar va jarayonlarga o'xshash o'zining mazmuni vashakliga ega. Jismoniy mashqlar mazmuni tushunchasiga bir butun qilib jamlangan qatorjarayonlar kiradi, bu jarayonlar ta'siri ostida harakat faoliyati rivojlana boradi. Jismoniymashqlarning mazmuniga ana shu harakat faoliyatlari qismlarining jami ham kiradi (masalan,yugurib kelib turib uzunlikka sakrash tushunchasiga yugurib kelish, sakrash, parvoz, ergatushish tushunchasiga ham kiradi), shuningdek, harakat mashqlarini bajarish vaktida organizmdasodir bo'ladigan barcha funktsional o'zgarishlar ham shunga kiradi. Bu elementlarning hammasijismoniy mashqlarning umumiy mazmunini tashkil etadi.Jismoniy mashqlarning shakli ularning ichki va tashqi strukturasi va tashkil etilishdaniboratdir. Jismoniy mashqlarning ichki strukturasi harakatlarni bajarish vaqtida asosiyfunktsiyalarni ta'minlaydigan o'zaro aloqalar, o'zaro muvofiqlik jarayonlari qandayligi bilanharakterlanadi. Jarayonlarning aloqasi, bir- biriga muvofiqligi, masalan, shtanga ko'tarishdagiganisbatan yugurish chog'ida boshqacha bo'ladi, shuning uchun ana shu mashqlarning ichkistrukturasi ham har xil bo'ladi. Mashqlarning tashqi shakli ko'zga ko'rinib turadi. Jismoniymashqlarning mazmuni bilan shakli o'zaro aloqada. Mazmun mashqlarning ancha serharakat,to'xtovsiz o'zgarib turadigan tomonidir. Mazmun shaklga nisbatan etakchi rol uynaydi;mazmunning o'zgarishi bilan shakl o'zgaradi, masalan, turli masofaga yugurishda tezlik sifatlarihar xil bo'ladi va yugurish texnikasining komponentlari: qadamning kattaligi, gavdani tutishholati va boshqalar ham har xil bo'ladi. Jismoniy mashqlar texnikasi: Har bir erkin harakatda harakat vazifasini, harakatmaqsadini va mazkur vazifani hal qilish uchun zarur bo'lgan usulni farq qila bilmoq kerak. Ko'phollarda ayni bir xil harakat vazifasi turlicha usullar bilan bajarilishi mumkin. Biroq bularningichida ancha samarali usullar ham bor. Jismoniy mashqlarning harakat vazifasini maqsadgamuvofiq ravishda, ancha samarali hal qilinishiga imkon beradigan bajarish usullarini jismoniymashqlar texnikasi deb atash qabul qilingan. Jismoniy mashqlar texnikasi to'xtovsiz o'zgaribturadi va takomillashib boradi. Sportchilarning doimo rekord natijalarga erishish uchun intilishi,ta'lim uslublarining takomillashtirilishi va harakat qonuniyatlarining chukur ilmiy asosda ishlabchiqilishi jismoniy mashqlarning yangi hamda samarali shakllarini topishga olib kelmoqda. Jismoniy mashqlarning shug'ullanuvchilar organizmigata'sirining samaraliligi hamda mashqlar texnikasini muvaffaqiyatli bajarish harakatlanayotgangavdaga, uning qismlariga yoki harakatlanadigan buyumga qanchalik to'g'ri yo'nalishberilganiga bog'liq. Yuqoriga- pastga, oldinga-orqaga, o'ngga-chapga bo'lgan yo'nalishlarniodam gavdasining asosiy yo'nalishi deb atash qabul qilingan. Aylanma harakatlarningyo'nalishini gavda yuzasidan qarab quyidagi terminlarni qo'llab aniqlanadi: oldinga va orqagasagittal: chapga va o'ngga gorizontal harakatlar uchun. Asosiy yo'nalishlarga qo'shimcha qilib turli xil oraliqdagi yo'nalishlarni ajratib ko'rsatish mumkin.



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.Л.Матвeeв. Жисмоний тарбия назарияси ва мeтодикаси. Москва. 1982.

2. А.Нормуродов. Жисмоний тарбия. Тошнот. 1998.

3. A.Abdullaev, Sh.Xonkeldiev. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati”. Toshkent-2006 yil.



Foydalanilgan internet manzilari:

  1. www.google.uz 2. www.ZiyoNet.uz

Foydalanilgan nashriyot saytlari:

  1. Davr-press nashriyot – matbaa uyi(29202)




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish