A n V a r c h o r iy e V



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

Jomiy A.
Tanlangan asarlar. Toshkent, 1971, 11-bet.
Naqshbandiya ta’limotining yirik namoyandalaridan biri — Husayn Voiz 
Koshifiy taxminan 1440-yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Boy- 
haq kentida tug‘ ilgan. Boshlang‘ ich ma’lumotni ona shahrida olgan. Arab, fors, 
turkiy tillami mukammal bilgan. Matematika, astronomiya, kimyo, musiqa, 
adabiyot, fiqh kabi fanlami har tomonlama o‘rgangan. Tez orada ko‘ zga ko‘ ringan 
voiz — notiq bo‘lib tanilgan. Shuning uchun ham, avval Nishopurda, 1455— 
1468-yillarda esa Mashhadda voizlik qilgan. 1468-yilda Hirotga kelgan va Temuri­
ylar rahnamoligida faoliyat ko‘rsatgan. 1505-yilda Hirotda vafot etgan. U falsafa, 
axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, 
matematika, musiqa, voizlik, din tarixi, fiqh, tibbiyotga doir 200 dan ortiq 
asar yozgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


fikr u yaratgan axloqiy ta’limotning asosiy g‘oyasidir. Uning 
fikriga ko'ra, insonning barcha ijtimoiy fazilatlarining asosida 
axloqiy xislatlar turadi. Lekin axloqiy xislatlar ijobiy yoki sal­
biy bo'lishi mumkin. Ijobiy axloqiy xislatlar insonni har to­
monlama ulug‘lasa, salbiy axloqiy xislatlar uni inqiroz tomon 
yetaklaydi. Shuning uchun ham, salbiy axloqiy xislatlami har 
tomonlama qoralaydi va uning nafaqat inson, balki jamiyat uchun 
ham katta zarar olib kelishini, bir qator hikoyatlar, rivoyatlar 
asosida tushuntirib beradi.
Husayn Voiz Koshifiyning e’tirof etishicha, axloqiy normalar 
inson xulq-atvorini, xatti-harakatini tartibga solib turadi. Shuning 
uchun ham, ijobiy axloqiy xislatlar barchaning ijtimoiy qiyofasi- 
dan mustahkam o'rin egallashi darkor. U ana shunday axloqiy 
xislatlar sirasiga: sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlilik, 
saxiylik, saxovat, rostgo'ylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, 
himmat, diyonat, vafo, andisha, izzat-hurmat kabilami kiritadi. 
Ushbu axloqiy xislatlar inson ijtimoiy fazilatlarining qaror topishida 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, deydi.
Koshifiyning ishontirishicha, insonning eng muhim axloqiy 
fazilati adolatdir. Agar adolat inson uchun eng muhim, mutlaq 
axloqiy fazilat bo'lsa, insonning boshqa fazilatlari uning xiz- 
matkoridir, deydi. Adolat tushunchasini har tomonlama asoslab 
berishga harakat qiladi. Xususan, adolat insonning axloqiy 
barkamolligini ifodalovchi eng muhim fazilat bo'lsa, adolatsizlik
— inson axloqsizligi tubanlashganligini ifodalovchi alomatdir. O'z 
navbatida, adolat kishilar o'rtasidagi tenglikni, bir toifa kishi- 
larning boshqa toifa kishilar ustidan tazyiq o'tkazmasligi, 
zo'ravonlik qilmasligini ifoda etuvchi ko'rsatkich vazifasini ham 
bajaradi. Adolatning qudrati Qur’oni Karim va Shariat qonun- 
qoidalariga amal qilish bilan o'lchanadi.
Adolat, o'z navbatida, davlatni oqilona boshqarayotgan hukm- 
dorlar faoliyati oichovchi mezondir. Shuning uchun Koshifiy 
adolatni mamlakat farovonligi, boyligi, xazinaning ma’murligi, 
shahar va qishloqlaming obodligi bilan bog'laydi. Qayerda adolat­
sizlik hukm sursa, o'sha yerda mamlakat inqiroz, tanazzulga uchraydi.
Husayn Voiz Koshifiyning fikriga asosan, axloq aqlga 
bo'ysunishi darkor. Inson xush axloq-odobga ega bo'lmog'i uchun 
tinimsiz ilm-fanni egallashi lozim. Fanlar — nazariy va amaliy
www.ziyouz.com kutubxonasi


fanlaiga bo'linadi. Inson axloqiy qiyofasining shakllanishida amaliy 
fanlar muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Uning tushuntirishicha, 
fanlar uch turkumga bo'linadi. Birinchi turkumga kasb-hunar 
malakalarini shakllantiruvchi fanlarni kiritadi. Ushbu fanlar 
yordamida insonda kasb-hunar malakalarini aks ettiruvchi pro­
fessional qiyofa hosil bo'ladi. Ikkinchi turkumga kiruvchi fanlar
— inson kuzatishi bilan bog'liq. Kuzatishga asoslangan fan hech 
qanday dalil, isbotni talab qilmaydi. Uchinchi turkumga — ilo­
hiy fanlarni kiritadi.
Xurosonlik olimning fikricha, ilm-fanni inson mol-u dunyo 
to'plash uchun ishlatmasligi, balki odamlarning kundalik tur­
mushi, yashashi uchun xizmat qildirishi lozim. Ilm-fan qadr- 
qiymati amaliyot uchun, kishilaming turli ehtiyojlarini qondirish 
uchun qo'shgan ulushi bilan belgilanadi. U bilim bilan ama­
liyot birligini ta’minlash yo'llari, uslublarini izlaydi. Lekin ilm- 
fan bilan amaliyot birligini ta’minlash yo'llari, uslublarini aniq 
belgilab bera olmaydi. Koshifiy amaliyot deganda kishilar ta’lim- 
tarbiyasini tushunadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, yoshlar tar­
biyasiga ko'proq e’tibor beradi. Bolalarni yoshligidan kasb-hu- 
narga o'rgatish zarur, buning uchun esa har bir tarbiyachi o'zi 
tarbiyalayotgan bolaning yaxshi yoki yomon odatlarini aniq bilib 
olmog'i zarur, deb hisoblaydi.
Koshifiy kishilarni besh guruhga bo'ladi. Birinchi guruhga 
mansub kishilar o'z tabiati, kelib chiqishiga asosan yaxshi, 
ezgu, savob ishlar qilishga moyil bo'ladilar. Bunday kishilarni 
hamisha qo'llab-quwatlash zarur. Ikkinchi guruhdagi kishilar 
faqat o'zi haqida o'ylaydi, boshqalarga hech foydasi tegmaydi. 
Bunday kishilarni ham qadrlash, ularni xayrli ishlar qilishga 
da’vat etish lozim. Uchinchi guruhga mansub odamlar jamiyatga 
na foyda, na ziyon yetkazadilar. Bunday kishilarni yaxshi ham, 
yomon ham deb bo'lmaydi. Ulami yaxshilik qilishga, yomon- 
likdan qochishga chorlash darkor. To'rtinchi guruhga kiruvchi 
kishilar birovga yomonlik qilmasalarda, tanbeh berishga loyiq 
odamlar hisoblanadi. Beshinchi guruhga axloqsiz-odobsiz, yovuz 
odamlarni kiritadi. Bunday kishilarga nisbatan jazo choralarini 
qo'llash va ulaming tarbiyasi bilan shug'ullanish lozim, deydi.
Naqshbandiya qoidalarini umuminsoniy madaniyatning yuk­
sak durdonasi, umumbashariy qadriyat darajasiga ko'tarishda
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sharqning mashhur shoiri, ulug‘ gumanist Alisher Navoiyning1 
xizmatlari beqiyosdir. Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshi­
fiy qarashlarini har tomonlama rivojlantirgan buyuk mutafakkir, 
davlatni boshqarishda umuminsoniy axloq normalarining muhim 
ahamiyatga ega ekanligini yangi dalillar bilan boyitdi.
Alisher Navoiyning ta’riflashicha, davlat boshida turgan rah­
bar sharoitga qarab ish yuritishi, zarur bo‘lsa yumshoq, lozim 
bo'lganda qattiqqo‘1, «yaxshiga-yaxshi-yu, yomonga-yomon» 
bo‘lmog‘i, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligini, ayniqsa, jazo 
tayinlash va uning ijrosida hushyor bo‘lishni, xususan, ozgina 
ayb qilib qo'ygan gunohkorga me’yoridan ortiq jazo bermaslik- 
ni, mabodo, gunohkor qatl etiladigan bo‘lsa, ijroni mumkin 
qadar kechiktirib bajarishni, chunki aybdor o‘lganidan so‘ng 
uni tiriltirib bo‘lmasligini uqtiradi2.
Navoiyning fikriga ko‘ra, davlatni boshqarayotgan hukmdor 
yaxshilik, ezgulik bilan nom chiqarishi, savodxon, ilmli, xusu­
san, tarixni yaxshi bilishi, eng muhimi — axloqan pok bo'lishi 
zarur. Jamiyatni boshqaruvchi kishi uchun adolatparvarlik o‘ta 
zarur xislat ekanligini qayta-qayta takrorlaydi. Shoir shahzo- 
dalarga qaratilgan pand-u nasihatlarida adolat normalariga qat’iy 
rioya qilishni maslahat beradi. Fuqarolaming arz-dodlariga diqqat 
bilan quloq solish lozim ekanligini aytadi.
Har necha mazlum so'zi topsa tul,
Tuli hayot istasang ulma malul.
Zulm o ‘tidin qilsa Jig‘on dodhoh,
Soya adling aro bergil panoh3.
Navoiyning nazarida, adolatli, odil podshoh — buyuklik 
timsolidir. Adolatli podshoh Xaq taolloning xaloyiqqa ko‘rsatgan
1 Naqshbandiya ta’limotining yirik namoyandasi, buyuk insonparvar shoir, 
davlat arbobi Alisher Navoiy 1441-yilda Hirotda tug‘ilgan. Yoshligidanoq adabi- 
yot, musiqa, tarix, falsafa, mantiq ilmlarini chuqur o‘rgangan. 1466—1468- 
yillarda Samarqandda yashagan. 1469-yilda Sulton Husayn Boyqaro taklifiga mu­
vofiq Hirotga kelgan va uning saroyida muhrdor bo‘lib ishlagan. 1472-yilda vazir, 
1487-yilda Astrobod hokimi etib tayinlangan. 1500-yilda sog‘Iig‘i yomonlashganligi 
uchun Hirotga qaytgan va 1501-yilning boshida vafot etgan. Uning inson to‘g‘risidagi 
qarashlari «Hamsa», «Behad nodirliklar», «Holati Sayid Ardasher», «Xolati 
Pahlavon Muhammad», «Besh hayrat», «Majolis un-nafois», «Muhabbat shaba- 
dasi», «Chor devon», «Lisson ut-tayr», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Mahbub 
ul-qulub» asarlarida bayon etilgan.

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish