Xoja Ahror Valiyning fikriga muvofiq, inson barkamollikka erishmog'i
uchun o'z biiimlarini uzluksiz oshirib bormog'i zarur. Uzluksiz
bilim olishning eng muhim yo'li — mustaqil o'qib-o'iganishdir,
ya’ni chinakam musulmon bo'lishni istovchi har bir fuqaro
mustaqil mutolaa qilish malakasiga ega bo'lmog'i zarur. Uning tu
shuntirishicha, egallagan bilim, ilm odamlaiga foydasi tegishi kerak.
Ilm, bilimni mol-mulk orttirish uchun
xizmat qildiruvchi kimsa-
lardan uzoq yurishni maslahat beradi.
Xoja Ahror o'zining «Fiqarot Ahroriya» risolasida qayd qili-
shicha, inson qalbi, ko'ngli Tangri muhabbatidan boshqa barcha
his-tuyg‘ulardan xalos bo'lganidagina, boshqacha aytganda, inson
Xudodan boshqa barcha narsalami unutishga erishsa, ana o'shanda
uning ko'ziga Tangridan boshqa hech narsa ko'rinmay qoladi.
Xullas, Xoja Ahror o'zining
turli-tuman asarlari, hikmatomuz
pand-u nasihatlari bilan Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq
G'ijduvoniy, Bohouddin Naqshband asos solgan naqshbandiya
ta’limotini umuminsoniy qadriyat darajasiga olib chiqqanligi uchun
Abdurahmon Jomiy uni «Ka’bai Maqsud» deb atagan bo'lsa,
Alisher Navoiy tariqat «Qutbi», Mirzo Bobur «Hazrati Xoja
Ubaydulloh», deb ulug'ladi. Chex olimi Feliks Tauer uni «Turkis-
tonning yorug' mash’ali», deb atadi.
Naqshbandiya ta’limotini yanada rivojlantirishga munosib hissa
qo'shgan musulmon faylasuflaridan biri Abdurahmon Jomiydir1.
Abdurahmon Jomiy XV asming
ikkinchi yarmida Xuroson, Mo
varounnahr va boshqa hududlarda naqshbandiya ta’limotining yirik
arboblaridan biri, deb tan olinar edi. Xuddi shuning uchun
ham Xurosonda shayxulislom maqomiga ko'tarildi. Uning inson
to'g'risidagi qarashlari «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun»,
«Salomon va Absol», «Bahoriston», «Lavhalar», «Sharqi Ruboi-
yot», «Iskandar aqlnomasi», «Lug'at ul-asror», «Haft avrang»
1
Naqshbandiya ta’limotining yirik arbobi — Abdurahmon Jomiy 1414-yilda
Nishopur yaqinidagi Jom shahrida tug‘ ildi. Boshlang‘ ich ma’lumotni otasidan
oldi. Hirot madrasalaridan birida va Samarqanddagi Ulug‘bek madrasalarida saboq
oldi. Zamonasining yetuk allomalari Mirzo Ulug‘bek,
Qozizoda Rumiy, AJi
Qushchilarning ma’ruzalarini tinglash baxtiga muyassar bo‘ldi. Tasawufning yirik
namoyandasi darajasiga ko'tarildi. Xusayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Xoja Ahror-
lar bilan do‘st-u birodar, maslakdosh bo‘ ldi va 1492-yilda Hirotda vafot etdi.
Mashhur rus sharqshunos olimi Ye.E.Bertelsning «Jomiy» monografiyasida e’tirof
etilishicha, o‘zidan arab tili, adabiyotshunoslik,
ilohiyot, tasawufga doir 52 ta
asarni meros qilib qoldirdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikriga muvofiq, insonni
Xudo yaratgan. Insonning yaratilish jarayonini tushuntirishda
Jomiy neoplatonizm (yangi platonizm) pozitsiyasida turadi.
Boshqacha aytganimizda, Platonning emanatsiya nazariyasini
qo‘ llab-quwatlaydi.
Jomiy o'zining «Lavoyiq» («Lavhalar») va «Sharqi Ruboi-
yot» asarlarida olamdagi barcha narsalar (jumladan, inson ham)
bosqichma-bosqich Xudodan emanatsiya yo‘li
bilan kelib chiqqan-
ligi to‘g‘risidagi qarashlarini bayon etgan. Xususan, olamning
Xudodan kelib chiqqan besh asosiy bosqichini aniqlab beradi.
Emanatsiyaning beshinchi bosqichida awalgi bosqichlar birla-
shib, ya’ni ruh bilan moddiylik qo‘shilib, bir-biriga singib ketib,
yagona borliqni tashkil etadi.
Abdurahmon Jomiy
0
‘zining «Bahoriston» asarida1 Sa’diy
Sheroziyning inson to‘g‘risidagi qarashlarini davom ettirib, in
sonning insoniyligini ifodalovchi mezonlar tizimini yaratishga
urinib ko‘radi.
Uning fikricha, ana shunday mezonlardan biri
saxovatdir. Xurosonlik mutafakkirning ta’kidlashicha, saxovat, eng
awalo, saxiylikda, qo‘li ochiqlikda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Saxovat qandaydir bir shart, talab, shuhrat orttirish yoki obro‘-
e’tibor izidan quvish evaziga bo'lmasligi zarur. Bunday saxovat,
turgan gapki, saxovat emas, balki savdogarlik bo‘ladi.
Saxiy dema saxovatga,
Biror talab qo *ysa gar odam.
Saxiylikmas bu savdogarlik,
Bunda yo'qdir sharaf va karam.
Saxovatdan kimning maqsadi —
Agar bo'lsa, shuhrat, ovoza.
Ahli karam shahrida unga,
Har doimo berkdir darvoza.1
Saxovatning mazmun va mohiyatiga putur yetkazadigan illat
— ta’ma, umidvorlikdir.
Abdurahmon Jomiyning tushuntirishicha, insonning insoniy
ligini ifodalovchi muhim mezonlardan yana biri shukronalikdir.
Buni, Jomiyning qahramoni yantoqfurush chol timsolida ko‘rish
1 Jomiyning «Bahoriston* asari turk, hind, lotin, nemis, ingliz, fransuz,
o‘zbek, rus, ozor, urdu, panjob, pushtu, chex tillariga taijima qilingan. Asami
ilk bor o‘zbek tiliga Ogahiy tarjima qilgan.
2
Do'stlaringiz bilan baham: