III. Y A N G I Z A M O N F A L SA FA SID A
M A ’R IFA TLI I N S O N S I Y M O S I
Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida XVII asr yangi davr bosh-
lab berdi. Falsafiy fikrlar taraqqiyotida ushbu davmi yangi za
mon falsafasi, deb atash urf bo‘ldi. Yangi zamonda rivojlangan
mamlakatlarda ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy o'zgarishlar sodir
bo'lib, Yevropa sivilizatsiya tarixida XVII asr —
ilmiy inqilob
davri, deb ataladi.
Yevropada ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy o'zgarishlar sodir
bo'layotgan bir sharoitda Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida
ilm-fan yutuqlarining cho'g'i pasayib ketdi. Yangi zamonning
bunday xususiyati,
shubhasiz, musulmon va xristian faylasufla
rining inson to'g'risidagi qarashlarida o'z ifodasini topdi.
1.
XVI-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA
MUSULMON FALSAFASIDA BARKAMOL INSON
G‘OYALARINING TARG'IBOT VA TASHVIQOT
QILINISHI
XVI
asrdan e’tiboran, Osiyo va Shimoliy Afrikaning ko'p
mamlakatlari madaniy-ma’rifiy hayotida ratsionalizm o'mini din
egallay boshladi. Dunyoviy fan namoyandalari quvg'in qilindi.
Natijada, jamiyat turmush tarzida ilmiy-tabiiy fanlarning o'mi
va ahamiyati kamayib bordi. Diniy bilimlar, diniy taassubning
roli orta boshladi.
Oqibatda, islom dinining qoidalari jamiyat
hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. O'rta asrlar musul
mon madaniyatining ko'rki bo'lgan tasawuf falsafasining odamlar
fikrlash tarzidagi o'mi susayib qoldi. Odamlar dunyoqarashida
sunniylikning ta’siri ortib bordi. Bunday holatni o'sha davrda
ijod qilgan musulmon faylasuflari Yusuf Qorabog'iy, Sharif
Buxoriy,
Inoyatulla Buxoriy, Boborahim Mashrab, So'fi Ol-
loyor, Maxtumquli Firog'iy asarlarida yaqqol ko'rish mumkin.
Ayrim musulmon faylasuflari esa inson borlig'ini ratsionalizm va
sensualizm g'oyalariga asoslanib talqin etar edilar. Xususan, Mirza
Bedil va uning izdoshlari Abdul Hakim Siyolkugiy Muhibbullo
www.ziyouz.com kutubxonasi
al-Hindi, Qozi Muboraklarning inson to'g'risidagi qarashlari
asosida ratsionalizm va sensualizm g'oyalari yotadi.
XVI—XVII asrlar musulmon falsafasida inson borlig'i to'g'risidagi
falsafiy bilimlarni yangi dalillar bilan boyitgan
faylasuflardan biri
Yusuf Qorabog'iy edi1. Uning inson to'g'risidagi qarashlarining
g'oyaviy-nazariy asosini Muhammad G'azzoliy va Muhyiddin Ara
biy asos solgan «vahdati vujud» ta’limoti tashkil etadi.
Sharqning buyuk insonshunos allomalari Najmiddin Kubro,
Aziziddin Nasafiyning odam va olam to'g'risidagi qarashlarini
har tomonlama rivojlantirgan Yusuf Qorabog'iy o'zining «Yetti
jannat risolasi»da inson tanasida koinotda mavjud bo'lgan barcha
narsalarning zarralari bor, inson tanasi bilan uni o'rab
turgan
atrof-muhit orasida doimiy aloqadorlik mavjud, deb tushuntiradi.
Shuning uchun katta olamning barcha xususiyatlari inson tana
sida (kichik olamda) o'z ifodasini topadi. Uning fikriga ko'ra
«Garchi olam jismlari holati va uning ajib xususiyatlari shu
qadar turli-tuman o'laroq tasawurda xayoliy bo'lib ko'rinsada,
darhaqiqat, bu jismlar zehni o'tkir ongli odamlar nazdida katta
olamning aynan nusxasidir, ular ba’zan falaklar va unda mavju-
dotdan iborat bo'lgan «universal jonzot», deb ataladi.
Universal
jonzotda Quyosh — yurak, Oy — oshqozon, Saturn — qora
taloq, Yupiter — jigar, Mars — o't xaltasi, Venera — buyrak
va Merkuriy — miya»2, deb yuritiladi. Shunday qilib, inson
borlig'ida butun olam o'z ifodasini topadi.
Yusuf Qorabog'iy inson ruhiy olamini har tomonlama
o'rganganligi bilan o'z zamondosh olimlaridan ajralib turadi.
Qorabog'iy inson borlig'i, xususan,
insonning ruhiy holati,
ruh bilan tananing o'zaro aloqadorligi haqida fikr-mulohaza yurit-
ganda, Sharq perepatiklar maktabining buyuk namoyandalari —
1 Yusuf Qorabog‘ iy 1563-yilda Ozarbayjonda Araks daryosi yaqinida joylashgan
Qorabog4 qishIog‘ ida tug‘ ilgan. 1579-yilda Qorabog‘iy Sherozga keladi va Habibullo
Mirzojon Sheroziyga shogird tushadi. Sheroziy vafotidan so‘ng, samarqandlik Xal-
ilullo Badaxshoniydan saboq oladi. Zamonasining falsafa,
astronomiya, tibbiyot
fanlari yutuqlari bilan tanishadi. Qadimiy Turon, Eron, Yunon faylasuflari asar
larini qunt bilan o ‘ rganadi. Ayniqsa, Yunon faylasufi Aristotelning «Osmon»
haqidagi kitobini sinchkovlik bilan tahlil qiladi. Adabiy va falsafiy merosi 24
asarda o‘z ifodasini topgan Najmiddin Kubro ta'limotining tolmas targ‘ ibotchisi
Yusuf Qorabog‘ iy 1647-yilda Samarqandda vafot etadi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: