• qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to ‘g‘risida
sudga iltimosnoma kiritadi yoki
iltimosnomaga rozilik beradi, yoxud
qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to ‘g‘risida sudga
iltimosnoma kiritadi;
• surishtiruv organlariga shaxslami ushlash, majburiy keltirish,
qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni, sud-
ning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi
ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini bajarishni topshi-
radi, shuningdek, prokuror yoki prokuratura tergovchisi yuritu-
vidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish
va jinoyat sodir etgan
shaxslarni aniqlash uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsat-
malar beradi;
• surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur
hollarda ushbu Kodeksga muvofiq har qanday ish bo'yicha ayrim
tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to'liq amalga
oshiradi;
• tintuv o‘tkazishga, pochta-telegraf jo ‘natmalarini
xatlash va
ularni olib qo‘yishga, telefonlar va boshqa so'zlashuv qurilmalari
orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turishga, ayblanuv-
chini lavozimidan chetlashtirishga
va qonunda nazarda tutilgan
hollarda surishtiruv organi hamda tergovchining boshqa harakatlariga
ruxsat beradi;
• dastlabki tergov muddatlarini ushbu kodeksda belgilangan
hollarda va tartibda uzaytiradi;
• ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha
tergov o‘tkazish to ‘g‘risidagi o‘z ko'rsatmalari bilan qaytaradi;
• jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokura-
turaning bir tergovchisidan boshqasiga, ushbu kodeksda belgilangan
hollarda va tartibda esa bir dastlabki
tergov organidan boshqasiga
o ‘tkazadi;
• surishtiruvchini yoki tergovchini, basharti, ular ishning ter-
govi chog'ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo'lsalar, surishtiruv
yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi;
• jinoyat ishlari qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi,
ishlarni tugatadi yoxud yuritilishini to‘xtatadi;
• qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tuga-
tishiga rozilik beradi;
• ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishlarni sudga
yuboradi.
395
Prokurorning ushbu kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq
surishtiruv va dastlabki tergov organlariga tergovga qadar tekshirish
o‘tkazish, ishlami qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘rsatmalari ana shu organlar uchun majburiydir» deyilgan. Albatta,
bu protsessual harakatlarni amalga oshirishda
prokuror qaror deb
nomlangan prokuror nazorati hujjatidan keng foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: