Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Xo‘jaIik sudlarida ishlarni ko‘rib chiqishda



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

9.4. Xo‘jaIik sudlarida ishlarni ko‘rib chiqishda
prokurorning protsessual holati
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi 
Qonuni 33-moddasi hamda «Sudlar to ‘g‘risida»gi Qonunning 
9-moddasiga asosan xo‘jalik sudlarida xo‘jalik nizolarini ko‘rishda 
prokuror ishtirokining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Unga ko'ra, 
prokuror xo‘jalik nizolarini ko‘rishda sudda ishtirok etadi. 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 43-moddasiga
346


ko‘ra, «Prokuror hamma ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga 
haqli. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga da’vo arizasini 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar xo'jalik 
sudiga esa tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va 
Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan pro­
kurorlar yoki ularning o'rinbosarlari taqdim etadi.
D a’vo taqdim etgan prokuror kelishuv bitimi tuzishdan tash­
qari da’vogaming barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlar 
bajaradi.
Prokurorning o‘z da’vosidan voz kechishi da’vogami ishni maz- 
munan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
Prokuror tomonidan huquqini himoya qilish maqsadida taqdim 
etilgan da’vodan da’vogaming voz kechishi arizani ko‘rmasdan 
qoldirishga olib keladi.
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokuror qatnashishi 
zarur deb topgan hollarda ishni ko‘rishda prokuror ishtirok etishi 
shart».
Xo‘jalik sudida ishni ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqa­
rilgan kundan boshlab, ish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda 
ko'rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak. Alohida hollarda 
ishni ko‘rish muddati xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan 
oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Xo'jalik sudi ishni ko‘rganda, ish bo‘yicha dalillarni tekshiradi: 
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning 
ko‘rsatmalarini, ekspertlarning xulosalarini eshitadi, yozma dalillar 
bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi. Ishni ko‘rish 
sudning o‘zgarmas tarkibida amalga oshiriladi.
Xo‘jalik sudida ishni ko‘rishning yana bir o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, har bir ishni ko‘rish dam olish uchun bel­
gilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Xo‘jalik sudi ish 
bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinguncha yoki ishni ko‘rish keyinga 
qoldirilguncha, boshqa ishlarni ko‘rishga haqli emas.
Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik 
qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish bo'yicha qo‘- 
shimcha materiallar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Bunday arizalar 
bo‘lmasa, raislik qiluvchi ishni tekshirish tugaganligini e’lon qiladi 
va xo‘jalik sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun chiqib ketadi.
Hal qiluv qarori imzolangandan keyin ish ko'rilgan majlisning 
o‘zida raislik qiluvchi tomonidan e’lon qilinadi. Xo‘jalik sudining
347


hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat o ‘tgach, 
kuchga kiradi. Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarga qabul qilingan kundan e ’tiboran, besh kunlik muddatda 
topshirilganligi m a’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi 
yoki tilxat olib topshiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar xo‘jalik sudining qonuniy kuchga 
kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga 
haqlidir. Apellatsiya shikoyatini birinchi instansiyada hal qiluv 
qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudining apellatsiya instansiyasi ko‘radi. 
Apellatsiya shikoyati xo‘jalik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgandan 
keyin bir oy ichida beriladi.
Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda 
apellatsiya instansiyasining qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi 
shaxslar kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellatsiya 
protesti keltirishga haqlidir (XPKning 156-moddasi).
Apellatsiya shikoyati (protesti) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
xo‘jalik sudiga hal qiluv qarori, qaror qabul Qilgan xo‘jalik sudi 
orqali beriladi.
Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi shikoyat 
(protest) tushgan kundan e’tiboran, besh kunlik muddatda uni 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jaIik sudiga ish bilan birga 
yuborishi shart.
Apellatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudining hal qiluv qarori 
yoki apellatsiya instansiyasining qarori qonuniy kuchga kirganidan 
keyin bir oy davomida berilishi mumkin.
Apellatsiya protestida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
• protest yo‘llanayotgan xo‘jalik sudining nomi;
• protest berayotgan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning nomi;
• ustidan protest berilayotgan hal qiluv qarorining yoki qarorni 
qabul qilgan xo‘jalik sudining nomi, ishning tartib raqami va hal 
qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana, nizo predmeti;
• protest bergan shaxsning talablari, moddiy yoxud protsessual 
huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanishi nimadan 
iboratligi;
• protestga ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati.
Apellatsiya protestida ishning holatlari isbotlanmaganligini yoki
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning haqiqiy munosabatlari to‘g‘risida 
hal qiluv qarori yoki qarorda bayon qilingan xulosalar ishning 
holatlariga nomuvofiqligini vaj qilib keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
348


Apellatsiya protestini berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi 
boshqa shaxslarga protest nusxasini va unga ilova qilingan, ularda 
bo‘lmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya protestining nusxasini 
olganidan keyin uning yuzasidan o‘z yozma fikrini hamda ishda 
ishtirok etuvchi shaxslarga fikr nusxalari jo'natilganligini tasdiq- 
lovchi hujjatlarni apellatsiya protesti ко‘rib chiqiladigan kungacha 
yetib borishini ta’minlaydigan muddatda xo'jalik sudiga yuborishga 
haqlidir.
Apellatsiya protesti XPKning 162-moddasiga asosan quyidagi 
hollarda qaytariladi:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoxud uni 
imzolashga huquqi bo‘lmagan shaxs yoki mansab mavqeyi ko‘rsa- 
tilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
2) apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning nusxalari ishda 
ishtirok etuvchi shaxslarga jo'natilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova 
qilinmagan bo‘lsa;
3) davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini 
tasdiqlovchi hujjat I ar apellatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, 
qonunda davlat bojini to ‘lash muddatini kechiktirish yoki bo‘lib- 
bo‘lib to ‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda 
iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tga- 
nidan keyin berilgan bo'lsa va unda o‘tkazib yuborilgan muddatni 
tiklash to ‘g‘risida iltimosnoma bo'lmasa;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellatsiya shikoyati (protesti) 
ish yuritishga qabul qilingani to ‘g‘risidagi ajrim yuborilgunga qadar 
shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish to ‘g‘risida 
ariza tushgan bo‘lsa.
Apellatsiya protesti birinchi instansiya sudining sudyasi tomo­
nidan qaytariladi. Agar protestni qaytarish asoslari kassatsiya instan- 
siyasida aniqlangan bo‘lsa, protestini shu instansiya sudining sudyasi 
qaytaradi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida ajrim 
chiqariladi. Apellatsiya 

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish