1 0 ‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi Qonuni tahririda.
0 ‘zbekiston Respubl^15' ^liy Majlisining Axborotnomasi. Т., 2001, № 1—2,
ll-m odda.
337
22
-
21
ishlari bo‘yicha sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning
qo‘llanishi yuzasidan o‘z fikrini bildiradi.
FPKning 46-moddasida qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda
prokurorning qatnashishi shart deb topgan hollarda, shuningdek,
prokurorning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlarda prokuror ishtirok
etishi shartligi belgilangan.
Fuqarolik protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga ko‘ra,
quyidagi fuqarolik ishlarida prokuror ishtiroki majburiydir:
• sud tomonidan ishda prokurorning qatnashishini zarur deb
topilgan hollarda, shuningdek, prokurorning arizasi bilan qo‘zg‘a-
tilgan ishlar (FPKning 46-moddasi);
• saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan
berilgan shikoyatni ko‘rib chiqishda (FPKning 272-moddasi);
• prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish
haqidagi arizasini ко‘rib chiqishda (FPKning 277-moddasi);
• fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni o ‘lgan
deb e’lon qilish (FPKning 288-moddasi);
• fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish (FPKning 294-
moddasi);
• apellatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida ko‘riladigan ishlar;
• g‘ayriixtiyoriy ravishda statsionarga yotqizish;
• ota-onalik huquqidan mahrum qilish to ‘g‘risidagi ishlar (Oila
kodeksining 80-moddasi).
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 11-may-
dagi «Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror ishtirokining
samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish to ‘g‘risida»gi 22-buyrug‘iga
ko‘ra, 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Oila
kodekslarida nazarda tutilgan quyidagi ishlar sudlarda ko‘rilishida
prokuror ishtiroki majburiydir:
• sud ishda prokurorning qatnashishini zarur deb topgan hol
larda;
• prokurorning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlar;
• saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan
berilgan shikoyatlar bo‘yicha ishlar;
• prokurorning huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqi
dagi arizasi bo‘yicha ishlar;
• fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish yoki o‘lgan deb e’lon
qilish to ‘g‘risidagi ishlar;
• fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga
layoqatsiz deb topish to ‘g‘risidagi ishlar;
338
• ota-onalik huquqidan mahrum qilish, shu huquqni tiklash
yoki cheklash to ‘g‘risidagi ishlar;
• shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish
to ‘g‘risidagi ishlar;
• apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ko‘rilayotgan ishlar.
Shuningdek:
• fuqarolarni ishga tiklash;
• mulkni ro'yxatdan chiqarish;
• fuqarolarni boshqa turar joy bermasdan yashash joyidan
ko‘chirish to ‘g‘risidagi ishlar;
• Oliy sud viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarning
birinchi instansiyasida ko‘riladigan ishlarda prokuror ishtiroki qat’iy
ta’minlansin deyilgan.
Shuningdek, ushbu buyruqda:
4. Boshqa turdagi fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishda ularning
dolzarbligi, murakkabligi, ijtimoiy ahamiyati va tumandagi qonu
niylik ahvolidan kelib chiqib prokuror ishtirok etishi mumkin.
5. Saylov komissiyasining xatti-harakatlari va prokurorning
huquqiy hujjatni g‘ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi bo‘yicha
qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishlarining sudlarda ko‘rilishida viloyat,
tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar
yoki ularning o ‘rinbosarlari qatnashsinlar.
6. Prokurorlar ularning ishtiroki bilan ko‘riladigan fuqarolik
ishlari yuzasidan sud majlisi boshlangunga qadar, nizoga oid huqu-
qiy-normativ hujjatlar hamda ish materiallarini o‘rganib chiqsinlar.
Ish m ateriallari bilan tanishish jarayonida ishning sudga
taalluqliligi, o‘zgalar nomidan arizani bergan shaxsning qonuniy
vakolatga ega ekanligi, ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan dalillar-
ning mavjudligi, nizo bo'yicha javobgar to ‘g‘ri jalb qilinganligi va
davlat boji to'langanligi kabi nizoning qonuniy hal etilishi uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarga alohida e’tibor qaratilsin.
7. Sudda ishtirok etuvchi prokuror taraflarning tortishuvi
prinsipiga amal qilgan holda dalil-isbotlarni tekshirish va ularga
baho berishda faol qatnashib, qo‘shimcha dalillar to ‘plashda
tashabbus ko‘rsatib, har bir dalilni ishga aloqadorligi nuqtayi naza-
ridan baholab, ishning mohiyati bo‘yicha asosli fikr bildirib, ishni
har taraflama, to ‘liq va xolisona ko‘rilishiga, qonuniy va adolatli
qaror qabul qilinishiga ko'maklashsin.
Sudda aniqlangan qonun buzilishlar yuzasidan mutasaddi man
sabdor yoki boshqa shaxslarga nisbatan moddiy, intizomiy, ma’mu-
339
riy choralar ko‘rish va jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalalari albatta
muhokama qilinishi bo‘yicha iltimosnomalar taqdim etish huqu-
qidan samarali foydalanilsin.
8. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq, ya’ni ota-onalik huquqidan
mahrum qilish va bunday huquqni tiklash yoki cheklash to ‘g‘risi-
dagi ishlarni ko‘rilganda, awalo, voyaga yetmagan bolalarning
shaxsiy, ijtimoiy va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa huquq-
larining himoya qilinishiga, bu kabi da’volami qo‘zg‘atish uchun
Oila kodeksining 79, 82 va 83-moddalarida belgilangan asoslarning
mavjudligi, ota-onadan mahrum bo‘lgan bolalami qonuniy tartibda
bolalar muassasasiga joylashtirish yoki farzandlikka berish hamda
ularning ta’minoti uchun aliment undirish to ‘g‘risidagi qonun
talablariga qat’iy rioya etilishiga, ushbu masalalami hal etish haqida
sudda iltimosnomalar taqdim etishga jiddiy e’tibor qaratilsin.
9. Fuqarolarning mehnatga doir huquqlarining himoyasi, shu
jumladan, ularni g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo'shatish yoki
boshqa ishga o‘tkazish bilan bog‘liq nizolaming sudlarda ko'rilishida
FPKning 259-moddasida belgilangan xususiyatlarga rioya etilishi,
ayniqsa, sud tomonidan protsessning o ‘zidayoq mansabdor shaxs
zimmasiga majburiy progul yoki kam haq to ‘lanadigan ish bajarilgan
vaqt uchun haq to ‘lash natijasida tashkilotga yetkazilgan zaraming
o'rnini qoplash majburiyati yuklanishiga protsessual vakolatlar
doirasida erishilsin.
10. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun
prokuror tomonidan qo‘zg‘atilgan da’voni quwatlashda asosiy
e’tibor zaraming miqdoriga taalluqli hisob-kitob ma’lumotlarining
mavjudligi, javobgarlar doirasi to‘liq va to ‘g‘ri aniqlanganligi hamda
da’vo talabining aniq va qonunga asoslanganligiga qaratilsin. Bu
masalalarda kamchiliklar mavjud bo£lgan taqdirda, ulami sud protses-
sining o ‘zidavoq bartaraf etish choralari ko‘rilsin.
Undirilishi lozim bo‘lgan zarar miqdorining sudda asossiz
kamaytirilishiga yoki da’vodan voz kechishga yo‘l qo‘yilmasin.
11. Sudning noqonuniy qaror va ajrimlariga prokurorlar tom o
nidan apellatsiya hamda xususiy protest keltirish haqidagi qonun
talabining og‘ishmay bajarilishi ta’minlansin. Bu borada prokuror-
larning shaxsiy mas’uliyati oshirilsin va ularning soha bo'yicha fao~
liyatiga baho berishda apellatsiya protestining samaradorligi muhim
mezon, deb hisoblansin.
Prokuror ishtirokisiz ko'rilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlarining
qonuniyligi apellatsiya muddatida o‘rganilsin, protest keltirishga
340
asos bo‘lmagan taqdirda xulosa tuzilib, prokuror tomonidan tas-
diqlansin.
12. Arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish yoki
to'xtatib turish, arizani qabul qilishni rad etish, arizani harakatsiz
qoldirish to ‘g‘risidagi sud ajrimlarining asosliligi va qonuniyligini
apellatsiya muddatida o ‘rganib, qonuniy baho berilishiga va qonuniy
asoslar bo‘lgan holda xususiy protest keltirishga alohida e’tibor
qaratilsin.
13. Protestlarning mazmuni aniq, tushunarli, ishdagi dalillar
va qonun talablari bilan ifodalanishi lozimligiga alohida e’tibor
qaratilsin.
Asossiz protestlar keltirilishiga yo‘l qo‘yilmasin. Ishni sudda
ko‘rish boshlangunga qadar protestni to ‘ldirish, o'zgartirish yoki
chaqirib olish vakolatlaridan faqat qonuniy asoslar mavjud bo‘lsa-
gina foydalanilsin.
Protest keltirish prokurorning vakolatidan chetga chiqadigan
hollarda yuqori turuvchi prokurorga protest keltirish to ‘g‘risidagi
taqdimnoma tuman (shahar), viloyat prokurorlari va ularga tenglash
tirilgan prokurorlar tomonidan kiritilsin.
14. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida qatnasha-
digan prokurorlar ishlarni to ‘liq o‘rganib, protest va shikoyat vaj-
larining asosliligi, sud qarorlarining qonuniyligi va adolatliligi yuza
sidan asoslantirilgan fikr bersin.
Sudlarning nazorat bosqichlarida ishlar ko‘rilishida viloyat pro
kurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar shaxsan ishtirok
etsinlar.
15. Sud qarorlari yuzasidan kelib tushgan arizalar qonunda
belgilangan muddatda, ishlar to‘liq o‘rganilgan holda qonuniy hal
qilinishi ta ’minlansin. Fuqarolik ishlarini o‘rganish natijasiga ko‘ra,
sud qarori asosli deb topilgan taqdirda, xulosa tuzilibr protest kel
tirish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari
tomonidan tasdiqlansin, ariza muallifiga esa asoslantirilgan javob
berilsin.
Nazorat tartibida protest kiritish to‘g‘risidagi arizalar asosida
Bosh prokuraturaga chaqirilgan ishlar viloyat prokurorlari va ularga
tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan tasdiqlangan xulosalar
bilan yuborilsin.
16. Bosh prokuraturaning sudlarda fuqarolik ishlari ко‘rilishida
prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi, viloyat prokurorlari va ularga
tenglashtirilgan prokurorlar soha bo'yicha ishlami tashkil qilishda
341
bo‘ysunuvchi prokurorlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish
bilan birgalikda, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish masala-
lariga alohida e’tibor bersinlar.
Sudlarda ishlar ko‘rilishida sud-prokuror amaliyoti muntazam
ravishda o ‘rganib, umumlashtirib borilsin. Topshiriqlar, ko‘rsat-
malar, hay’at va tezkor majlis qarorlari ijrosi ustidan nazorat kuchay-
tirilsin, asosiy e’tibor sudlarda prokuror ishtirokining ta’sirchanligi
va samaradorligini oshirishga qaratilsin.
17.
Sud, adliya va boshqa mutasaddi idoralar bilan doimiy ham
korlik o‘rnatilsin, soha amaliyotida yuzaga kelgan masalalar yuza
sidan birgalikda tadbirlar ishlab chiqilishi va qonunlarning bir xilda
tatbiq etilishi ta’minlansin» deb qayd etilgan.
Prokurorning o‘z tashabbusi bilan boshqa toifadagi ishlaming
ко‘rilishida ishtirok etishi ijobiy baholanadi. Prokurorning fuqarolik
ishlarini sudda ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatida prokuror
nazoratiga oid umumiy qoidalarga rioya etish ish yuzasidan sudning
hal qiluv qaroriga protest bermasdan ilgariroq vujudga kelishini
qayd qilish kerak. Prokuratura organlarining fuqarolik protsessidagi
vazifalari 0 ‘zbekiston Respublikasida prokuratura organlarining
fuqarolik protsessidagi vazifalari 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti-
tutsiyasida belgilangan asosiy tamoyillardan kelib chiqadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasida
« 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda
bajarilishi ustidan nazoratni 0 ‘zbekiston Respublikasining Bosh
prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi» deb
ko‘rsatib o‘tilgan. M a’lumki, fuqarolik protsessual qoidalar moddiy
huquq normalarining amalda harakatini kafolatlaydi, shuningdek,
jam iyatda ijtimoiy m unosabatlarni tartibga solib, fuqarolarni
qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalaydi.
Fuqarolaming ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari
va erkinliklarini muhofaza qilishni ta ’minlashga qaratilgan qonun
larning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib borish
prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Prokuratura organlarining faoliyati qonunlar ustunligini har
tomonlama qaror toptirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga,
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan inson va fuqarolaming
shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy huquqlari hamda erkinliklarini,
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini g‘ayriqonuniy tajovuz-
lardan himoya qilishni ta ’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu maqsad
342
va vazifalami amalga oshirish uchun ularga keng vakolatlar berilgan.
Bu vakolatlami amalga oshirishda prokuratura organlarining mustaqil
holda faoliyat yuritishi qonun bilan kafolatlangan.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni
14-moddasiga muvofiq, prokuratura organlarining faoliyati
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi nazoratida bo‘lib, qonunlarning ijro etilishini nazorat
qilish, fuqarolarning ariza va shikoyatlarini, fuqarolik ishlarini tek-
shirish va hal qilish, qonun bilan belgilangan boshqa vakolatlarini
har qanday davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat
birlashmalari, ommaviy axborat vositalari vakillari va mansabdor
shaxslardan mustaqil holda faqat qonunga bo‘ysunib amalga
oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |