Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Prokurorning ayblovdan voz kechishi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Prokurorning ayblovdan voz kechishi
Respublikamizda o‘tkazilayotgan sud-huquq islohotlari aw a- 
lambor, amaldagi qonunchiligimizda belgilangan fuqarolarimizning 
huquq va erkinliklarini kengaytirishga, ularni muhofaza qilishga 
qaratilgan talablarni takomillashtirishga qaratilgandir. Har qaysi 
294


huquqni muhofaza qilish organi oldida ustuvor yo‘nalish aynan 
shu talabdan kelib chiqishi lozim. Xususan olganda, prokuratura 
idoralari ham o‘zlariga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni bajarishda 
o‘z faoliyat yo‘nalishlarini aynan shu talabdan kelib chiqishi lozim­
ligi yurtboshimiz I.A. Karimov tomonidan 2001-yilning avgust 
oyida bo'lib o‘tgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi ma’ruzasida ta’kidlab o‘tilgan 
edi.
Amaldagi qonunchiligimizda ushbu talablami bajarilishi uchun 
yetarli qonuniy asoslar bormi, degan savol tug‘iladi. Buning uchun 
fuqarolarning Konstitutsiya bilan belgilangan huquq va erkinliklarini 
muhofaza qilishga qaratilgan prokurorning vakolatlaridan biri 
hisoblangan jinoyat ishlarini sud muhokamasida ko‘rilishi mobay- 
nidagi «ayblovdan voz kechish»dek qonun bilan belgilangan vako- 
latini ко‘rib chiqamiz.
Prokurorning vazifasi — jinoyat protsessining barcha bosqichida 
qonun buzilish hollariga nisbatan, bu qonun buzilishlari kim tomo­
nidan sodir qilinishidan qat’i nazar, ularni bartaraf qilish uchun 
qonun bilan belgilangan choralami o ‘z vaqtida ko'rish hisoblanadi. 
Birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarining ko‘rilishida sud 
muhokamasida ayblovni quwatlayotgan prokuror esa, har qanday 
holatda fuqarolarning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
belgilangan huquq va erkinliklarini muhofaza qilish funksiyasini baja- 
rishi lozim bo‘lgan davlat organi prokuratura tomonidan tayin- 
langan vakil — qonun himoyachisi bo‘lib qolishi kerak.
Sud muhokamasida davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etayotgan 
prokuror o‘zining qonunlami aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirish kabi Konstitutsion funksiyasini bajaradi 
( 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasi). 
Sudlarda jinoyat ishlarining ko‘rilishida davlat ayblovini quwatlash 
faoliyati esa qonun talablari ( 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 
409-moddasi)ni ijro etishga qaratilgandir. Prokuror sudda sudlanuv- 
chini aybi o‘z tasdig‘ini topmaganligini aniqlagan zahoti, ayblovdan 
voz kechadi, shu holda ham ayblovni talab qilish qonun talablariga 
zid bo‘ladi, bunda qonun ijrosini talab qilish emas, aksincha, qonun­
ning buzilishini talab qilish bo‘lib qoladi.
Chunki, 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 409-moddasi 4-qis- 
mida «Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi m a’lumot- 
lari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga 
kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga
295


bayon qilishi shart» deyilgan. Ko‘rinib turibdiki, prokuror 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan unga berilgan huquqni 
muhofaza qilish funksiyasidan chetga chiqa olmaydi.
Agarda, sud muhokamasi natijalariga ko‘ra, prokuror sud ter­
govi mobaynida tekshirilib, aniqlangan m a’lumotlar sudlanuvchi­
ning aybini isbotlamayapti degan xulosaga kelsa, unda qonun 
talablariga ko‘ra, ayblovdan voz kechishi va buning sabablarini 
sudga tushuntirib berishi yoxud sudlanuvchiga qo'yilgan ayblovni 
o‘zgartirish zarur degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslanti­
rilgan yozma bayonot berishi shart.
Ayblovdan voz kechish to‘la yoki qisman ham bo‘lishi mumkin, 
ya’ni ayblovning ba’zi bir bandlaridan yoki qismlaridan voz kechi­
shi va qolgan qismi bo‘yicha ayblovni quwatlashi mumkin. Bu masa- 
lani chuqurroq muhokam a qilish uchun ayblov tushunchasi 
mohiyatiga yana bir nazar tashlash lozim bo‘ladi.
Ayblovni faktik asosini surishtiruv, dastlabki tergov mobaynida 
topilib, aniqlangan va prokuror tomonidan sudda ko‘rish uchun 
taqdim qilingan ayblanuvchining aybini isbotlovchi dalillar tashkil 
qiladi. Ushbu dalillar majmuasi sudda ayblov funksiyasini amalga 
oshirish uchun ayblovning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Ayblanuvchining aybini fosh qiluvchi dalillar bir-biri bilan 
qanchalik darajada mosligi va garmonik mushtarakligi ayblovni 
quwatlashning muvaffaqiyatli chiqishi zamini hisoblanadi. Lekin 
bu ishning bir tomonini aks ettiradi. Masalaning ikkinchi tomoni — 
to ‘plangan dalillarga nisbatan prokurorning subyektiv munosabati, 
isbotlash jarayonida o‘z tasdig‘ini topgan yoki rad qilingan faktlarga 
nisbatan baho berishi hisoblanadi.
Aniqlangan dalillar qanchalik darajada ko‘p, turlicha bo‘lishidan 
qat’i nazar, jinoyat ishi yurituvining ushbu bosqichida ishni kelgusi 
taqdirini hal qiladigan protsess ishtirokchisi subyektining samarali- 
mantiqiy fikrlash faoliyati bilan ruhlantirilmasa, bu dalillar har 
yerdan qirqib olingan faktlardangina iborat bo‘lib qoladi. Aynan 
dalillarga baho berish va undan kelib chiquvchi yuridik ahamiyatga 
ega bo‘lgan xulosalar har qanday ayblov bo‘yicha ishni mazmunan 
hal qilishning zaruriy unsuri hisoblanadi.
Surishtiruv va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan 
yakunlansa, jinoyat ishining taqdirini prokuror hal qiladi. U ayblov 
xulosasini tasdiqlab, jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun yuboradi 
( 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 388-moddasi) yoki jinoyat 
ishi bo‘yicha qo‘shimcha tergov olib borish uchun tergovchiga
296


qaytarib yuboradi yoxud qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda, jino­
yat ishini tugatish haqida qaror chiqaradi ( 0 ‘zbekiston Respublikasi 
JPKning 382-moddasi). Albatta, birinchi holatda, ya’ni ayblov 
xulosasini tasdiqlab sudga yuborishda to ‘plangan dalillar majmuasi 
ayblanuvchini aybdorligini rad qiladigan zarracha ham shubha 
qoldirmagan bo lishi talab qilinadi. Ayblov xulosasini tasdiqlayot- 
gan prokurorda ayblanuvchining aybdorligi haqida qat’iy ishonch 
hosil bo‘lgan bo‘lishi shart.
Aybdorlikka nisbatan ichki ishonch — bu to‘plangan dalillarga 
nisbatan baho berishning ma’lum bilan psixologik tavsifi hisoblanadi. 
Prokurorda ichki ishonchni paydo bo‘lishi, odatda, jinoyat ishida aybla­
nuvchining aybdorligini to‘liq tasdiqlaydigan dalil va isbotlaming 
yetarliligidan dalolat beradi. Dadillik va ishonishlik hissiyoti qoidaga 
ko‘ra, asossiz bo‘lmaydi, uning asosida shu subyektga bog'liq bo‘l- 
magan bilish faoliyatining haqiqiy natijasi o‘z aksini topgan bo'ladi1.
Aksincha, ishonchsizlik esa, to'plangan dalillarni yetarli emas­
ligi, jinoyat ishini bir tomonlama tergov qilinganligini, isbotlash 
hujjatlari, materiallarida xatoliklar mavjudligini, ish bo‘yicha aybla­
nuvchining aybiga nisbatan ishonchsizlikni, jinoyat ishini sudda 
ko‘rish uchun asoslar yetarli emasligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishini o‘rga- 
nib chiqish borasida prokurorda paydo bo‘ladigan ayblanuvchining 
aybdorligi haqidagi ichki tuyg‘u — ayblanuvchi tariqasida jinoyat 
ishiga jalb qilingan shaxsni jinoyat sodir qilganligi faktini tasdiqlay­
digan dalillar majmuasiga baho berish natijasidir.
Ichki ishonchning ajralmas qismi bo‘lib, prokurorning ushbu 
xulosasini to‘g‘riligiga bo'lgan ishonchi hisoblanadi, shu shart bilan- 
ki, ishonchning o‘zi — haqiqatda isbotlangan holatga ishonishdir. 
Ishonch asoslanmagan holda ilmiy qadrga ega bo‘lmaydi. Takrorlanmas 
kuchni subyektiv ishoflch emas, asoslangan ishonch beradi2.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish