Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


 B.M. Савицкий. Очерк теории прокурорского надзора. М., «Наука»



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

B.M. Савицкий. Очерк теории прокурорского надзора. М., «Наука»,
1975, стр. 340—341.
2 М.Л. Шифман. Речь прокурора по уголовному делу. (П од редакции
П .И . Кудрявцева.) М ., «Госюриздат», 1960.
3 М. Маляров. Речь государственного обвинителя. Журнал «Социальная
законность», 1964, № 9, стр. 20—28.
304


olganda, 0 ‘zbekiston SSRning JPKda ham qonun bilan ayblov 
nutqining qandaydir qismini shakllantirib qo‘yilmasligi oqibatida 
har bir jinoyat ishi bo'yicha davlat ayblovchisi sifatida qatnasha- 
yotgan prokurorlarning, prokuratura xodimlarining faqat o‘z bilim 
saviyalari doirasida jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berishlari yoxud 
umuman hech qanday tartibsiz ayblov nutqlarini tuzishlari, aw al 
qaysi jinoyat ishi ko‘rilayotganligi yoxud jinoyatning ijtimoiy xavfliligi 
nimadan iborat ekanligini bayon qilmasdan turib, sudlanuvchi 
shaxsini to ‘liq yoritmay turib, jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni 
tekshirish natijalariga ham ketma-ketlikda murojaat qilmay, ayblov 
nutqi bilan sudda muzokara so‘zi qilib, ayblov nutqlarini tarbiya­
viy ahamiyatini to ‘liq ochib bera olmaslik hollariga yo‘l qo‘yganlar. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan kamchiliklarga barham berishning yagona 
yo‘li — ayblov nutqida prokuror qaysi masalalarga to'xtab o'tishi 
shart ekanligini, qaysi masalalar bo‘yicha majburiy tarzda yozma 
fikrini sudga taqdim qilishi lozimligini mustaqil 0 ‘zbekistonning 
jinoyat protsessual qonunchiligida qonun bilan belgilab qo‘yilishi 
b o ‘ldi. Bu qonun talablari 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
protsessual kodeksining 450 va 457-moddasida qayd etib o‘tilgan.
Qonun ayblov nutqining m a’lum bir qismini shakllantirar 
ekan, qolgan qismini esa qanday shakllantirish lozimligi haqida 
aniq bir chegarani belgilab bergan emas, lekin shunday bo‘lsa-da 
bu masalada bir qancha ilmiy fikrlar mavjud.
Amaliyotda 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari 
xodimlari tomonidan qonunlarimizga zid bo‘lmaydigan ilg‘or fikrlar 
ajratib olinib, ularga asosan ayblov nutqining taxminiy shaklini 
tuzishda qo'llanib kelinmoqda. Ushbu fikrlar to‘g‘risida to ‘xtalib 
o‘tsak, masalan, A.J. Davletovning rus tilida tayyorlangan «Pro­
kuror nazorati» darsligining jinoyat ishlarining sudlarda ko‘rilishida 
davlat ayblovchisi nutqiga bag‘ishlangan qismida prokurorlik 
amaliyotida ayblov nutqining quyidagi unsurlari shakllanganligi 
to ‘g‘risida to ‘xtalib o‘tilgan:
1) jinoyatga ijtimoiy-siyosiy baho berish;
2) ishning haqiqiy holatlarini bayon qilish;
3) dalillarni tahlil qilish va ularga baho berish;
4) qilmishga berilgan yuridik kvalifikatsiyani asoslash;
5) sudlanuvchini shaxsini tavsiflash;
6) aybdorni aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holat- 
larni tahlil qilish va ularga baho berish;
20
-
21
305


7) jinoyatlarni keltirib chiqarishga yordam bergan sabab va 
shart-sharoitlarni tahlil qilish va ularni bartaraf qilish chora- 
tadbirlari haqida takliflarni shakllantirish;
8) tayinlanishi lozim bo'lgan jazoga, undirilishi lozim bo'lgan 
fuqarolik da’vosiga, jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni undi­
rishga va shunga o‘xshash masalalar yuzasidan o‘z taklifini bildirish;
9) xulosa qilish.
Shuningdek, A.J. Davletov tom onidan ko‘rsatilishicha, har 
qanday jinoyat ishi xuddi shu ko‘rsatilgan tartibda, ayblov nutqini 
tuzishi shart emas. Ayblov nutqining unsurlari xuddi shu tarzda 
bayon qilinishi ham lozim emas. Balki jinoyat ishining o‘ziga xos 
xususiyatlariga, jinoyat ishi bo‘yicha to ‘plangan materiallarning 
tuzilishiga qarab, ayblov nutqining qayd qilingan unsurlari joyla- 
shishining o'zgarishi, shu unsurlarning mazmuni va butun hajmi 
aniq voqea holatlariga qarab o ‘zgarishi mumkin1.
Shu o‘rinda yana bir savol tug'iladi, xo‘sh mana shu ayblov 
nutqi unsurlarining mazmuni nimalardan ilforat? Buning uchun 
har bir unsur mazmunini tahlil qilib chiqamiz.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish