Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Qonunchilikda sud muhokamasida ishtirok etayotgan prokuror va ayblovchi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

1 Qonunchilikda sud muhokamasida ishtirok etayotgan prokuror va ayblovchi
tushunchalari bir tushunchani bildiradi. B.M. Савицкий. Очерк теории
прокурорского надзора. М., «Наука», 1975, стр. 280.
286


Prokurorning sudga kelmaganligi aniqlanganda, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi JPKning 412-moddasiga asosan, sud jinoyat ishini 
muhokama qilishni boshqa vaqtga qoldirish masalasini hal qiladi. 
Agarda, awaldan aniqlangan sudda qatnashadigan prokuror sud 
majlisiga kelmay qolsa va ishni keyinga qoldirishning imkoniyati 
yo‘q bo‘lsa, sud muhokamasi boshlanmasdan awal, boshqa proku­
rorning ishda qatnashishini ta’minlash masalasini hal qiladi.
Amaldagi qonunchilik talabiga ko‘ra, barcha jinoyat ishlari bo‘yicha 
prokurorning ishtirok etishi shart. Xususan olganda, 0 ‘zbekiston 
Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni 33-moddasi 
«Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorni ishtiroki» deb nomlanib, 
unda qayd etilishicha «Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li 
bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha 
instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda 
belgilangan tartibda ishtirok etadi».
Bayon qilinganlardan tushunarliki, prokuror har bir jinoyat 
ishi boLyicha qatnashishi majburiydir. Yana shuni qayd etish lozimki, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 409-mod- 
dasi talablariga ko‘ra ham birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyat 
ishlarini ko‘rilishida prokuror ishtirok etishi shart. Shuning uchun 
ham 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 
412-moddasi birinchi qismida «Prokuror sud majlisiga kelmay 
qolgan taqdirda, jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi» 
deyilgan qat’iy qonun talabi o‘rnatilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat protsessual kodeksining 11-bo‘limi, ya’ni 48-bobidan 
54-bobiga qadar birinchi instansiya sudida ish yuritish tartibini 
o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, shu boblarda aks ettirilgan qonun 
talablari ichida prokuror ishtirokisiz jinoyat ishini birinchi instansiya 
sudida ko‘rish mumkinligi haqida tushuncha mavjud emasdir. 
Demak, birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini prokuror 
ishtirokisiz ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun tomonidan birinchi instansiya sudlarida jinoyat ishlarini 
ko‘rishda prokurorning ishtiroki shart deb hisoblangan ekan, ishni 
prokuror ishtirokisiz davom ettirish mumkin emas. Bu holda proku­
rorning sud muhokamasiga yetib kelmaganligi sababidan qat’i 
nazar, ishni sud muhokamasida ko‘rish qoldiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 
412-moddasiga asosan, ishga yangidan jalb qilingan prokurorga 
jinoyat ishi bilan tanishib chiqib, sud muhokamasida ishtirok etishi
287


uchun tayyorgarlik ko‘rishga sud tomonidan yetarli, zarur bo‘lgan 
vaqt ajratib berilishi shart.
Sababsiz sudda hozir bo‘lmagan ayblovchi haqida sud yuqori 
turuvchi prokurorga tegishli chora ko‘rish haqida ma’lum qilishi 
mumkin. Ayblovchi ishtirokida ko'rilishi boshlangan jinoyat ishi 
bo‘yicha sud muhokamasini uning ishtirokisiz tamomlab bo‘lmaydi. 
Bu qoida istisno nimaligini bilmaydi, jumladan, sudlanuvchi 
himoyachidan voz kechgan taqdirda ham, prokurorni ishda ishtirok 
etishdan chetlab bo‘lmaydi'.
Agarda, prokuror ishtirokida ko‘rishni boshlangan ish biron sabab 
bilan keyinroqqa ko‘rish uchun qoldirilgan b,o‘lsa, bu ishni davom 
ettirish ham prokuror ishtirokida amalga oshirilishi shart.
Prokuror o‘zining jinoyat ishini ko‘rishga tayyorgarlik munosa- 
bati bilan paydo bo‘ladigan barcha savollarga xulosalari, nuqtayi naza- 
rini bayon qiladi. Ushbu savollaming ichida 1-darajali ahamiyatni 
kasb etadigani, sud tarkibining qonuniyligini aniqlash hisoblanadi. 
Agarda sudyalaming birontasini ко‘rilayotgan jinoyat ishiga munosabati 
bilan qonun talablariga javob bermasa, unda ushbu sud tarkibi 
tomonidan qabul qilingan barcha sud qarorlari qonuniy va asoslangan, 
deb topilib, bekor qilinishi shart ( 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 
484-moddasi 3-bandi va 487-moddaning 2-qismi 1-bandi).
Butun qilingan ish natijalarini yo'qqa chiqarilmaslikning oldini 
olish uchun sud muhokamasiga tayyorgarlik qismida prokuror va 
sud taraflaming, ayniqsa, sudlanuvchining to ‘liq sud tarkibiga, 
alohida sudyaga yoki alohida sudyalarga e’tirozlarini batafsil o‘rganib 
chiqishi hamda e’tirozga nisbatan prokuror o‘z fikrini bildirishi, 
sud o‘z ajrimida munosabatini bildirishi kerak. Agarda, prokurorning 
o‘zi biron-bir sudyani ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan 
holatlami aniqlasa, u shu sudyaga nisbatan rad etishi va shu sudyani 
sud muhokamasida qatnashmasligiga erishishi shart ( 0 ‘zbekiston 
Respublikasi JPKning 80, 431-moddalari).
Sud muhokamasiga tayyorlov qismi faqatgina sud tarkibi va 
tomonlar qonuniyligini tekshirishning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalarni hal qilish bilan cheklanib qolmay, tomonlaming huquq 
va manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan, sud muhokamasining 
kelgusi bosqichlarini muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zamin 
bo‘lib xizmat qiladigan boshqa masalalar ham hal qilinishini o ‘z

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish