Musiqa nazariyasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/135
Sana21.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#688361
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135
Bog'liq
36musiqanazariyasipdf(1)

IV.Qat’iy
variatsiyalar
. XVIII asrda gomofon uslub rivojlanishi bilan 
qat’iy variatsiyalar (klassik) tarqaldi, ularni ba’zida naqshinkor (bezakli) variatsiya 


86 
deb ham atashadi. Y.Gaydn, V. Motsart, L. Betxoven ulardan о‘z ijodida keng 
foydalanganlar. 
Qat’iy variatsiyalar shunisi bilan xarakterlanadiki, ularda mavzuning qator 
shakllantiruvchi kompozitsion taraflari variatsiyalarning butun turkumi davomida 
albatta saqlanadi. Mavzuning о‘zgarmas komponentlariga quyidagilar kiradi: 
mavzuning asosiy kuy chizgilari, mavzuning tuzilishi, asosiy garmonik reja, 
asosiy garmonik izchilliklar, asosiy kadans davralar, tonallik (faqat lad 
nomdoshiga о‘zgarishi mumkin). 
Shu elementlarning saqlanishi tufayli mavzu qiyofasi u qadar о‘zgarmaydi.
Qat’iy variatsiyalar mavzusi
sodda, oson esda qoladi, garmonik tili 
murakkab emas, shakli tugal va aniq. Ularning fakturasi kо‘pincha gomofon yoki 
akkordli. 
Mavzu
shakli
,
 
odatda, ikki qismli, ba’zan bir qismli. Ba’zida reprizasi 
qisqartirilgan uch qismli shakl ham uchraydi.
Kо‘p hollarda mavzular aniq ifodalangan qо‘shiq yo raqs xarakterida 
bо‘ladi.
Qat’iy variatsiyalarda mavzuni variatsiyalash imkoniyati ostinat
variatsiyalarga nisbatan anchagina keng. Ostinat variatsiyalarda faqat jо‘rovozlar 
variatsiyalansa, qat’iylarida ham jо‘rlik, ham kuyning о‘zi variatsiyalanadi, 
qolaversa, variatsiyalash usullari ham rang-barang. 
Asosiy variatsiyalash usuli 
bо‘lib mavzuni naqshinkor (ornamental) qayta 
ishlanishi sanaladi. Ornamentatsiya (naqshlash) kuyning asosiy tonlarini turli 
yordamchi tonlar bilan о‘rash, keng intervallarni pog‘onama-pog‘ona harakat bilan 
tо‘ldirish bilan amalga oshiriladi. Shu tufayli kuyning asosiy tonlari atrofida gо‘yo 
naqsh hosil bо‘ladi (naqshinkor degan nom ham shundan). Naqsh uchun mayda 
chо‘zimlardan: forshlag, gruppetto, gammasimon tez passajlardan foydalanish 
xarakterli (V.A.Motsart. Sonata A-dur). 
Alohida ohanglarni bir registrdan boshqasiga о‘tkazishga yо‘l qо‘yiladi
 
(L. 
Betxoven. Sonata № 12, 1 q). 
Variatsiyalarda mavzuning
garmonik asosi va shakli о‘zgarishsiz qoladi,
variatsiyalash asosan fakturani rivojlantirish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Kо‘pincha murakkab figuralash polifonik usullarni kiritish bilan kechadi va
bu fakturani yanada murakablashtiradi. Bunday variatsiyalarda garmoniya va 
faktura kо‘pincha kuyning oddiy jо‘rligi bо‘lmasdan, ifodaviylikning asosiy 
omillaridan biri sifatida ahamiyat kasb etadi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish