Musiqa nazariyasi



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/135
Sana21.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#688361
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135
Bog'liq
36musiqanazariyasipdf(1)

musiqa ifoda vositalari
: kuy, garmoniya va 
ritm katta ahamiyat kasb etadi.
Musiqiy asarda 
kuy
yetakchi rol о‘ynaydi. Kuyda u yoki bu musiqiy fikrning 
xarakterli qirralari ayniqsa yorqin namoyon bо‘ladi.
Musiqiy asarning asosi yoki uning qismi bо‘lib xizmat qiladigan musiqiy 
tuzilish
mavzu
deb yuritiladi.
Har qaysi kuyni yuqorilab yoki pasayib boruvchi tovushlar harakati ketma-
ketligi tashkil qiladi va bu kuy tо‘lqini deb ataladi. Yuqorilab boradigan harakat 
kо‘pincha keskinlikning ortishini ifoda etadi va 
kreshendo 
bilan
 
kechadi. Pasayib
 
boradigan harakat keskinlikning pasayib borishini ifoda etib, 
diminuendo 
bilan 
kechadi. 
Kо‘tarilishlar bilan erishiladigan eng yuqorigi nuqtalar 
kulminatsiya
(avj) 
yoki chо‘qqilar deb yuritiladi. Kulminatsiyaga erishish yо‘llari turlicha: 
1.
Kulminatsiya tomon pog‘onama – pog‘ona harakatlanish;
2.
keng sakramalarlar bilan kulminatsiyaga erishish; 
3.
kulminatsiyaning pog‘onama – pog‘ona harakatlar hamda sakramalarlar 
birligidan hosil qilinishi. 
Asosiy kulminatsiya tuzilishning «oltin kesishish nuqtasi» deb ataladigan 
uchinchi choragida hosil qilinadi.
Kulminatsiya uchun nafaqat kuy, registrining balandligi, balki
jaranglanish kuchi, garmonik fakturaning quyuqligi ham xosdir.
Garmoniya
(uyg‘unlik) kuy bilan bir qatorda musiqiy ifodaviylikning yana 
bir muhim vositasi sanaladi. Qadimgi yunon tilidan tarjima qilganda garmoniya 
kelishuv, uyg‘unlik 
ma’nolarini anglatadi. Garmoniya harakati funksionallik va 
kolorit nuqtai nazaridan olib qaraladi.
Garmoniyaning funksional jihati
tonika va boshqa ohangdoshliklarning 
bir- biriga qarama-qarshi qо‘yilishida namoyon bо‘ladi. Bu turg‘unlik va 
noturg‘unlikning о‘zaro nisbatidir. Asosiy tonallik tonika rolini bajaradi, u 
turg‘un va markazlashtiruvchi, bо‘ysundiruvchi asos (ibtido) vazifasini о‘taydi. 
Musiqiy asardagi boshqa har qanday tonallik noturg‘un bо‘liy, bо‘ysunuvchi(tobe) 
tonallik deb yuritiladi.
Bо‘ysunuvchi tonallikning kiritilishi keyingi rivojlanishni rag‘batlaydi. Bunda 
T—S—D—T formulasi asosiy tonallikning tiklanishi bilan hal qilinadigan 


64 
funksional ziddiyat hosil qiluvchi tonalliklar tartibini belgilaydi. Tonikani 
mustahkamlashda subdominanta tonalliklarining ahamiyatini alohida e’tiborga 
olish kerak bо‘ladi. Tonalliklar almashinuvida variantlilik bо‘lishi mumkin: 
1.
Yangi tonallik ladli yoki tonal sakrash yо‘li bilan kiritiladi. 
2.
Yangi tonallik birdaniga modulyatsiyalash yо‘li bilan kiritiladi. 
3.
Yangi tonallik ravon tarzda kiritiladi. 
Tonalliklarning tez-tez almashinuvi keskinlikning umumiy tо‘planishiga 
kо‘maklashadi.
Garmoniyaning ifodaviy, koloristik jihati musiqaga alohida yorug‘-soya 
koloritini baxsh etadigan hamda hissiy (emotsional) ifodaviylikni kuchaytiradigan 
major va minor ladlarning tafovutli(kontrast) taqqoslanishlarida namoyon bо‘ladi. 
Yorqin noohangdosh akkordlar, g‘ayriodatiy modulyatsiyalar, tо‘liqsiz yechilishlar 
alohida gо‘zallikka egadir.
Musiqada 
ritmga 
eng muhim rollardan biri ajratiladi. Bu atama 
tartiblashtirilgan harakat
ma’nosini anglatadi.
Ritm turli tovush va akkordlarni guruhlarga biriktirib mustahkamlaydiki, ular 
har qanday musiqiy asarning asosini tashkil etadigan tugallangan fikr – 
mavzu
larni 
hosil qiladi. Ritm - tovushlarning chо‘zimiga kо‘ra vaqtli tashkillanishidir. 
Maromiylik, davriylik metr tushunchasi bilan bog‘liq. 
Metr
– ritmni tashkil qilish tizimi bо‘lib, u kuchli va kuchsiz hissalarning 
almashinib kelish tartibiga asoslanadi. Raqs janrlari bilan bog‘liq qat’iy metrika, 
aksentli metrika hamda epik xarakterdagi xalq kuyi uchun xos bо‘lgan erkin 
metrika tushunchalari mavjud. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish