Musiqa nazariyasi


- mavzu. MUSIQIY SINTAKSIS



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/135
Sana21.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#688361
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135
Bog'liq
36musiqanazariyasipdf(1)

 
17- mavzu. MUSIQIY SINTAKSIS 
 
1-§. Musiqa asarida kuyning ahamiyati 
Tovushlarning bir ovozli shaklda ma’lum lad va mеtr hamda ritm jihatdan 
uyushib kеlishiga 
kuy
dеyiladi.
Musiqaviy mazmun jo‘rsiz, yakka kuy orqali ham ifodalanishi mumkin. Bir 
ovozli musiqa asarlari so‘z matni bilan (qo‘shiq) va matnsiz (cholg‘u kuylari) 
holida bo‘lishi mumkin. Matnli kuy mazmuni ancha yorqin va tushunarli bo‘ladi. 
Bunga xalq qo‘shiq’lari va raqslari misol bo‘la oladi. Ularning mazmuni xilma-
xildir. Bunday asarlarda xalqning boshdan kеchirganlari va orzu-niyatlari, hayoti, 
kishining ma’naviy dunyosi aks ettirilgan. 
Xalq musiqasi ijodida ikki ovozli va ko‘p ovozli asarlar ham uchraydi. Lеkin 
bunday asarlarda nеchta ovoz (qo‘shimcha ovoz) bo‘lishidan qat’inazar, asosiy kuy 
yo‘nalmasi barcha tovushlarning qo‘shilib eshitilishidan ajralib turadi. 
Turli xil millatlar xalq qo‘shiqlarida kuyning ttuzilishi ularning xilma-xil 
mazmuniga nihoyat mosdir. Ular hamda raqs kuylari o‘zlariga xos kuy 
tuzilmalariga ega bo‘lishi bilan bir-biridan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, 
har bir xalq qo‘shig‘ida o‘ziga xos milliy kolorit bo‘ladi. 
 
2-§. Kuy harakati. 
Kuy harakati o‘zining rivojlanish jarayonida xilma-xil shakllarga kiradi. Kuy 
harakatining shakli turli yo‘nalmalardan tashkil topadi. Ulardan eng asosiylari: 
117


59 
a)
ko‘tarilib boruvchi
harakat;
b)
quyilashib boruvchi
harakat;
c)
kotariluvchi va quyilashuvchi harakatning bir tеkisda almashib turishidan 
hosil bo‘ladigan 
to‘lqinsimon
harakat;
d)
tovushning takrorlanishidan hosil bo‘ladigan 
gorizontal 
harakat.
Kuy harakati pog‘onama-pog‘ona, intеrvalma-intеrval (sakrama) yoki 
aralash bo‘lishi mumkin. 
Kuyning rivojlanishi o‘xshashlik va o‘xshamaslik (kontrast) tamoyilarga 
asoslanadi. O‘xshashlik ostida aniq yoki o‘zgartirlgan takror nazarda tutiladi.
Variatsion 
takror 
kuyga uncha ahamiyatli bo‘lmagan, asosan 
“bezaklashtiruvchi” o‘zgarishlarni olib kiradi.
Variantli takror kuyning tashqi ko‘rinishini saqlab turib, unga sifatli 
o‘zgarishlar bag‘ishlaydi. 
Sеkvеntsiya – kuy harakati va ritm shakli saqlab qolingan holda biror 
melodik davraning boshqa balandlik (tovush)dagi takroriga aytiladi. 
O‘xshamaslik (kontrast) tamoyili har xil materialga ega bo‘lgan 
tuzilmalarning qo‘shilishida ko‘rinadi. 
Kuy rivojlanib o‘zining eng yuqori nuqtasiga – 
kulminatsiya
32
siga ko‘tariladi. 
Kulminatsiya, ya’ni kuyning emostional keskinlik payti, asta-sekin ko‘tarilish yo‘li 
bilan tayyorlanishi yoki keng intervalga sakrab chiqish orqali amalga oshirilishi 
mumkin. Kulminatsion tovush kuyning eng baland tovushlaridan biri bo‘lib, 
ko‘pincha kuchli hissaga to‘g‘ri keladigan nisbatan katta cho‘zimli tovush 
bilan ifadalanadi. Kulminatsiyadan so‘ng emostional keskinlik darajasi pasayib, tez 
orada kuyning yakuniga olib keladi. Shuning uchun, kulminatsiya asosan kuyning 
oxiriga yaqin joyda sodir bo‘ladi.
Ko‘p hollarda kuy eng baland tovushidan boshlanib, song quyilashuvchi 
harakat bilan rivojlanadi. Bunday baland boshlang‘ich tovush 
choqqi-manba
degan nom oldi. 
32
Kulminatsiya – 
(lotincha
 kulmen – 
choqqi) – musiqa rivojlanishida eng yuqorigi nuqta.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish