75
hayotiga va sog‗ligiga juda katta xavf tug‗diradi. Boshqa xavfli manbalardan elektr
tokini asboblarsiz va ma‘lum masofada turmasdan aniqlab bo‗lmaydi.
Ishlab chiqarishda ishlashga ruxsat etilgan shaxslarning fizik imkoniyatlarini
va mеhnat xususiyatlarini hisobga olish shart. Xizmat qiluvchi xodimlar
bajarayotgan ishlariga muvofiq mеhnat xavfsizligi bo‗yicha kasbiy tayyorgarlikdan
o‗tgan bo‗lishi lozim.
4.2.Elektr tokining odamga ta’siri
Elektr jihozlari ishlatishi va tuzilish vaqtida odam elektr toki kuchlanishi
ta‘siri ostida qolishi mumkin. Kuchlanishga ko‗ra elektr qurilmalari 1000 V ga va
1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga ajratiladi.
Elektr qurilmalariga xizmat ko‗rsatishga bog‗liq
turli iqtisosliklarda
ishlovchi ishchilar soni ko‗payib bormokda. Binobarin, ularning elektr tokidan
shkastlanishi ehtimoli ham ortib bormokda. Shu bois inson organizmiga elektr
tokining ta‘sirini o‗rganish elektr tokidan shkastlanishi sabablarini tahlil qilish
ishlab chiqarishda xafvsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun juda muhimdir.
Elektr toki bilan jarohatlanishlar umuman olganda 0,5-1,0 % ni tashkil etadi.
Ammo ulardan elektr toki natijasida o‗lim bilan tugagani 20-40 % ga to‗g‗ri
keladi.
Elektrjarohat- elektr toki yoki elektr yoyi ta‘siri
natijasida kelib chiqqan
jarohatdir. Elektr tokidan har xil sharoitlar: sim yoki tok o‗tkazuvchi ochiq
qismlarga tegib ketishdan, himoyalanganligi buzilgan bo‗lsa, yoy orqali elektr
tokini ta‘sir qilishi, uskunalarning metall qismlariga tegib ketishdan,
tasodifan
kuchlanish ostiga tushib qolish, elektr uzatuvchi qismlarga katta o‗lchamli
mashinalarning(avtokranlar, don o‗rish va paxta terish kombaynlari) ruxsat
etilmagan darajada yaqinlashuvi va boshqalarda jarohatlanish mumkin.
Elektrxavfsizlik(GOST 12.1.009-76) – tashkiliy va texnik chora- tadbirlar
tizimi va vositalaridir, ular odamlarni elektr maydonidan va statik (turg‗un) elektr
tokini zararli va xavfli ta‘siridan himoyalanishini ta‘minlaydi. Elektr tokining
odam organizmiga va hayvonlarga ta‘siri juda o‗ziga
xos murakkab shaklda
vujudga keladi. Organizmdan elektr tokining o‗tishi natijasida kimyoviy, issiqlik
76
va biologik ta‘sir ko‗rsatadi. Kimyoviy ta‘sir tufayli qon tarkibidagi moddalar va
boshqa organik suyuqliklar parchalanadi. Issiqlik ta‘siri natijasida terining ayrim
qismlari kuyadi. Elektr tokining biologik ta‘siri natijasida
organizmdagi tirik
hujayralar qo‗zg‗aladi, teri qichishadi, tomir tortishadi va muskullar qisqaradi.
lektr toki urishi katta xavf tug‗diradi, u butun organizmni jarohatlaydi, asab
sistemasini, yurak va nafas olish organlarini to‗liq yoki qisman falajlashi mumkin.
Organizmni elektr tokidan jarohatlanishiga bir necha omillar: tok kuchi,
insonning qarshiligi,
kuchlanish qiymati, tok chastotasi va turi, ta‘sir qilish
muddati. shungdek odam organizmining alohida xususiyatlari ta‘sir ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: