Microsoft Word kuk turklari asiri ziyouz com doc



Download 452,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/111
Sana21.06.2022
Hajmi452,46 Kb.
#688287
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
Bog'liq
kok turklari asiri

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22
men uni sevishdan emas, balki suqrotona suhbatlar qurib o‘tirishdan ko‘proq zavq 
olardim. U menga ko‘p narsani o‘rgatdi. Masalan, ovchi va uning o‘ljasi nazariyasini 
olaylik. U Lukni ovchi, o‘zini esa hayvon bo‘lganini aytadi. Luk hayotida bir narsani: o‘z 
o‘ljasini kerakli mahal va ayni joyida ushlashni yaxshi ko‘rardi. Fiona ham har doim u 
yerda bo‘lardi. Lekin otishdan avvalgi ayni so‘nggi lahzada doimo o‘qqa uchmaslikning 
uddasidan chiqar va ovchi uni boshqa joy va vaqtda yana mo‘ljalga olishga urinib 
ko‘rardi... 
Hozir esa Fiona uni poylab yuribdi. U menga butunlay boshqa bir hikoyani so‘zlab berdi. 
Biz Kann yaqinidagi Avliyo Margaret orolidagi archa bo‘ylari anqib turgan o‘rmonda sayr 
qilib yurardik, birdan u qabrtoshiga o‘tirib, o‘rxun yozuvlarini qanday qilib o‘qishganini 
bilish-bilmasligimni so‘radi.
«Rohib Yefrem Valaamovning do‘sti rus sayyohi Yadrintsev o‘rxun toshlarini topganda, 
niderlandiyalik tilshunos Vilgelm Tomson («Men uni bilaman!») ularni suratga olib, 
xitoycha varianti bilan solishtirib ko‘rdi va undagi o‘ziga xosliklarni o‘rgana boshladi.
Eng avval u O'rxun toshi 38 ta qaytariladigan turli xil harflardan iboratligini aniqladi. 
Keyin u bu alifboda unli harflar bormi-yo‘qligi, agar bor bo‘lsa, ularning qaysi ekanligi 
ustida ish olib bordi. Uning fikricha, masalan, «x-u-x» undosh-unli-undosh ketma-ketligi 
bo‘lishi mumkin yoki aksincha. Shu tarzda u boshqa tilshunoslik qoidasiga ko‘ra unli 
tovush ekanini bildiruvchi bir necha belgilarni topdi. Shu bilan bir qatorda u bu 
unlilarning turli undoshlar bilan bog‘lanish yo‘llarini izlay boshladi. U topgan qoidalar 
izlayotgan tilida unlilar uyg‘unligi mavjud ekaniga ishonch hosil qildirdi. Matndagi eng 
ko‘p qaytariladigan so‘zlarni tahlil qilar ekan, ulardan biri ikki unlili so‘z ekanini aniqladi, 
bu «Tangri» degan so‘z edi. Ikkinchi eng ko‘p ishlatilgan va xitoychaga asliga yaqin qilib 
tarjima qilingan so‘z «Kyueh-ti-kin» bo‘lib, uzoq va og‘ir mehnatdan so‘ng Vilgelm 
Tomson buning haqiqiy nomini aniqladi: «Kul-Tegin» yoxud Farovonlik Shahzodasi. 
Ushbu so‘zlar ko‘p foydalanilgan uchinchi bir so‘zni o‘qish imkonini berdi: «Turk». 
Shunday qilib, «Tangri», «Kul-Tegin» va «Turk» so‘zlari toshdagi o‘qilgan birinchi so‘zlar 
bo‘ldi. Qandaydir ramziy ma'no borga o‘xshamayaptimi?» 
Fiona hikoyasini to‘xtatib, jilmaygancha dedi: «Ba'zida shunday tuyuladiki, go‘yoki men 
ham bir unli tovushman va hayot meni qorong‘u undoshlar ichiga puflab turadi»... 
28
Bu Tomsonning sharhi to‘g‘risidagi hikoyaning so‘nggi emas edi. Fionaning gapiga 
qaraganda, Abo Yefrem - Yadrintsev sharhning qiyosiy usulini tanqid qilgan. U Kul-
teginga bag‘ishlangan bir xil toshdgi turkiy va xitoycha matnlarning boshlanishini
birlashtirdi. Fiona yon daftarchasini olib, quyidagilarni o‘qidi: 
«Yuqorida moviy osmon va quyida qo‘ng‘ir yer yaratilgach, ularning o‘rtasida inson 
bolasi vujudga keldi». 
Endi xitoycha muqobilini eshiting: 


Ko‘k Turklari asiri (roman). Nouman Smaylz

Download 452,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish