81
unga nisbatan e’tibor xamda vaqtning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklashga sarflanishi natijasida
shaxsda dam olishni tashkil qilinishi biroz cheklanadi. Demak, yetuklik davrining o’ziga xos
tomonlari mexnat faoliyatining muxim ta’sir darajasi, xayotiy va mexnat motivlarining shakllanishi
va
amalga oshishi, adekvat “Men” - konsepsiyasining tarkib topishi, shaxsiy imkoniyatlarning
shaxsiy maqsad va rejalar bilan muvofiqligi, ma’naviy- mazmuniy ustanovkalarning amalga oshishi
bilan shartlangan shaxs tuzilishining turli komponentlarini progressiv rivojlanishida aks etadi.
Qolaversa, bu davrda me’yoriy inqirozlar va shaxs deformatsiyasi kuzatiladi, bu esa shaxs
taraqqiyotining pozitiv tendensiyasi bo’zilganligidan, xattoki, shaxs tuzilishidagi ayrim
komponentlarning namoyon bo’lishi va xolatiga xamda shaxs xulq-atvoriga salbiy ta’sir
qilayotganidan dalolat berishi mumkin.
Turli yosh davrlarida shaxs psixik taraqqiyoti shaxs tuzilishining u yoki bu
komponentlarining uziga xos sifatlari va bu jarayonning namoyon bo’lishini ayrim qonuniyatlari
bilan
cheklanib qolmasdan, aynan:
❖
Turli psixik funksiyalar va xususiyatlarning taraqqiyotini nomuvofikligi (ular uzlarining
yuksalish chukkisi, barkarorlik va inkiroz boskichlariga ega), shu bilan birga taraqqiy etganlik
kanchalik past bo’lsa, ikkilanish shunchalik kuchli bo’ladi;
❖
Shaxs xayot-faoliyati va psixik faoliyat funksiyalari xamda ta’lim tizimini roli va
tuzilishining o’ziga xosligi orqali aniqlanuvchi shaxsning alohida komponentlarini shakllanishining
turli vaqtlarda sodir bo’lishi- geteroxronlik fazasi;
❖
Psixik faollik tizimini barqarorligini ta’minlovchi, vaqtga bog‘liq bo’lmagan holda
namoyon bo’luvchi rivojlanishning alohida bosqichlarini
Kasbiy yetuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mexnat sub’ektining kasbiy
shakllanishi jarayoni sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon mexnat faoliyatini
boshqarish va amalga oshirish bilan bog’liq, lekin u faqatgina operatsional soxa taraqqiyoti, bilim,
kunikma va malakalarni o’zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn,
B.G.Ananev, B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini
guvoxlik berishicha, shaxs
ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi bilan bog’liq. Bu
jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari xaqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va
turli omillar ta’sirida uning dinamikasini boshqarish muxim rol o‘ynaydi, buning natijasida shaxs
o’zini kasbiy faoliyat sub’ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy axamiyatlilik
darajasini tushunadi.
Ko’rsatib o’tilgan sub’ektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda o’z aksini topgan bo’lib,
ular: “stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining to’liq integratsiyasiga yo’l qo’ymaydi,
bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs taraqqiyoti uchun to’siq bo’lib xizmat qilishi xam mumkin”,
degan g’oyani tasdiqlaydilar. Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual
xususiyatlarini inobatga olgan xolda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs taraqqiyoti uchun xizmat
qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bilan muvofiq bo’ladi.
O’zini o’zi anglash va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda sub’ektlarning turli
kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, shakllangan shaxs tuzilishi,
xayotiy
pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda
yangi qirralarga ega bo’ldi. Professiogenezning markaziy nuktasida mexnat sub’ektining kasbiy
shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng kulamda kurib chikish maksadga muvofikdir:
Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida - bu muayyan mexnat sub’ektining faollik darajasiga bog‘lik
va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan xolda aniq bir yosh davrida namoyon bo‘ladi. Bu
umumiy sezish madaniyati umumiy til, tarixi bir bo‘lgan etnik so‘zi bilan deyarli sinonim.
Madaniyat o‘ziga xos bayram yoki urf-odatlarga o‘xshab o‘zining aniq elementlariga ega, lekin
shuningdek autsayderlar ahamiyat ham bermaydigan xususiyatlari ham bor. Qachonki sinfxona
o‘quvchilarni turli xil etnik gruppalardan va ko‘plab madaniyatlardan o‘ziga jalb qilganda,
o‘quvchilar unda katta farq borligini aniqlaydilar. O‘qituvchilar o‘quvchilarning odatiy harakatlari,
ishonishlari,
xulq-atvorlari
bir-birlarinikidan
qanday
farq
qilinishini,
hamda
asosiysi
o‘qituvchinikidan qanday farq qilishini tushunib olishlari lozim. Lekin, tushunishning bunday usuli
murakkabdir. Bu mavzuni tashkillashtirishda, men ular madaniyatning
jamiyat va psixologiya
82
yo‘nalishlaridagi farqlar bilan tillardagi farqlarni qanday bog‘lashlaridagi farqlarga qarab birnecha
ko‘rinishlarda tahlil qilaman
.16
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor jihatidan kasbiy
tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, o’z ustida
ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qo’llaniladi.
Bu tavsifnomalar aniq kasbiy faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik,
ijtimoiy va boshqa) qo’yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. Yuqori kasbiy malaka,
mehnat subyekti yetukligini shakllanishining va namoyon bo’lishining
muhim sharti hisoblanadi,
vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy yetuklik yetarli darajada bhlmasa ham shaxs qator mehnat
funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin. Ko’p qo’llaniluvchi “komponentlik"
tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy yetuklikni baholovchi me’yor bhlib, hali aniq ta’rifga ega
emas. U mexnat sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq
faoliyatning o’ziga xos jixatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo’llaniladi.
Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir xayotiy vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy
faoliyatda avtoritarligi, shu soxa bo’yicha tushuncha xamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi.
A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga
qaraganda ko’proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko’ra, kasbiy
kompetentlikning xilma-xil
turlarini ajratish mumkin: maxsus (mexnat jarayonini amalga oshirishda), ijtimoiy (xamkorlikdagi
faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o’zini o’zi boshqarish va takomillashtirish malakalariga
egalik) va boshqalar. Ayrim mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi
kompetentlikni xam ajratib ko‘rsatadilar.
Kompetentlikning tarkibiy qismlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy sifatlardan
tashqari o‘ziga ishonch (o’zining kasbiy bilimlariga, liderlik qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va
uning ijrosini boshqarish malakasiga ega bo‘lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va
qaytarma aloqani qo‘llashdagi samarali faoliyat; o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi takomillashtirish
qobiliyatlariga ega bo‘lish; o’zini o’zi nazorat qilish, moslashganlik,
murakkab muammolarni xal
qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, kat’iyatlilik, kasbiy mas’uliyatlilik va boshqalarni
kiritishimiz mumkin. E.F.Zeerning ta’kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini
tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chogida kompetentlikning turli ko’rinishlari
intefatsiyalashib borishini va ularning kasbiy muxim shaxs sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini
ko’rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o‘zini
o‘zi anglash, o‘z kuchiga ishonish, o‘zga insonlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘ri
qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi.
Taxmin qilish mumkinki, mexnat sub’ektining sanab utilgan professionallashuv ko’rsatkichlari,
mutaxassis bulish (malaka, kompetentlik) va sub’ektning kasbiy yetukligi orasida o’zaro aloqa va
o’zaro ta’sir mavjud. Biroq, bu qarashlarga L.I.Ansiferova tomonidan shaxsning faoliyat bilan
xamoxang rivojlanishining optimalligi va aniqligi bilan bogliq ayrim o’zgartirishlarni kiritdi, unga
ko’ra xar qanday faoliyat shaxsni shakllantirmaydi va har qanday taraqqiyot shaxs taraqqiyoti bilan
bir narsa emasdir. Shaxs rivojlanishi va extiyojlarining faoliyatda namoyon bulishi sub’ektning
mexnat jarayoni va uning natijasidan qoniqqanligi bilan bog’liq, qiyinchiliklarni yengishga intilishi
va murakkab masalalarni xal qilishdagi muvaffaqiyat, mexnat jarayonida o’z
imkoniyatlarini
namoyon qilish istagi - ularning barchasi yuqori professionallikka va kasbiy yetuklikka erishishning
garovidir. Shaxs professionallashuvi dinamik jarayon bo’lib, xar bir bosqich o’ziga yarasha
rivojlanish darajasini bosib o’tadi. Shaxsning faoliyatda o’z kasbiy potensialini amalga oshirishi
aynan shu vaziyatga shaxs psixologik to’zilishini moslashishidagi o’zaro ta’sirini boshqarish
negizida yuz beradi.
16
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 75-80 бетлар