Reja.
Reja:
1. Qayta kasbga yo’llashning psixologik mohiyati
3.Reoriyentasiyada o’quvchilarning salomatligi, jinsiy xususiyatlari va yoshi.
4. Reoriyentasiyada –ziddiyatlar va ularning o’rganilishi.
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforiyentasiya) atamasi qadim zamondan
qo’llanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib
keldi, u reoriyentasiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga)
kasbga yo’naltirishni bildirib keladi.
Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib
kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining
pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor
iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali,
mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. O’rtamiyona
darajadagi mutaxassislar
•
Reoriyentasiya bu-
Qayta kasbga yo’llash (reoriyentasiya) o’ta insonparvarlik
(gumanistik) g’oyasida o’z kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni
anglatadigan jarayon.
Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchili (ayanchli) his – tuyg’ular qobig’ida o’ta
murakkab kechadi, go’yoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham
introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi.
Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql
– zakovat maromlariga tortilganlik tuyg’usi ustuvorligida namoyon bo’ladi. Erkaklarda achinish,
xafaxonlik kechinmalari tarzida hukm surishi, asta – sekin uning ta’sir kuchi pasayishi kuzatiladi.
Hozirgi zamon mehnat birjalarida reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) ishlari olib borilishi
markazlashtirilgan. Maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha
ixtisoslar bo’yicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro’yhati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish
izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar yetishmaganligi
tufayli ish bilan ta’minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan shug’ullaniladi 17
•
Bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni taqozo etadi:
•
Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.
•
Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.
•
Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.
•
Ehtiyoji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi.
•
Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.
•
Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi.
•
Iqtidori (iste’dodi), qobiliyati, salohiyati.
•
Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mahorati.
•
Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e’tiqodi).
17
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 42-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |